Инфографика о деловой презентации коричневого цвета


Download 39.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.01.2023
Hajmi39.49 Kb.
#1138615
Bog'liq
Glossariy



PEDAGOG
1
yun. paidagogos - tarbiyachi
Pedagogika mutaxassisi; bolalar va yoshlarni
tarbiyalash va oʻqitish bilan shugʻullanuvchi, shu soha
boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxs,
oʻqituvchi.
PRINSIP
2
lot. principium — asos, negiz; ibtido.
1 Biror nazariya, taʼlimot, dunyoqarash va sh. k. ning
dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat uchun asos
qilib olinadigan bosh goya, qonun-qoida. 
2 Xulq-atvor, xatti-harakat meʼyor-larini belgilaydigan,
kishi ogʻishmay amal qiladigan ichki ishonch, nuqtai
nazar, qarash, maslak. 
KATEGORIYA
3
Kategoriyalar (yun. kategoria — mulohaza, fikr; belgi)
(falsafada)— voqelikdagi hodisalar va bilishning
muhim, umumiy xususiyat hamda munosabatlarini
aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. 
Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng
muhim, asosiy tushuncha.
DIDAKTIKA
4
Didaktika (qadimgi yunoncha: 
διδακτικός, didaktikos
— „oʻrgatuvchi“, „taʼlim beruvchi“) — pedagogikaning
tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. 
OBYEKT
5
Obyekt (lot. objectum — narsa, anjom) — falsafiy toifa,
epistemologiya doirasida haqiqatda mavjud boʻlgan,
kuzatuv (oʻrganish) jarayonining va subyektning
(kuzatuvchining) eʼtibori qaratilgan predmet, voqea,
hodisadir.
Glossariy


INTELLEKT
6
Intellekt (lotincha: intellects — bilish, tushunish, idrok
qilish) — insonning aqliy qobiliyati; hayotni, atrof
muhitni ongda aynan aks ettirish va oʻzgartirish,
fikrlash, oʻqish-oʻrganish, dunyoni bilish va ijtimoiy
tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni hal
qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish,
voqeahodi-salarni oldindan koʻra bilish layoqati.
Intellekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr yuritish,
soʻzlash va h.k. psixik jarayonlar kiradi. Intellektning
rivojlanishi tug'ma isteʼdod, miya imkoniyatlari,
joʻshqin faoliyat, hayotiy tajriba kabi ijtimoiy omillarga
bogʻliq. Intellekt saviyasi, darajasi inson faoliyatining
natijalariga, shuningdek, psixologik testlarga qarab
ham belgilanadi
ETIKA
7
Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning
shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi
falsafiy fan. 
ESTETIKA
8
Estetika (qadimgi yunoncha: 
αἴσθησις; nemischa:
Ästhetik - "his", "tuygʻu") olamning hissiy qabul
qilinishini tadqiq etuvchi fandir. Estetika sanʼat,
madaniyat va tabiatning subyektiv qabul qilinishini
oʻrganadi. Estetika falsafaning aksiologiya sohasiga
kiradi. "Estetika" terminini nemis faylasufi
A.Baumgarten (1714—62) ilmiy muomalaga kiritgan.
DIALEKTIK XUSUSIYAT
9
yun. dialektos — lahja, sheva.
Umumxalq tilining adabiy tildan maʼlum lisoniy
xususiyatlari bilan farq qiluvchi mahalliy yoki ijtimoiy
koʻrinishi; lahja
INTEGRATSIYA
10
[lot. integratio — tik-lash, qaytadan boshlash,
toʻldirish.
1 Ayrim qismlarning, elementlarning bogʻliq-lik
holatini, ularni qoʻshib birlashti-rishni ifodalovchi
tushuncha.
2 Fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro bogʻlanish
jarayoni.
3 Ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro
muvofiqlashtirish va birlashtirish.

Download 39.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling