Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari 2 Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari
Download 295.5 Kb.
|
Inflatsiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon t
4.Inflatsion targetlash.
Xalqaro valyuta fondining rasmiy statistik maʼlumotlariga koʼra, 2018 yilda inflyatsion targetlash rejmini qoʼllayotgan mamlakatlar soni 41 ta boʼlib, uning 30 tasi rivojlanayotgan mamlakatlardir. Xalqaro valyuta fondining ekspertlarining fikriga koʼra, inflyatsion targetlashdan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida foydalanish uchun ikkita sharoit mavjud boʼlishi lozim. Birinchidan, Markaziy bank mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʼlishi lozim. Markaziy bank hukumat maqbul deb hisoblagan inflyatsiya darajasiga erishish uchun monetar instrumentlarni erkin tanlash huquqiga ega boʼlishi lozim. Mamlakatda byudjet-soliq siyosatining talablari pul-kredit siyosatini ishlab chiqishda ustuvor yoʼnalishlar sifatida inobatga olinmasligi lozim. Ikkinchidan, inflyatsiyaning maqsadli koʼrsatkichi indikator sifatida tanlab olinishi uchun ish haqining oʼsishi, aholi bandligi darajasi va almashuv kursi boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlar belgilanmasligi lozim. Buning sababi shundaki, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursining belgilanishi Markaziy bankni, oʼzining pul-kredit siyosatini, ana shu koʼrsatkichni bajarish uchun moslashtirishga majbur qiladi. Inflyatsion targetlash muvaffaqiyatli qoʼllanilgan davlatlar sifatida Yangi Zelandiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Shvetsiya, Аvstraliya va Ispaniya tilga olinadi. Kanada va Yangi Zelandiyada maqsadli koʼrsatkichga erishish uchun 18 oylik muddatni belgilangan. Mazkur muddat tugagandan soʼng, inflyatsiyaning darajasini bosqichma-bosqich pasaytirish maqsadida, Yangi Zelandiyada yana 12 oylik, Kanadada – 18 oylik muddat belgilangan. Belgilangan yangi muddatlar tugagandan soʼng har ikkala mamlakatda inflyatsiyaning maqsadli koʼrsatkichini taʼminlashga muvaffaq boʼlindi va har ikkala mamlakatda yana besh yillik davrga inflyatsiyaning maqsadli koʼrsatkichi belgilangan. Аvstraliya, Finlandiyada inflyatsiyaning maqsadli koʼrsatkichi aniq daraja sifatida olingan. Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniyada inflyatsiya boʼyicha maqsadli koʼrsatkich yoʼlakcha sifatida belgilangan. Rossiya Markaziy banki tomonidan qoʼllanilayotgan inflyatsion targetlash rejimida 2017 yilning oxiriga borib, inflyatsiyaning yillik darajasini 4 foizga yetkazish maqsadi qoʼyilgan edi. 2016 yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar ushbu maqsadga erishish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Yaʼni, 2016 yilning yakuniga kelib, Rossiyada inflyatsiyaning yillik darajasi 5,4 foizni tashkil qildi. Holbuki, 2015 yil 31 dekabrь holatiga koʼra, Rossiyada inflyatsiyaning yillik darajasi 12,9% boʼlgan edi. 2016 yilning iyunь oyiga kelib, inflyatsiyaning darajasini sezilarli darajada pasaytirishga erishilganligi Rossiya Markaziy bankiga qayta moliyalash stavkasini pasaytirish imkonini berdi. Rossiyada 2016 yilda inflyatsion targetlash samarasini taʼminlagan omillar quyidagilardan iborat: 1. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining past oʼsish surʼatlarini taʼminlanganligi. 2016 yilda mazkur baholarning oʼsish surʼati 1,3 foizni tashkil etdi. 2. Milliy valyutaning nominal almashuv kursining barqaror boʼlganligi (2016 yil davomida 1 АQSh dollarini 64-67 rublь darajasida boʼlishi taʼminlandi.). 3. Pul massasining past darajadagi oʼsish surʼatining taʼminlanganligi. 2016 yilda pul massasining oʼsish surʼati (M2 pul agregati boʼyicha) 9,2 foizni tashkil etdi. 2015 yilda oʼsish surʼati 11,5 foizni tashkil etgan edi. 4. Zaxira fondi mablagʼlari hisobidan davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish orqali pul bazasining koʼpayishiga yoʼl qoʼyilmaganligi (2015 yilda yoʼl qoʼyilgan edi). Qozogʼistonda inflyatsiyaning maqsadli koʼrsatkichi oʼrta muddatli davrga moʼljallanganligi sababli, ekonometrik tahlil choraklik davrdagi maʼlumotlar tahlili asosida amalga oshirilmoqda. Hozirgi davrda, Qozogʼistonda inflyatsion targetlash rejimi qoʼllanilayotganligi sababli milliy valyutaning almashuv kursi boʼyicha maqsadi koʼrsatkichlar belgilanmagan. Milliy valyuta-tenge erkin suzish rejimiga ega. Inflyatsion targetlash rejimiga oʼtish Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy, innovatsion rivojlanish yoʼliga oʼtish bosqichida inflyatsiyaga qarshi kurashning ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida pul-kredit siyosatini takomillashtirish boʼyicha bir qator muhim chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, mazkur Qarorga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki narxlarning barqarorligini taʼminlashda oʼrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati maqsadlariga erishish printsip va mexanizmlarini xorijiy markaziy banklari tomonidan qoʼllaniladigan inflyatsiyaviy targetlash rejimiga oʼtish toʼgʼrisidagi taklifiga rozilik berildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PF-5877-sonli “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʼtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq, ilgʼor xorij tajribasiga tayangan holda, inflyatsion targetlash rejimini joriy etish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Vazirlar Mahkamasining quyidagi yoʼnalishlarga qaratilgan muvofiqlashtirilgan tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish vazifasi qoʼyildi: – inflyatsiyaning nomonetar omillari rolini bosqichma-bosqich pasaytirish, shu jumladan, tariflarni tartibga solishni isloh qilish, iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini taʼminlash va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʼldirish; – Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish; – regulyatorning kredit bozoriga samarali taʼsir etishini taʼminlab beruvchi, pul bozorini tartibga solishning yangi instrumentlarini joriy etish. Mazkur Farmonga asosan, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari va instrumentlarini qoʼllashni kengaytirish, shuningdek, pul-kredit siyosati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) oʼrnatish yoʼli bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga oʼtkazishni taʼminlash talabi qoʼyildi. Shuningdek, Farmon bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʼyicha birgalikdagi harakatlari kontseptsiyasi tasdiqlandi va ushbu Kontseptsiyaga muvofiq, 2020 yilda inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʼyicha «Yoʼl xaritasi» maʼqullandi. Shunisi ahamiyatliki, Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar boʼyicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʼlmagan darajada belgilanadi (ipotekani kreditlash boʼyicha davlat dasturlari hamda paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan kreditlar bundan mustasno) va 2021 yil 1 yanvardan, zarur hollarda, foiz xarajatlarining maʼlum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilindi. Taʼkidlash joizki, mamlakatimiz tarixida birinchi marta davlat byudjeti taqchilligi boʼyicha meʼyoriy talab joriy etildi. Yaʼni, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga fiskal balans taqchilligini 2022 yilda 1,5 foizdan oshmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich kamaytirishni taʼminlash vazifasi yuklandi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʼtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi farmonining yana bir muhim jihati shundaki, unda pul-kredit siyosatini inflyatsion targetlash rejimiga moslashtirishning quyidagi yoʼnalishlari oʼz aksini topgan: – 2020 yilning 1 yanvariga qadar pul bozori foiz stavkalariga taʼsir koʼrsatuvchi bozor instrumentlari, shu jumladan Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlar, doimiy tusdagi depozit auktsionlari, davlat qimmatli qogʼozlari va xorijiy valyuta garovi ostida kredit auktsionlari va overnayt kreditlari; – 2020 yil davomida foiz va valyuta xatarlarini boshqarishda hosilaviy instrumentlar (svop, optsion va fьyucherslar) va tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishidagi rolining bosqichma-bosqich oshirib borilishi; – bir oy muddatda Markaziy bankning banklararo pul bozoriga muntazam interventsiyasi orqali moslashuvchan foiz siyosatini amalga oshirishda asosiy foiz stavkasining foiz koridori mexanizmi; – 2020 yilning 1 apreliga qadar xalqaro moliya institutlarining texnik koʼmagi hamda ilgʼor xalqaro tajriba asosida ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirishni nazarda tutuvchi makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimi; – ikki oy muddatda Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotdagi joriy holat, inflyatsion jarayonlarning asosiy omillari va pul-kredit siyosati choralarining oʼz vaqtida yoritilishini koʼzda tutuvchi kommunikatsion siyosatning zamonaviy tamoyillari; – inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar omillarini doimiy oʼrganib borish, xalqaro moliya institutlari va boshqa davlatlar markaziy banklari texnik koʼmagini jalb etish orqali ilgʼor xorijiy tajribani oʼrganish.2 Xulosa O`tgan yilning yakuni bo`ycha respublikamiz davlat byudjeti ortig`i bilan bajarildi, ko`zda tutilgan defitsit o`rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorida profitsitga erishildi. Puxta o`ylangan qat`iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiyani ko`zda tutilgan prognoz ko`rsatkichlari chegarasida, ya`ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolishga erishildi. Joriy 2014 yilni oladigan bo`lsak, o`rtacha ish haqi miqdorini byudjet sohasida – va shunga mos ravishda xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda ham – 1,4 barobar oshirish ko`zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o`sish ko`rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish mo`ljallanmoqda. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan fark kiluvchi xususiyatlarga zga. Oldingi inflyatsiyalar vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaktida harbiy xarajatlarni koplash uchun kogoz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chikarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chik;arishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chiqarish va kayta ishlab chikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar salmogining usishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish lozim: milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash; raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish; xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish; -tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish; soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish; davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llabquvvatlash; mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish; pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish; tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish; erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish; davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish; davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish. Download 295.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling