Informatika darslarida lms dan foydalanish metodikasi
Download 23.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqDoklat 3
Kurs ishining obyekti: o‘quv jarayoni uchun multimediali elektron darslik yaratish jarayoni.
Kurs ishining predmeti. o‘quv jarayoni uchun multimediali elektron darslik yaratish usul, vosita va texnologiyalari. Slayt_5 Kurs ishining maqsadi. o‘quv jarayoni uchun multimediali elektron darslik yaratish va uni o‘rganish. Kurs ishining vazifalari kurs ishi mavzusiga oid oʻquv adabiyotlar, ilgʻor texnologiyalarni qoʻllashning ahamiyati va samarasini oʻrganish; kurs ishi mavzusining nazariy asoslarini oʻrganish; multimediaviy dasturiy vositalari bilan tanishish va imkoniyatlarini tahlil etish. Slayt_6 LMS (Learning Management System) - bu o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasida qulay munosabatlarni o‘rnatish uchun vositalarni taqdim etadigan tizim. Ta’limni boshqarish tizimi (LMS) - ta’lim kurslarini yetkazib berish va boshqarish uchun dasturiy ta’minotdir. LMS talabalar ro‘yxatga olish, dars mazmunini etkazib berish, test va topshiriqlarni boshqarish va tegishli yozuvni saqlash uchun ishlatiladigan yechim bo‘lib, odatda vebga asoslangan mijoz-server dasturiy ta’minoti sifatida qo‘llaniladi. LMS ayniqsa to‘liq onlayn kurslar yoki o‘quv dasturlari uchun foydali hisoblanadi. LMS-ning maqsadi qulay va zamonaviy onlayn platformani yaratishdir, bu o‘qituvchilarga o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish uchun talabalar bilan baham ko‘rish, shuningdek, muvaffaqiyatli tekshirish uchun elektron tasdiqlash savollari va uy vazifalarini joylashtirish imkonini beradi. Slayt_7 Tizimning arxitekturasi va dasturiy ta’minotini loyihalashda ushbu sinf axborot tizimlariga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan quyidagi asosiy printsiplarga amal qilish kerak: Masshtablilik - tizim qayta ishlangan ma’lumotlar hajmini ko‘paytirishga, kompyuter uskunalarini yanada samaraliroq moslamalar bilan almashtirishga imkon yaratishi kerak. Ishonchlilik - tizim ma’lumotlarning zaxira nusxasini, avariyalar va favqulodda holatlardan so‘ng tizimni qayta ishga tushirishni, ma’lumotlar bazalarining mantiqiy yaxlitligini yo‘qotmasdan, tizim ishdan chiqqandan so‘ng ma’lumotlarni qayta ishlashning yaxlitligini ta’minlash protseduralarini ta’minlashi kerak. Tizimning apparat va tashkiliy ta’minoti kafolatli elektr ta’minotidan foydalanishni, saqlash vositalarini va asosiy jihoz tugunlarini zaxiralashni, zaxira qilishni, aloqa kanallarini zahiralashni o‘z ichiga olishi kerak. Modullik - tizim tizimning funktsiyalarini amalga oshiradigan standart dasturiy paketlarni o‘rnatish orqali ulanish asosida qurilgan alohida o‘zaro ishlaydigan modullardan iborat bo‘lishi kerak. Axborot xavfsizligi - tizim davlat axborot resurslarining (tizimlarining) axborot xavfsizligi talablariga javob berishi kerak. Integratsiya - tizim odatdagi maxsus dasturiy tizimlar asosida qurilgan o‘rnatilgan modullardan iborat bo‘lishi kerak. Unifikatsiya - ma’lumotlarni tasvirlash, taqdim etish, uzatish va qayta ishlash usullarini elektron shaklda birlashtirish kerak. . Slayt_8 Ikkita slayt bitta Slayt_9 LMSdan foydalanish uchun o‘rnatish undan foydalanish shunindek model sxemasi ushbu slaytda keltirilgan. Slayt_10 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki. Zamonaviy ta’limning samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkazayotgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki ta’limda belgilangan maqsadlarga erishish darajasi talaba aqliy faoliyatining qanchalik o‘sganligi bilan o‘lchanadi. Ta’limda kutilgan natija pedagog va talaba (o‘quvchi) orasidagi munosabatga ko‘proq bog‘liq bo‘lganligidan, bu munosabatlar bilan bog‘liq muommalarni echishga hizmat qiluvchi hamkorlik pedagogikasining rivojlanishiga ehtiyoj kuchaymoqda. Slayt_11 E’tiboringiz uchun raxmat! Kurs ishi yuzasidan. Savollar bo‘lsa marhamat! Download 23.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling