Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari Inflyatsiya sabablari


O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari


Download 280.5 Kb.
bet2/6
Sana04.05.2023
Hajmi280.5 Kb.
#1424463
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 - Mavzu. Inflyatsiya va inflyatsiyaga qarshi siyosati

O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari

Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o’sishi, yani pullarning mikdori o’sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
1. Sokin inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx-navolar yiliga o’rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkii. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saklanib turadi va milliy pul birligining harid qilish qobiliyati saklanib turadi.
2. Shiddatli inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iktisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo’lib, ushbu xolatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx- iavolar yiliga o’rtacha 10% dan 100% gacha ba’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko’payadi va milliy pul birliginnng harid qilish kobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o’rtasida milliy pul birligini jamg’arishi emas, balki oltin, ko’chmas mulk holatida jamg’arishi jarayoni kuchayadi.
3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortik darajada oshadi. Ushbu xolatda milliy ikgisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshkaruvsiz faoliyat ko’rsatadiki, narx va ish haki o’rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo’lidagi kogoz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan ortiqcha qogoz pullarii to’lib-toshishiga olib ksladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo’lib o’zaro mahkam bog’langan bo’ladi va narxining ko’tarilib borishi bilangiia namoyon bo’lib qolmaydi, balki narxni boshqarilishiga ham bogliq bo’ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari ajratiladi:
1. Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroikgisodiy tengsizlik doimiy ravishda narxning ko’tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo’lsa, buiday inflyatsiya oshkora inflyatsiya dsb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx ba’zi bozorlarda ko’tarilishi bilan bir vaktda boshka bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o’z ta’sirini davom ettirib, milliy ikgisodiyotga baholar to’grisidagi ma’lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishnipg kengayishi bilan taklifni rag’batlantirib boradi.
2. Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko’rinishda bo’ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx ma’muriy tarzda davlat tomonidan o’rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga narxni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narxning keskin o’sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablaglariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo’lmasligi holatlari paydo bo’ladi. Iktisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqkanda mahsulotlarning narxi hamda aholini daromadlarini o’sishi vaqtincha to’xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma’muriy nazorat o’rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning kaysi darajada va o’zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shaklliga bevosita bogliq bo’ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.

Download 280.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling