195
daqiqasidagi miqdor (kattalik)larning qiymati vaqtning shundan oldingi daqiqasida
bo‘lgan miqdorlar qiymatidan ma`lum bir qoidalar bo‘yicha olinadi.
Aniqlik. Algoritmning har bir qoidasi aniq va bir qiymatli bo‘lishi zarurki,
bunda vaqtning biror daqiqasida olingan miqdorlar
qiymati vaqtning shundan
oldingi daqiqasida olingan miqdorlar qiymati bilan bir qiymatli aniqlangan bo‘ladi.
Cheklilik. Bu xossaning mazmuni algoritmlarni
doimo chekli qadamlardan
iborat qilib bo‗laklash imkoniyati mavjudligida. Ya‘ni
uni chekli sondagi oddiy
ko‗rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin.
Agar kuzatilayotgan
jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo`llay olmasak, uning algoritmni tuzib
bo`lmaydi.
Natijaviylik. Algoritm masalaning yеchimiga
chеkli sondagi qadamlar
ichida olib kеlishi yoki masalani "yеchib bo‘lmaydi"
dеgan xabar bilan tugashi
kеrak.
Ommaviylik. Masalaning yеchish algoritmi shunday yaratilishi kеrakki, uni
faqat boshlang‘ich malumotlar bilan farqlanadigan masalalarni yеchish uchun ham
qo‘llanilishi kеrak. Bunda boshlang‘ich malumotlar ―algoritmni qo‘llash sohasi‖
dеb ataladigan birorta sohadan olinadi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Algoritm so`zi qanday so`zlar bilan bog`liq ?
2. D.Knut o`zining qaysi asarida Al-Xorazmiyni tilga olgan ?
3. Al-Xorazmiyga bag`ishlangan sinfozium qachon Xorazmda o`tkazilgan
?
4. Hisoblash nazariyasi deganda nimani tushunasiz?
5. Algoritm va hisoblash nazariyasi necha qismdan iborat ?
6. Algoritmning asosiy xossalari nechta ?
7. Uzliklilik xossasini tushuntirib bering.
8. Aniqlik xossasiga misol keltiring.
9. Natijaviylik deganda nimani tushunasiz?
10. Algoritmga ommaviylik xossasi kerakmi ?