Информатика
Mustahkamlash uchun savollar
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.6. Matematik amal, funksiyalar ustasi Muhim so`zlar
- Bilib olasiz
- 8.8-jadval. Formula qatori tugmalari
Mustahkamlash uchun savollar.
1. MS Excelda yacheyka qanday nomlanadi ? 2. Yacheyka qo`shish uchun qanday algoritm amalga oshiriladi ? 3. Ustun uzunligi qaysi birlikda o`lchanadi ? 4. Ishchi kitobda yangi varaq qanday qo`shiladi ? 5. Ishchi kitobning varag`ini boshqa ishchi kitobga qanday ko`chiriladi ? 6. Varaq qayta nomlash algoritmni ayting. 7. MS Excelda maydon qanday belgilanadi ? 8. Maydonni himoyalash qanday amalga oshiriladi ? 9. Yacheykani formatlash uchun qaysi tugma bosiladi ? 10. Yacheykadagi formulani yashirish usulini ayting. 8.6. Matematik amal, funksiyalar ustasi Muhim so`zlar: formula, formula qatori, funksional tugma, amallar, funksiya, progressiya, arifmetik va geometrik, vaqt progressiyalari, matematik, mantiqiy, matn funksiyalari, kutubxona. Bilib olasiz: MS excelda amallar, formula qatori va undan foydalanish, formula qatorining tugmalari, funksiyalar ustasi va uning funksiyalari, ustun va qatorlarni progressiya orqali to`ldirish, avtomatik progressiya, arifmetik va goemetrik, vaqt progressiyalaridan foydalanish, matematik, mantiqiy, matnlar bilan ishlovchi, matematik va trigonometrik funksiyalar ro`yxati va vazifasi, funksiyalar kutobxonasi bilan ishlashni. 373 Formula qatorini ekranga chiqarish uchun "Вид→показать или скрыть строка формул" buyruqlar ketma-ketligidan foydalanadi. Formula qatori lentalar panelidan so`ng joylashgan bo`ladi (8.28-rasm). Yacheykaga matn (formula, son) yozish uchun "F2" tugmasi bosilsa, formula qatorining ko`rinishi o`zgaradi (8.29-rasm). Formula qatoridagi tugmalarining vazifalari quyidagi jadvalga keltirilgan. 8.8-jadval. Formula qatori tugmalari № Tugma rasmi Tugma nomi Tugma vazifasi. 1 Имя Kursor turgan yacheykaning nomini ko`rsatadi. 2 Ввод Ma'lumot kiritishni boshlash. 3 Отмена Ma'lumot kiritishni bekor qilish. 4 Вставка функция Funksiya qo`yish. 5 Yozish joyi Yozilgan ma'lumotni ko`rsatib turish. Formula kiritish uchun kerakli yacheyka nomini [имя]ga yoziladi va [Enter] tugmasi bosiladi. So`ng yozish joyiga o`tib, [=](tenglik ) belgisi bosiladi va kerakli formula kiritiladi. Masalan: B4 yacheykaga B2 va B3 yacheykadagi sonlarning yig`indisini hisoblash kerak bo`lsin. Buning uchun formula qatoridan [имя]ga B4 kiritiladi. Yozish joyiga kelib, [=B2+B3] formula yoziladi va [Enter] tugmasi bosiladi. B2 va B3 yacheykaga ixtiyoriy ikki sonni kiriting va ularning natijasi B4 yacheykaga hisoblanadi. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling