Informatika va axborot texn ologiyal ari
Download 1.69 Mb.
|
11-sinf informatika 1
Ulaming hammasi uskunalar panelida bitta JIacco (Arqon) tugmasi osti- da yashirilgan. Ulami bu tugma ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, paydo bo‘lgan menyudan tanlash yoki ularga mos qo‘yilgan klaviaturaning L harfini bir yoki bir necha marta bosish bilan tanlash mumkin. Arqon uskunasi tanlanganda sichqonchaning chap tugmasini bosib tu~ rib, sichqoncha yurgiziladi. Sichqonchaning ekrandagi izi arqon kabi uning orqasida qoladi. Chap tugmani qo‘yib yuborish bilan arqonning ikkita uchi birlashtiriladi. Hosil bo‘lgan yopiq chiziq o‘rab turgan soha ajralib qoladi. Mashq sifatida quyidagi rasmdagi o‘ngdan uchinchi daraxtni ajratib olamiz va Ctrl+C qo‘shtugmasi bilan nusxalab, Ctrl+V qo‘shtugmasi bilan rasmga qo‘shamiz. Uni surib kerakli joyga o‘tkazamiz. Undagi avtomashi- nani ajratib olamiz. Undan nusxa olamiz va 5 marta rasmga joylaymiz. Har safar joylangan nusxani kerakli joyga o‘tkazishni unutmang. Aks holda bu nusxani yana ajratib olishga to‘g‘ri keladi. Qilingan ishlaming natijalari quyidagi rasmlarda aks etgan: To‘g‘ri chiziqli lasso yordamida chegaralari to‘g‘ri chiziq kesmalari bo‘l- gan obyektlami, masalan, binolami, televizorlami yoki ulaming ekranlarini ajratib olish qulay. Mashq sifatida quyidagi rasmdagi noutbuk ekranini ajratib olaylik. Buning uchun to‘g‘ri chiziqli JIacco (arqon) uskunasini tan- laymiz. Sichqonchani ekranning bir burchagiga olib kelib, chap tugmasini bosamiz, so‘ng sichqonchani navbatdagi burchakka olib kelib yana bir marta bosamiz, so‘ng uchinchi burchakda, keyin to‘rtinchi burchakda bosib, oxi- ri birinchi burchak ustida ikki marta bosamiz. Natijada kompyuter ekranini ajratib olamiz: Ajratib olingan sohani olib tashlash uchun klaviaturadagi Delete (0‘chi- rish) tugmasini bosamiz. Ekranda muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Unda Использовать (Ishlatmoq) maydonchasida Белый (Oq rang) ni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Natijada kompyuter ekrani oq rangga bo‘yalib qoladi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling