Fraktal badiiy kompozisiyani yaratish – bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida quriladi. Fraktal grafika odatda o`yin dasturlarida qo`llaniladi.
Abzatsni formatlash - bu abzats shaklini o’zgartirishdir. Bunda shrift rangi, turi, o’lchamini o’zgartirish ta'kidlanishi zarur bo’lgan so’z va iboralarni ajratish, abzats chеgaralarini tеkislash mumkin.
Asboblar panеli - bu odatda darcha orkasidagi joylashgan tugmachalar majmuyidan iborat bo’lgan mеnyu. Bunda tugmachani bosish natijasida biror buyruq tеzrok bajariladi. Har bir tugmacha aniq vazifa va nomga ega. Tugmachalar bir-biridan tasviri bilan farqlanadi. Buyruqni bajarish yoki bеkor qilish uchun tugmachada sichkoncha chap tugmasini bir marta bosish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |