Delphi oynalari. - Delphi ning asosiy oynasidan tashqari yana bir qator oynalari bo‘lib, ularning asosiy oyna ichida joylashishini o‘zgartirish, ularni yashirish, ekranga chiqarish, o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Bu oynalardan birinchi forma oynasi deb ataladi va unda yaratilayotgan ilovaning asosiy oynasining ko‘rinishi aks etadi. Bu oynaning o‘lchamlarini o‘zgartirish bilan yaratilayotgan ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Unga komponentalar panelidan kerakli komponentalarni sichqoncha yordamida sudrab o‘tkaziladi va ularning o‘zaro joylashishi rejalashtiriladi. Bu oynani yangi ilova oynasi yoki sodda qilib ilova oynasi deb ataymiz. U bilan ishlash uning o‘lchamlarini o‘zgartirish, unga yangi boshqarish elementlarini joylash va bu elementlarning joylashishini o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi muhim oyna bu dastur kodi (aslida dastur matni) oynasi bo‘lib, ilova oynasidagi o‘zgarishlar unda avtomatik tarzda aks etadi. Masalan, biz ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirsak, dasturning buni amalga oshiradigan operatori uning matniga qo‘shiladi. Ilova oynasiga yangi boshqarish elementlari joylansa, bu elementlarni tavsiflovchi operatorlar avtomatik ravishda dastur matniga qo‘shiladi. - Ikkinchi muhim oyna bu dastur kodi (aslida dastur matni) oynasi bo‘lib, ilova oynasidagi o‘zgarishlar unda avtomatik tarzda aks etadi. Masalan, biz ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirsak, dasturning buni amalga oshiradigan operatori uning matniga qo‘shiladi. Ilova oynasiga yangi boshqarish elementlari joylansa, bu elementlarni tavsiflovchi operatorlar avtomatik ravishda dastur matniga qo‘shiladi.
- Dastur kodi oynasida dasturchi qiladigan asosiy ish boshqarish elementlarini hodisalarga bog‘langanida elementning bu hodisa ro‘y berganida dastur unga qanday javob berishi kerakligini ko‘rsatib berishdir. Bunda har bir hodisa uchun bitta protsedura yaratiladi va bu protsedura matnini yozish dasturchi zimmasiga yuklanadi.
Vizual dasturlashda dasturchining asosiy vazifasi dasturda foydalaniladigan boshqarish elementlarining, ya’ni obyektlarning kerakli xossalari va amallaridan foydalanishdir. Bunda yuzdan ortiq obyektlarning o‘nlab xossalari va usullaridan keraklisini tezda topa olish juda muhimdir. Bu ishda Obyekt inspektorining o‘rni juda katta. - Vizual dasturlashda dasturchining asosiy vazifasi dasturda foydalaniladigan boshqarish elementlarining, ya’ni obyektlarning kerakli xossalari va amallaridan foydalanishdir. Bunda yuzdan ortiq obyektlarning o‘nlab xossalari va usullaridan keraklisini tezda topa olish juda muhimdir. Bu ishda Obyekt inspektorining o‘rni juda katta.
- Ilova oynasida biror obyekt tanlanganda bu obyektning barcha xossalari obyekt inspektorida aks etadi. Natijada kerakli xossaning nomi va qiymatlarini eslashga va qidirishga hojat qolmaydi.
- Yirik va murakkab ilovalarni yaratishda unda foydalaniladigan obyektlar keskin oshib ketadi. Ilovadagi obyektlardan keraklisini topishning oson usuli bu Object TreeView (Obyektlarning daraxtsimon ro‘yxati) deb nomlangan maxsus oynadan foydalanishdir. Bu oyna yana Obyektlar brauzeri deb ham ataladi. Obyektlardan biri ikkinchisini o‘z ichiga olishi mumkin. Shu sababli obyektlarning daraxtsimon (shoxlovchi) ro‘yxati eng qulay ro‘yxatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |