Informatika fanini o’qitishda interaktiv metodlari reja kirish I bob. Informatika fani va uni o’qitishni tashkil etish


Interfaol ta’limning asosiy belgilari


Download 110.41 Kb.
bet3/6
Sana09.04.2023
Hajmi110.41 Kb.
#1344639
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Informatika fanini o’qitishda interaktiv metodlari

1.2 Interfaol ta’limning asosiy belgilari.

Interfaol ta’limning asosiy belgilari quyidagilardir:


(Izoh:Refleksiya (lotincha “reflexio” – ortga qaytish, aks etish): kishining o’z xatti-harakatlari, ularning asoslarini tushunib yetishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuyg’ulari va o’y-hayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash).

Interfaol ta’lim quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. Mashg’ulot – ma’ruza emas, balki jamoaning umumiy ishi.

  2. Guruhning tajribasi o’qituvchi (pedagog)ning tajribasidan ko’p.

  3. O’quvchilar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga ko’ra o’zaro teng.

  4. Har bir o’rganilayotgan muammo yuzasidan o’z fikrini aytish huquqiga ega.

  5. Mashg’ulotda o’quvchi shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qlinishi mumkin).

  6. Bildirilgan goyalar o’quvchilarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot (ma’lumot) bo’lib xizmat qiladi

Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror toptirish uchun o’qituvchi (pedagog)lar bir qator shartlarga rioya etishlari zarur. Ular:
- Ta’lim jarayoniga jamoadagi barcha o’quvchilarning to’la qamrab olinishi;
- O’quvchilar soning ko’p bo’lmasligi (25-30 nafar o’quvchi bilan kichik guruhlarda ishlashsamaralidir);
- Topshiriqni bajarish, materiallarni taqdim etish, guruhlarning ishlanmalarini muhokama qilish uchun vaqtning aniq belgilanishi;
- O’quvchi (talaba)larning mashg’ulotlarga ruhan tayyorgarliklarini inobatga olish;
- O’quv xonasining jihozlanishi (stullar doira, archa, “Jonli liniya” kabi shakllarda
joylashtiriladi);
- O’quvchilarning kichik guruhlarga mohirona biriktirilishi (har bir guruhda faol
Nofaol o’quvchilarning teng miqdorda bo’lishi);
Izoh: Stullar kichik va katta doira shaklida joylshtirilganda kichik doirada o’quvchilar, katta doirada esa ekspert guruhi joylashadi.
Interfaol ta’lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. “Ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o’zlshtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar sanaladi”.
Interfaol o‘qitishning moxiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etadiki unda barcha o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Bilish jarayonida o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda, ularni har birining o‘ziga xos aloqada individual hissa qo‘shishi, o‘zaro bilimlar, g‘oyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushiniladi. Shu bilan birga, bularning hammasi o‘zaro xayri xohlik va qo‘llab – quvvatlash muhitida amalga oshiriladi.
Bu esa o‘z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o‘zini ham rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq koopersiya va hamkorlik pog‘onalariga olib chiqadi.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol o’qitishning quyidagi shakllarda amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum:



Asosiy belgilar



Kichik guruhlarda ishlash

Ijodiy topshiriqni bajarish






Test o’tkazish

Qaytar aloqa





“Chigal yozdi” mashqlarini tashkil etish

Yangi materialni o’rganish va mustahkamlash (interfaol ma’ruza, ko’rsatmali qurollar bilan ishlash, video va audiomateriallardan foydalanish)

Ijtimoiy zahiralardan foydalanish (mutaxassislar taklif etish, tabiiy va ijtimoiy obyektlarga ekskursiyalar uyushtirish)

Ijtimoiy loyiha (musobaqa, intervyu, forum, aksiya, tomosha va ko’rgazma)larni amalga oshirish

Didaktik o’yinlar (ishbilarmonlik va rolli o’yinlar, imitatsiya, trenajyorlar vositasida tashkil etiladigan o’yinlar)

Masofaviy ta’lim

Treninglar o’tkazish



Download 110.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling