Darajasi: ° belgisi bilan ko'rsatilgan burchak o'lchov birligi
Diametr: Doira markazidan o'tib, uni yarmiga bo'ladigan chiziq.
Raqam: 10tani tashkil qiladi va bular 0-9 raqamlari. 176 - bu 3 xonali son, bu 1, 7 va 6 raqamlarini o'z ichiga oladi.
IT:
Axborot - Taqdim etilish shaklidan qat''iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma'lumotlar. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim (maa'lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar.
Axborot xavfsizligi - Himoyalanayotgan axborotni uchta xususiyatini: maxfiylik, butunlik, tayyorliklarni saqlash maqsadida kirilayotgan axborotga chegaralarni ta'minlash.
Axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi electron shaklidagi axborot, ma'lumotlar banki, ma'lumotlar bazasi.
Antivirus - Viruslarni aniqlovchi va ulardan kompyuterni tozalovchi maxsus programma.
Arxivdan tiklash - Faylni arxivli fayldan qayta tiklash. Algoritm - bu qo'yilgan masalani yechish uchun bajarilishi lozim bo'lgan amallar ketma-ketligi haqidagi aniq qoidalardir.
Analogsignal - To'xtovsiz o'zgaruvchi elektr kuchlanish yoki elektr toki shaklidagi axborot tashuvchisi. Vaqt davomida o'zgaruvchan analog signal amplitudasi u tashuvchi axborotning miqdoriga mos bo'lib, odatda o'lchangan fizikaviy kattalikni bildiradi, masalan, harorat, tezlik va h.k.
Analog signal tashuvchi axborotga kompyuterda ishlov berish uchun analog-raqamli o'zgartgich zarur.
Banner - Veb-sahifadagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama beruvchining Vebsaytiga yoki mahsulot yohud xizmat turi atroflicha bayon qilingan sahifalarga giper murojaatdan iborat.
Bayt - Sakkiz bitga teng bo'lgan axborot miqdorining asosiy o'lchov birligi. Keng ishlatiladigan qisqartirishlar: Kb = Kilobayt = 210 bayt, Mb = Megabayt = 220 bayt, Gigabayt (Gb) = 230 bayt, Terabayt (Tb) =240 bayt, Petabyte (Pb), Exabyte (Eb), Zettabyte (Zb), Yottabyte (Yb).
Bit - Axborot tizimlarida axborotni ifodalashning eng kichik birligi. Axborot miqdorining eng kichik o'lchov birligi hisoblanadi. Axborot O va 1 sonlarining ketma-ketligi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |