Информатика
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar.
- 8.10. Slaydda dizaynlash va shakl yaratish Muhim so`zlar
8.49-rasm. Oynalar
8.50-rasm. Makroslar 8.51-rasm. Taqdimotlarni ko`rish 8.52-rasm. Sozlash 395 slaydning hosil bo`lishi (butun ekran / foydalanuvchi ekrani), slaydlarni namoyish qilish (5 dan 10 gacha), slaydlarning almashinuvi (avtomatik / sichqoncha yordamida), slayd namoyish qilayotgan vaqtdagi qalamning rangi va boshqalarni sozlash mumkin. [Скрыть слайд] taqdimot qilinayotganda slaydlarni ko`rinmas qilib qo`yish. [Звукозапись] slayd namoyish qilinganda ovozni yozib olish va saqlash. [Настройка времени] slayd namoyish qilingandan vaqtni sozlash va saqlash. Ovoz yozish va vaqt sozlash slaydlarni namoyish qilib tayyorlanadi. [Мониторы] bo`limi ekranni sozlash uchun ishlatiladi. Foydalanuvchi taqdimoti uchun kerakli o`lcham tanlab olishi, joriy taqdimotning ekran rejimini ko`rish va o`zgartirishi mumkin. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Power point dasturining vazifasini ayting. 2. Point so`zining ma`nosi? 3. Ppoint dasturining interfeys tuzilishini ayting. 4. Holat satrida nimalar joylashgan ? 5. Vid lentasida qanday amallarni bajaruvchi buyruqlar mavjud ? 6. Taqdimot nima ? 7. Slaydlarni yaratish qanday usullar bilan amalga oshiriladi? 8. Slayd izohlarini yozib borish uchun shablondan foydalanish usulini ayting. 9. [Окно] bo`limining vazifalarini ayting. 10. Joriy slayddan namoyish bo`lish uchun qaysi buyruqni tanlash lozim ? 8.10. Slaydda dizaynlash va shakl yaratish Muhim so`zlar: taqdimot, slayd, dizayn, bet, tema, animatsiya, format, shakl, rasm, maket. 8.53-rasm. Taqdimot uchun ekranni sozlash 396 Bilib olasiz: taqdimot slaydlarni dizaynlash, bet xususiyatlarini tayyorlash, turli temalarni tanlash, slayd fonini formatlash, taqdimotda turli ko`rgazmali va tasvirli shakllardan foydalanish, shakllarni formatlashlarni. Taqdimot slaydlarini dizaynlash uchun [Параметры страницы] lentasi mavjud. Dizaynlash slayd bet xususiyatlarini sozlashdan boshlanadi. [Параметры страницы] bo`limi bu ishni amalga oshirish uchun mo`ljallangan. Unda slayd betining turi, o`lchamlari va betlashni boshlash uchun raqam ko`rsatish lozim. [Ориентация слайдда] betni kitobga oid [Книжная] yoki albomga oid [альбомная] ko`rinishga o`tkazish uchun xizmat qiladi. [Дизайн] lentasini ikkinchi bo`limi [Темы] temalar bo`lib, taqdimot slaydlarining dizaynlari sozlanadi va tanlaniladi. Dizayn temalarni kompyuterdan yoki internetdan ham qidirib topish mumkin. Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan dizaynni ham saqlab, keyingi taqdimot slaydlari uchun foydalanish mumkin. Temalardan ixtiyoriy birortasining ustiga sichqoncha olib kelinsa, taqdimot slaydlari shu tema ko`rinishiga o`tadi. Qachonki sichqoncha bosilsa, taqdimot bu temani qabul qilib oladi va dizaynni tayyorlaydi. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling