IDEF standartlari (Integrated Computer Aided Manufacturing DEFinition) (1981y) - IDEF0 - funktsional modellashtirish metodologiyasi. Tizim o'zaro bog'langan funktsional bloklar to'plami sifatida ko'rsatiladi.
- IDEF1 – tizim ichidagi axborot oqimlarini modellashtirish metodologiyasi, ularning tuzilishi va munosabatlarini ko'rsatish va tahlil qilish imkonini beradi;
- IDEF1X (IDEF1 еХtended) – munosabatlar tuzilmalarini qurish metodologiyasi. IDEF1X "Entity-relationship" (ER - Entity-Relationship) metodologiyasi turiga kiradi va tizimdagi relyatsion ma'lumotlar bazalarini modellashtirish uchun ishlatiladi.;
- IDEF3 – jarayonlarni hujjatlashtirish metodologiyasi. IDEF3 har bir jarayon uchun ssenariy va operatsiyalar ketma-ketligini tavsiflaydi.
- IDEF4 – ob'ektga yo'naltirilgan tizimlarni qurish metodologiyasi.
- Katta tizimlarning murakkabligi ularni qismlarga bo'lish ("qora qutilar") va ushbu "qora qutilar" ni modeldagi ierarxik tartibga solish orqali bartaraf etiladi. Modelning har bir darajasida foydalanuvchi "qora quti" ning ichki tuzilishini bilishi shart emas, faqat uning kirish / chiqishlari va amalga oshirilgan funksiyasi hisobga olinadi.
- Tizimni "qora qutilarga" bo'lish mezonlari:
- har bir "qora quti" tizimning yagona funktsiyasini amalga oshiradi;
- har bir "qora quti" ning vazifasi, uni amalga oshirishning murakkabligidan qat'i nazar, oson tushunilishi kerak;
- "qora qutilar" o'rtasidagi ulanishlar faqat tizimning tegishli funktsiyalari o'rtasida aloqa mavjud bo'lganda kiritiladi;
- qora qutilar orasidagi ulanishlar iloji boricha sodda bo'lishi kerak
SADT funktsional modeli (Structured Analysis and Design Teqnique) (IDEF0) - ob'ektning harakatlarini va bu harakatlar o'rtasidagi munosabatlarni ko'rsatadi
- Model funktsiyalarni tashkiliy tuzilmadan ajratishni ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |