Информатика
-jadval. Holat satrining tugmalari
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
-jadval. Holat satrining tugmalari
t.r. Belgisi Vazifasi 1 Hujjatning bet o`lchamidagi ko`rinishi 2 Hujjatni o`qish rejimiga o`tkazish 3 Hujjatning veb hujjat ko`rinishi 4 Hujjatning tuzilishi ko`rinishi 5 Hujjatning qoralama ko`rinishi 6 Hujjatning masshtab ko`rinishini o`zgartirish Lentalar – Bu tushuncha Wordning oldingi variantlarida uchramaydi. Endi buyruqlarni menyulardan emas, balki lentalardan bajariladi. Lentalar asosan 7 guruhga bo`linadi. Ularning vazifalari tizimlashtirilgan va ichki bo`limlarga bo`lingan. Wordda hujjat bilan ishlash jarayoniga qarab, lentalar soni oshishi mumkin. 1. Bosh lenta (Главная) – Windows cho`ntagi, Yozuv turlari, o`lchami, ko`rinishlari, matnni formatlash, stillar va tahrirlash bilan ishlashga mo`ljallangan. 2. Qo`yish lentasi (Вставка) – betlar, jadvallar, shakllar, aloqali bog`lashlar, kolontitullar, turli ob`ektli matnlar, matematik formula va belgilarni qo`yish uchun mo`ljallangan. 348 3. Bet xossalari lentasi (Разметка страницы) – Temalar, bet xossalarini tayyorlash, betga fon, tartiblash kabi amallarni bajarishga mo`ljallangan. 4. Havolalar lentasi (Ссылки) – mundarijalar, havolalar, adabiyotlar ro`yxatini tuzish, ob`yektlarni nomlash, jadvalli hovolalar o`rnatish uchun mo`ljallangan. 5. Jo`natishlar lentasi (Рассылки) – Jo`natmalarni yaratish, qo`llash, to`ldirish, ko`rish, uzatish, yakunlash bo`limlaridan iborat. 6. Taqrizlash lentasi (Рецензирование) – so`zlarni tekshirish, izohlar qo`yish, tuzatishlar, o`zgarishlash, solishtirish va himoyalash xizmatlari uchun mo`ljallangan. 7. Ko`rinish lentasi (Вид) – hujjatning ko`rinish xususiyatlari, ishchi maydonda qulayliklar, masshtab, oynalar, makroslar bilan ishlashga mo`ljallangan. Lentalar bilan ishlash foydalanuvchiga katta qulayliklar yaratib beradi. Sichqonchasiz ham lentalardan foydalanib bo`ladi. Buning uchun [Alt] tugmasini boshib turish kerak va word oynasi (8.1-rasmga qarang) da lentalar, belgilar ustida harflar hosil bo`ladi va shu harflar bilan lentalarga o`tib, lenta ichidagi belgilarda ham harflar hosil bo`lganini ko`rish mumkin. Masalan, biror bir rasm qo`yishni olsak. Buning uchun [Alt] tugmasini bosamiz. Ekranda belgilar va lentalarda harflar hosil boladi va [C] harfini bosib, qo`yish lentasiga otamiz. Rasm o`rnatish uchun [З] harfini bosamiz va ekranga rasmlarni qo`yish uchun muloqot oynasi hosil bo`ladi. Rasmni tanlab, [Enter] tugmasini bosamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling