Inflyatsiya, uning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari Mundarija


Download 211.5 Kb.
bet1/7
Sana14.04.2023
Hajmi211.5 Kb.
#1357343
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Inflyatsiya, uning mohiyati,sabablari va ijtimo


Inflyatsiya, uning ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari
Mundarija

1.1. Inflyatsiyaning mazmun va mohiyati 4
1.2. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar 5
1.3. Inflyatsiya ko’rinishlari 7
1.4. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari 14
Xulosa 23



KIRISH
Ushbu kurs ishimda men 2008 yilda boshlangan va hozirda davom etayotgan johon inqirozida ham muhim ahamiyat kasb etuvchi, davlatning, jamiyatning iqtisodiy yuksalishida o’rganmasdan turib, chetlab o’tib bo’lmaydigan muammo - pul qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya to’g’risida fikr yuritmoqchiman va unda Inflatsiya va uning mohiyati, sabablari va ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari, undan tashqari O’zbekistonda shu vaqtgacha va hozirgi global muammo jahon inqirozi davrida antiinflyatsion qanday chora-tadbirlar amalga oshirilgan va amalga oshirilishi ko’zda tutilgan chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumot bermoqchiman.
Hozirgi rivojlanayotgan Mustaqil O’zbekistonimiz iqtisodiyotida, ya’ni og’ir jahon moliyaviy inqirozi davrida yurtimizda inflyatsiya darajasini ushlab turish o’ziga xos qiyinchiliklarga egadir. 2008-yilda yalpi ichki mahsulot o’shis sur’atlari 9 %ni, sanoatda 12,7 %ga o’sdi. “Bundan tashqari puxta o’ylangan qat’iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko’zda tutilgan prognoz ko’rsatkichlari chegarasida, ya’ni yillik 7,8 % darajasida saqlab qolindi”1.
Pul iqtisodiyotning qoni sifatida uning hamma hujayralarida ozuqa berib, hayot baxsh etish uchun uning o’zi sog’lom bo’lishi lozim. Sog’lom pul – bu qadri barqaror puldir. Agar pul keragidan ortib ketsa, iqtisodiyotning qoniga kasal tekkan bo’ladi va bu inflyatsiya deb ataladi.
Shunday qilib, inflyatsiya haqida gap ketar ekan, bu albatta pul muomalasi bilan bog’liqdir. Bu esa albatta davlat bilan bog’liqdir. Shu o’rinda aytish kerakki iqtisodiyotda vujudga keladigan turli xil muammolarni hal qilishda albatta davlat asosiy ahamiyat kasb etadi. Davlatning o’rni iqtisodiyotda o’ziga xos ravishda aks etadi. Buni Prezidentimizning ushbu gaplari bilan: “Parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o’tish davrida aynan bosh islohatchi sifatida mas’ulyatni o’z zimmasiga olishi zarurligi biz o’zimizga aniq belgilab oldik.”2
Bundan tashqari kurs ishimda inflyatsiya mohiyati, uning kelib chiqishi, sabablari, turlari, ya’ni: inflyatsiyaning ochiq va yashirin turlari, kutilayotgan va kutilmayotgan inflyatsiya, talab va xarajatlar inflyatsiyasi, ichki sabablar bilan kelib chiqqan inflyatsiya va importlashgan inflyatsiya vahokazolar haqida so’z yuritaman. Demak, kurs ishimning asosiy qismi ikki bobdan iborat bo’lib, birinchi bobda inflyatsiya, uning mazmun mohiyati, inflyatsiya haqidagi nazariyalar, uni keltirib chiqaruvchi sabablar, uning ko’rinish va ko’rsatkichalr, hisoblash yo’llari, Fillips egri chizig’i hamda inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari haqida tushuncha bersam, ikkinchi bobida bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonning antiinflyatsion chora – tadbirlari, MDH davlatlari va O’zbekistonning 1990-2001 yillardagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar haqida, hamda O’zbekistondagi 1992-1993 yillarda yuz bergan giperinflyatsiyaning yuz berish sabablari haqida va shu bilan birga yaqin o’tgan 10 yillikdagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’sish va kamayish sabablari haqida to’xtalib o’tmoqchiman.


Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling