Информатика


-rasm. Power Point dasturining oynasi


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

8.43-rasm. Power Point dasturining oynasi 
PPoint ning interfeysi Excel interfeysi kabi 4 ta qismdan iborat.
1. Sarlavha qatori – tayyorlanayotgan taqdimot faylning nomi yoziladi. Tez 
ishga tushirish buyruqlar lentasi va windowsning 3 ta tizimli tugmasi joylashgan. 
2. Lentalar – taqdimotlarni yaratish va tahrirlash uchun qo`l keladigan 7 ta 
lentadan iborat. Ular: - [Главная] bosh lenta. – [Вставка] ob`yektarni qo`yish, 
o`rnatish lentasi. – [Дизайн] taqdimot mavzusiga mos ko`rgazmali ko`rinishlarni 
tanlash. – [Анимация] ob`yektlarga harakat berish. – [Показ слайдов] 
taqdimotdagi slaydlarning ko`rinishlarini sozlash. –[ Рецензирование] taqrizlash 
lentasi . – [вид] ko`rinish lentasi.


392 
3. Ishchi maydon – PPointning ishchi maydon uch qismdan iborat bo`lib, 
foydalanuvchilar uchun juda qulaydir. Chap tomonda taqdimot faylning slaydlari 
va uning tuzilish aks ettiriladi. Chap tomonda slaydlar uchun turli shablonlardan 
foydalanish oynalari aks ettiriladi.
4. Holat satri – PPointning ishchi maydoni holatidagi ma`lumotlar. Masalan, 
slaydlar soni, so`zlarni ilovaga tekshirish, slaydning ko`rinishi kabilar. PPointning 
holat satridagi vazifalar quyidagi rasmga keltirilgan. 
8.44-rasm. Holat satrini sozlash 
Rasmda tasvirlangan lokal menyuni chiqarish uchun holat satrida 
sichqonchaning o`ng tugmasini bosamiz. Foydalanuvchi holat satrini o`ziga mos 
qilib tayyorlab olishi mumkin. [Ярлыки режимов просмотра] buyrug`ida 
slaydlarni ko`rish uchun 3 ta buyruq bor. Ular (
) slaydlarni oddiy ko`rinishi, 
slaydlarni saralash, slaydlarni ko`rishdir. Bu buyruqlar foydalanuvchi tomonidan 
juda ko`p ishlatiladi.
PPointning ko`rinish [Вид] lentasi bilan tanishib chiqamiz. Lentada 
[Режимы просмотра презентации] slaydlarni ko`rish rejimi, [Показать или 
скрыть] ishchi maydon elementlarini ko`rsatish yoki yashirish, [Масштаб] 
masshtab, [Цвет или оттенки серого] slaydning rangli va rangsiz rejimlari, 
[Окно] oynalar, [макросы] makroslar kabi bo`limlar bor.
Ko`rinish oynasining eng asosiy vazifasi taqdimotning tuzilishi bilan ishlash. 
Taqdimotdagi salydlarning foydalanuvchi uchun turli xil ko`rinish va tuzilishlari 
bor. [Обычный] oddiy ko`rinish – bunda tadimotning slaydi ishchi maydonda 
joylashgan, chap qismida esa slaydlarning navbatma-navbat ko`rinishi va 
tuzilishini ko`rish mumkin. [Сортировщик слайдов] slaydlarni saralash – bunda 


393 
slaydlarni o`rnini almashtirish imkoniyati mavjud. [Страницы заметок] 
Slaydlarning mazmunini qayd qilish uchun maydon ochiladi (har bir slayd uchun 
alohida). Slayd namoyish qilinganda bu qaydlar ko`rinmaydi. [Показ слайдов] –
slaydlarni ko`rish. [Образец слайдов] – slaydlarning tayyor shablonlaridan 
foydalanish. [Образец выдач] – slaydlarni chop qilish usullari aks ettirilgan 
ko`rinish. [Образец заметок] – Qayd qilish uchun tayyor shablonlardan 
foydalanish. Bu buyruqlar tanlanganda har biri uchun alohida ishlash lentalari hosil 
bo`ladi.

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling