Informatika fanidan "Kasbim faxrim" nomli tadbir ssenariysi. 1-boshlovchi


Download 24.15 Kb.
Sana05.01.2023
Hajmi24.15 Kb.
#1079613
Bog'liq
kompyuter bellashuv senariysi


Informatika fanidan “Kasbim faxrim” nomli tadbir ssenariysi.


1-boshlovchi:
Yaxshi so’z ne deya axtarmang so’zlar,

Yaxshilar yuzidan diyorli kalom.
Bag’ri keng ustozlar, aziz tengdoshlar,
Yuragim to’ridan salom assalom.
Assalom – u alaykum aziz va mehribon ustozlar hurmatli tengdoshlar. Bugungi kasbim faxrim deb nomlangan bellashuvimizga xush kelibsiz.

2-boshlovchi:
Assalom, ey davramizning eng aziz mehmonlari!

 Assalom, ey ilm – u – fanning sohibu davronlari.
 Assalom, ey aziz do’stlar, ham fikrdosh o’rtoqlar,
 Bellashuvga xush kelibsiz, barcha tengdosh o’rtoqlar.
Assalom – u alaykum ilmga chanqoq o’quvchilar, bizlarga o’z mehnatlarini ayamay, hormay – tolmay kelayotgan aziz va mehribon ustozlar.
Bugungi bellashuvimiz Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori yo’nalishi 18- guruh va 19- guruh o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tadi.

1-boshlovchi:
Bugungi bellashuvimizni ochib berish uchun so’z navbatini ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Ro’zmetov Farxod ustozga beramiz. Marhamat!

Raxmat ustoz!


Endi bugungi bellashuvimizning shartlari bilan tanishtirib o’taman:


1-shart:

2-shart:

3-shart:

4-shart:

2-boshlovchi:

"Qiziqarli matematika” deb nomlanadi. Bunda ekranda tasvirlangan gugurt cho’plari yordamida tuzilgan tenglama bajarilishi uchun ixtiyoriy bitta gugurt cho’pini olib tashlash natijasida tenglik to’g’ri chiqishi kerak bo’ladi. Bu topshiriqni bajarish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

1-boshlovchi:
Endi navbat 4-shart ya’ni savol-javob shartiga marhamat!

Ekranda tasvirlangan rasmda qanday holat taqiqlangan? Bu savolga javob berish uchun bir daqiqa vaqt beriladi.


2-boshlovchi:

Bu qurilma lotincha so’zdan olingan bo’lib, o’zbekchada "xabar beruvchi”, "eslatuvchi” ma’nolarini anglatadi. Kompyuterning asosiy qurilmasi hisoblanuvchi bu qurilma qanday qurilma? Vaqt ketdi marhamat!



1-boshlovchi:
Kompyuterni ishga tushurish uchun eng birinchi nima qilasiz?

2-boshlovchi:
(Bilimdon Informatiklar sandiqchasi keltirilsin). Kompyuterning qo’shimcha qurilmasi bo’lib xizmat qiladigan , hayvon o’ljasining nomi.Savol bu qaysi qurilma?

1-boshlovchi:
Xurmatli ishtirokchilar hozirgi savolimiz ekran orqali namoyish etiladi. Diqqat savol!

Gugurt cho’plaridan 4 tasini olib tashlash natijasida ikkita kvadrat hosil bo’lsin. Shart tushunarli bo’lsa vaqt ketdi.


2-boshlovchi:
Savol matematika fanidan eshiting:

6 yildan keyin Ixtiyor 18 yoshda bo’ladi,
3 yil oldin Ixtiyor necha yoshda bo’ladi?


1-boshlovchi:
Savol quyidagicha: Komopyuterning asosiy qurilmalaridan biri bo’lib, uning yordamida ma’lumotlarni hosil qilishimiz mumkin. Bu qanday qurilma?

2-boshlovchi:
Marhamat ekranga nazar solamiz: Ko’rib turganingizday KALKULATOR so’zi paydo bo’ldi. Endi bir o’ylangchi manashu so’z ichida bir dengiz jonivorining nomi yashiringan. Hozir siz mana shu jonivorning nomini bir daqiqa ichida bizga aniqlab berishingiz kerak bo’ladi. Shart tushunarlimi?

1-boshlovchi:
(Kompyuter bilimdonlari sandiqchasi keltirilsin). Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, tasvir, film, musiqa, dastur yoki turli boshqa ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Ular tashqi xotira hisoblanuvchi vositalarda fayl ko’rinishida saqlanadi. Hozirda u turli ko’rinishlarda , turli sohada ishlatiladi. Savol gap qaysi vosita haqida ketyapti?

2-boshlovchi:
Savol ekranda berilgan nuqtalar o’rniga kerakli so’zni yozishingiz kerak bo’ladi. Marhamat vaqt ketdi.

1-boshlovchi:
Endi esa 6 ta shart bo’yicha ballarni e’lon qilish uchun maktabimizning matematika fani o’qituvchisi Matnazarova Nuquljon ustozga beramiz marhamat!

Endi esa bugungi “BILIMDON INFORMATIKLAR” deb nomlangan bellashuvimiz o’z nihoyasiga yetdi. Xayr omon bo’ling!
O’qituvchi: Boymurodova B
Download 24.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling