Informatika fanlarini o`qitishda Web-texnologiyalardan foydalanishni loyihalashtirish
Download 63.17 Kb.
|
Informatika fanlarini o`qitishda Web texnologiyalardan foydalanishni
Informatika fanlarini o`qitishda Web-texnologiyalardan foydalanishni loyihalashtirish.Reja 1. Web –texnologiyalar haqida ma’lumot berish. 2. Hot Potatoes va iSpring dasturlari haqida ma’lumot berish. 3. Kundalik.com plotformasi haqida ma’lumot berish.Hozirgi kunda ta’lim tizimi har doimgidan ham ko‘proq jamiyatda sodir berayotgan jarayonlarga jiddiy e’tibor berishga ehtiyoj sezmoqda. Internet taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalari kompyuter tarmoqlari jamoaviy muloqotning eng asosiy universal vositasiga aylanib borayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda inson qanday ilm olayotgani va bilimlarini qanday oshirayotganini ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Ta’lim tizimi oldida elektron axborot muhitida maxsus ko‘nikma va malakalarga ega, raqobatbardosh shaxslarni voyaga yetkazish vazifalari turadi.Internet texnologiyalarining ikkinchi avlodi – Veb o‘zida demokratiya tamoyillari asosida qurilgan o‘zaro ta’sirning ma’lum bir tuzilmasini qo‘llab quvvatlovchi o‘ziga xos platformani aks etiradi. Agar birinchi avlod internetida aniqlovchi omil sifatida texnologiyalar xizmat qilgan bo‘lsa, Veb da bunday omil bo‘lib inson va uning ijtimoiy muloqoti, shaxsiy tanlovi xizmat qiladi. Shunday qilib, saytlar axborot tashuvchi vazifasini bajargan birinchi avlod internetidan farqli o‘laroq Veb platformalari foydalanuvchilarning ijtimoiy o‘zaro munosabatlar jarayonida ular orasidagi vositachi sifatida maydonga keladi. Aynan dasturiy ta’minot sohasiga inovatsiyalarning tadbiq etilishi natijasida kompyuter va multimediya texnologiyalari bilan bir qatorda muloqot va hamkorlikka ko‘proq urg‘u berila boshlandi.Internet ijtimoiy servislari sohasidagi texnik o‘zgarishlar shu qadar ko‘p va shiddatliki, ta’limda Veb servislaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb komleks muamolaridan biri sifatida baholanmoqda. Metodik nashrlar tahlili va so‘nggi yillar chet el amaliyoti qayd qilishicha, Veb servislari o‘zining soddalik, tezkorlik, axborot muhitini tashkil etishdagi samaradorligi, interfaolligi, multimediyaliligi, ishonchliligi va xavfsizligi kabi didaktik xususiyatlari hisobiga informatika va axborot texnologiyalari o‘rgatish o‘quv faoliyatini tashkil etishni, pedagogik amaliyotni tashkil etish hamda uni boshqarishni optimalashtirish muammosining nisbatan to‘liqroq yechimini topish imkoniyatini bermoqda.Download 63.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling