Infokomunikatsiya tizimlarining elektr ta'minoti fanidan mustaqil ish Guruh : 213-20 Bajardi : Tilavov Sunnatillo Tekshirdi : Qodirov Fazliddin Misliddinovich


Download 382.48 Kb.
bet3/3
Sana31.03.2023
Hajmi382.48 Kb.
#1311288
1   2   3
Bog'liq
Infokomunikatsiya tizimlarining elektr ta\'minot

Stabillash parametrlari.
Kuchlanish yoki tok stabilizatorlari deb ta’minot kuchlanishi, tarmoq chastotasi, atrof-muhit temperaturasi va boshqalar o`zgarganda yuklamadagi tok va kuchlanishni qiymat bo`yicha o`zgarmas ushlab turuvchi qurilmaga aytiladi [12].
Ishlash prinsipiga ko`ra, stabilizatorlar parametrik, uzluksiz rostlovchi kompensasion va impulsli stabilizatorlarga ajratiladi.
Parametrik stabilizatorlarda stabillash nochiziqli elementlar hususiyatlaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ularda ko`pincha teskari aloqa mavjud bo`ladi.
Uzluksiz rostlovchi kompensasion stabilizatorlarda stabillash teskari aloqa zanjiri orqali chiqish kuchlanishi yoki toki o`zgarishining rostlovchi elementga ta’siri hisobiga amalga oshiriladi.
Uzluksiz rostlovchi kompensasion stabilizatorlar berk avtomatik rostlash tizimi bo`lib, ularda tok rostlovchi elementdan uzluksiz yoki uzlukli bo`lib oqib o`tadi.
Rostlash uslubi bo`yicha uzluksiz rostlovchi kompensasion stabilizatorlar ketma-ket va paralell turlarga bo`linadi.
Stabillash aniqligi bo`yicha stabilizatorlar 4 sinfga bo`linadi:
1. Kichik stabillash. Kuchlanish va tokning ruhsat etiladigan o`zgarishi 5 % dan yuqori.
2. O`rta stabillash. Kuchlanish va tokning ruhsat etiladigan o`zgarishi 1-5 % gacha.
3. Yuqori stabillash. Kuchlanish va tokning ruxsat etiladigan o`zgarishi 0,1-1 % gacha.
4. O`ta yuqori (presizion) stabillash. Kuchlanish va tokning ruxsat etiladigan o`zgarishi 0,1 % dan kichik.
Stabilizatorlar chiqish kuchlanishining nostabilligi bo`yicha, stabillash prinsipi bo`yicha, stabillash diapazoni bo`yicha, harorat bo`yicha koeffisient orqali baholanadi.
Kirishdagi nostabillik quyidagicha aniqlanadi:

Chiqishdagi nostabillik quyidagicha aniqlanadi:

Yuklamadagi tokning nostabilligi quyidagicha aniqlanadi:

Yuklama bo`yicha stabillash koeffisienti qancha kichik bo`lsa, stabilizator shuncha sifatliroq bo`ladi.
Kirish kuchlanishi o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan holda yuklamadagi tokning o`zgarmasdan ushlab turilishi tokni stabillash hisoblanadi.
Tok stabilizatorlarining stabillash koeffisienti quyidagicha aniqlanadi (РKIR =soнст bo`lganida):

Parametrik stabilizatorlarda kirish kuchlanishining yoki yuklama tokining o`zgarishi bevosita nochiziqli elementga ta’sir qiladi. Chiqish kuchlanishining (yoki yuklama tokining) talab qilingan qiymatdan o`zgarishi nochiziqli element VAXining nochiziqliligi darajasi orqali aniqlanadi. Nochiziqli elementlar sifatida o`zgaruvchan kuchlanish (tok) stabilizatorlarida drossellar o`zgarmas kuchlanish (tok) stabilizatorlarida esa stabilitron, stabistor va maydoniy tranzistorlar qo`llaniladi
Download 382.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling