Informatika 2017. indd


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/54
Sana15.09.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1678413
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
6 class inforamation

JADVALLAR USTIDA AMALLAR
Avvalgi darsda Wordda hujjatga jadval joylashtirish, jadval us-
tunlari o‘lchamini o‘zgartirish va tartiblash kabi amallar bilan tanish-
dingiz. Bu darsda jadvalga yangi satr yoki ustun qo‘shish, satr yoki 
ustunni olib tashlash, jadval kataklarini birlashtirish va aksincha, jad-
val kataklarini katakchalarga ajratish kabi amallarni bajarish usullari 
bilan tanishasiz.
13-dars


62
Kalit so‘zlar: jadval, satr va ustun qo‘shish, satr va ustunni olib 
tashlash, kataklarni birlashtirish, kataklarni bo‘lish.
JADVALGA YANGI SATR YOKI USTUN QO‘SHISH
Jadvalga yangi satr yoki ustun qo‘shish uchun avval yurgich qo‘shilishi 
lozim bo‘lgan satr yoki ustunga qo‘shni satr yoki ustunga joylashtiriladi. 
Maket menyusi tasmasining Satrlar va ustunlar (Строки и столбцы) 
guruhidan kerakli amal tanlanadi, masalan, agar satr yurgich joylashgan 
satrdan yuqoriga qo‘shilishi kerak bo‘lsa, u holda Yuqoriga joylash-
tirilsin (Вставить сверху) tugmasi, agar ustun yurgich joylashgan us-
tundan chapga qo‘shilishi kerak bo‘lsa, u holda Chapga joylashtirilsin 
(Вставить слева) tugmasi tanlanadi.
JADVALDAN SATRLAR YOKI USTUNLARNI OLIB TASHLASH
Ba’zan jadvaldagi ortiqcha satr yoki ustunni o‘chirish kerak bo‘ladi. 
Lekin oddiy usulda ularni o‘chirib bo‘lmaydi. Shuning uchun quyidagi-
cha amallar bajariladi.
Avval yurgich o‘chirilishi kerak bo‘lgan satr yoki ustunga joylashtiri-
ladi. Agar bir necha satr yoki ustun o‘chirilishi kerak bo‘lsa, satrlar yoki 
ustunlar blokka olinadi. Maket tasmasining Satrlar va ustunlar (Строки 
и столбцы) guruhidagi O‘chirilsin (Удалить) tugmasi ro‘yxatidan ke-
rakli amal tanlanadi, masalan, agar satr o‘chirilishi kerak bo‘lsa, u holda 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling