Информатика


-jadval. Holat satrining tugmalari


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

-jadval. Holat satrining tugmalari
t.r. 
Belgisi 
Vazifasi 

Hujjatning bet o`lchamidagi ko`rinishi 

Hujjatni o`qish rejimiga o`tkazish

Hujjatning veb hujjat ko`rinishi 

Hujjatning tuzilishi ko`rinishi 

Hujjatning qoralama ko`rinishi 

Hujjatning masshtab ko`rinishini o`zgartirish 
Lentalar – Bu tushuncha Wordning oldingi variantlarida uchramaydi. Endi 
buyruqlarni menyulardan emas, balki lentalardan bajariladi. Lentalar asosan 7 
guruhga bo`linadi. Ularning vazifalari tizimlashtirilgan va ichki bo`limlarga 
bo`lingan. Wordda hujjat bilan ishlash jarayoniga qarab, lentalar soni oshishi 
mumkin.
1. Bosh lenta (Главная) – Windows cho`ntagi, Yozuv turlari, o`lchami, 
ko`rinishlari, matnni formatlash, stillar va tahrirlash bilan ishlashga mo`ljallangan. 
2. Qo`yish lentasi (Вставка) – betlar, jadvallar, shakllar, aloqali bog`lashlar, 
kolontitullar, turli ob`ektli matnlar, matematik formula va belgilarni qo`yish uchun 
mo`ljallangan.


348 
3. Bet xossalari lentasi (Разметка страницы) – Temalar, bet xossalarini 
tayyorlash, betga fon, tartiblash kabi amallarni bajarishga mo`ljallangan. 
4. Havolalar lentasi (Ссылки) – mundarijalar, havolalar, adabiyotlar 
ro`yxatini tuzish, ob`yektlarni nomlash, jadvalli hovolalar o`rnatish uchun 
mo`ljallangan. 
5. Jo`natishlar lentasi (Рассылки) – Jo`natmalarni yaratish, qo`llash, 
to`ldirish, ko`rish, uzatish, yakunlash bo`limlaridan iborat. 
6. Taqrizlash lentasi (Рецензирование) – so`zlarni tekshirish, izohlar qo`yish, 
tuzatishlar, 
o`zgarishlash, 
solishtirish 
va 
himoyalash 
xizmatlari 
uchun 
mo`ljallangan. 
7. Ko`rinish lentasi (Вид) – hujjatning ko`rinish xususiyatlari, ishchi 
maydonda qulayliklar, masshtab, oynalar, makroslar bilan ishlashga mo`ljallangan. 
Lentalar bilan ishlash foydalanuvchiga katta qulayliklar yaratib beradi. 
Sichqonchasiz ham lentalardan foydalanib bo`ladi. Buning uchun [Alt] tugmasini 
boshib turish kerak va word oynasi (8.1-rasmga qarang) da lentalar, belgilar ustida 
harflar hosil bo`ladi va shu harflar bilan lentalarga o`tib, lenta ichidagi belgilarda 
ham harflar hosil bo`lganini ko`rish mumkin. Masalan, biror bir rasm qo`yishni 
olsak. Buning uchun [Alt] tugmasini bosamiz. Ekranda belgilar va lentalarda 
harflar hosil boladi va [C] harfini bosib, qo`yish lentasiga otamiz. Rasm o`rnatish 
uchun [З] harfini bosamiz va ekranga rasmlarni qo`yish uchun muloqot oynasi 
hosil bo`ladi. Rasmni tanlab, [Enter] tugmasini bosamiz. 


349 


Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling