- Bugungi kunda bir qator ta’limiy, metodik va ma’lumotli saytlarning yaratilganligi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilari o‘z kasbiy faoliyatlarida ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim; - Uzluksiz, ochiq, masofali ta’lim rivojining zamonaviy tendensiyalari bo‘lajak informatika o‘qituvchilari oldiga o‘zining (shaxsiy) ta’limiy Web –resurslari, jumladan, Web – saytlarini yaratish metod va vostilariga oid malakalarga ega bo‘lishi lozim. Web-texnologiyalar asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun “bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining o‘z kasbiy faoliyatlarida Web-texnologiyalarning yuqorida keltirilgan uchta ta’limiy potensialidan foydalana olishga doir bilimlarni egallash” muammosi qo‘yiladi. Mazkur muammoni hal qilish uchun esa OTM ning informatika kursi mazmuniga Web-texnologiyalarning kiritilishi tavsiya etiladi. Bundan bo‘lajak informatika o‘qituvchilar tayyorlash tizimini takomillashtirishda Web-texnologiyalarning didaktik imkoniyatlarini o‘zlashtirish zaruriyati bilan Web-texnologiyalardan foydalanishga doir o‘quv – uslubiy ishlanmalarning mavjud emasligi o‘rtasidagi ziddiyatlar yuzaga keladi. Bunday ziddiyatlar esa, Web-texnologiyalar sohasidagi ta’lim mazmuni va tuzilmasini asoslash, hamda ushbu metodikaga mos keluvchi o‘quv – uslubiy resurslarni yaratish tadqiqot ishning vazifalarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |