Inflyatsiya va uning turlari
O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari
Download 0.61 Mb.
|
14-mavzu inflyatsiya va uning kelib chiqish sabablari
O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari
Inflyatsiya ayniksa utish boskichida turgan iktisodiyotga juda ogir ta`sir kursatadi.Buning sababi bozor iktisodiyoti yulida goyat muxim kadam bulgan narx-navoni erkinlashtirish, ya`ni narxlar ustidan davlat nazoratini bekor kilish bilan boglangan.Bunday narxlarni erkinlashtirishning kanday natijalarga olib kelishini oldindanok aytib berish mumkin:xamisha takchil bulib kelgan tovarlarning narxlari oshib ketadi. Chunki davlat ushbu tovarlarning narxlarini sun`iy ravishda past kilib belgilab kelgan va talab xamisha taklifdan oldinda yurgan yoki xukumat karorlari keltirib chikargan iktisodiy buzilishlar xamda samarasizlik tufayli shu xol vujudga keladi. Agar utish davriga kelganda odamlar kulida kup mikdorda pul tuplanib kolgan bulsa (chunki ularni biron bir kimmatli narsaga sariflashning imkoni bulmagan), inflyatsiya yuki yana xam ogirrok bulishi mumkin. Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda Markaziy bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’minlashda o‘zining asosiy va muqobil ssenariylarni ishlab chiqdi. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko‘zda tutgan. Bunda muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi. Unga ko‘ra, istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexa- nizmlarini rivojlantirish zarur. Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirish) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi. Iqisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o‘sishning yo‘nalishlaridan biri sifatida mamlakatimizda o‘zlashtirilayotgan investitsiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga kirishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalarining faolligi oshmoqda. Buning natijasida aholining ish bilan bandligi va aholi daromadlari oshmoqda. Bu esa o‘z navbatidi YAIMning o‘sishini ta’minlaydi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakat rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘zbekistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida ulkan natijalar ko‘zlanayotgan ekan, bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz: iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari uchun uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va uning izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlash; mamlakatimizning har bir hududi uchun mavjud salohiyatni inobatga olgan holda maxsus rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash; xususiy mulkchilikni rivjlantirish, xususiy tadbirkorlikning yanada jadal o‘sishini ta’minlash; narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida bank kreditlarini aynan iq tisodiyotning real sektoriga jalb etilishini ta’minlash; aholining iste’moli uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarning tannarxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish vositalarini (asbob uskunalar va boshqalarni) import qilishni asta sekinlik bilan kamaytirib borish hamda ularning ishlab chiqarilishni mahalliylashtirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada takomillashtirish; moddiy-texnika resurslari va tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish tizimi institutlarida transaksiya xarajatlarini pasaytirish; aholining asosiy qatlamini iqtisodiy faollikka jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish. 2019 yilning mart oyida oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarning o’sishi borasidagi etakchilik meva-sabzavot hamda sut mahsulotlari guruhiga tegishlidir (narxlar mos ravishda 4,5% va 1,5 %ga qimmatlashgan). Tuxum narxlari esa ketma-ket ikki oy davomida arzonlashgan (fevralda 0,2 %, mart oyida 1,2 %). Yil boshiga nisbatan umumiy hisobida meva-sabzavot mahsulotlari uch oy davomida 17,7 %ga, jumladan, mevalar 21,9 %, sabzavotlar 20,5 % va kartoshka 1,3 %ga qimmatlashgan. 2018 yilning dekabr oyiga nisbatan narxlarning ko’tarilish borasidagi keyingi etakchi o’rinlarni sut mahsulotlari (8,1%) ovqatlanish band etgan (8,0 %). 1-jadval Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling