Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf 1-variant
Download 48.12 Kb.
|
10-sinf amaliysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilma Model Asosiy parametri
- 4. n-xonali sonlar yig‘indisi.
- Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf 2-variant MS Excel dasturida quyidagi vazifani bajaring.
- MS Access dasturida quyidagi vazifani bajaring. “Oziq-ovqat do‘koni”
- 4. A^B (A ning B-darajasi) oxirgi raqami.
- Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf 3-variant
- 5. To‘lqin bo‘ylab suzayotgan kemacha.
- Misol: Kemacha bayrog‘i klavishlar yordamida boshqarilsin (yuqoriga () klavishi bayroqni ko‘taradi va pastga () klavishi bayroqni tushiradi).
Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf 1-variant 1. MS Excel dasturida quyidagi vazifani bajaring. X ning -15; -13,5;….;-1,5 qiymatlarida y=ǀxǀ+ hisoblang. Diagramma hosil qiling va diagramma foniga rasm joylang. 2. MS Access da quyidagi jadvalni hosil qiling va topshiriqni bajaring.
Narxi 80.000 so‘mdan oshmaydigan qurilmalarni toping. Asosiy parametrik 160 GB bo‘lgan barcha Vinchesterlarni toping. Modeli Samsung bo‘lgan qurilmalarni toping. Asosiy parametrik “TFT19 ” bo‘lgan barcha monitorlarni toping. 3. «DELPHI» dasturlash tilida tug‘ilgan kuningizni kiritganingizda necha yoshda ekanligingizni ko‘rsatuvchi dastur tuzing va projectini ish stolida saqlang. 4. n-xonali sonlar yig‘indisi. Berilgan n ga ko‘ra n-xonali sonlar yig‘indisini toping, bu yerda n natural son (1 ≤ n ≤ 100). 5. To‘lqin bo‘ylab suzayotgan kemacha. Dam olish kunlarining birida Valijon kompyuter o‘yinlarini o‘ynab o‘tirgan edi. Singlisi Aziza kelib, unga chizgan rasmini ko‘rsatdi. Rasmda to‘lqinlar ustida suzayotgan kemacha tasvirlangan edi. Aziza akasiga shu kemachani kompyuterda harakatlantirib berishni iltimos qildi. Valijon singlisi o‘z kemachasini to‘lqinlar ustida chinakamiga harakatlanishini istayotganligi darhol tushundi va bu fikrni dasturlash orqali bajarib ko‘rishga kirishdi. Valijonga Delphi dasturlash muhitida animatsiya qilishda yordam bering: to‘lqinlar (sinusoid yoki kosinusoidda ham mumkin) bo‘ylab suzayotgan kemacha chapga yoki o‘nga klavishlari bosilganida o‘z yo’nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirilsin. Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf 2-variant MS Excel dasturida quyidagi vazifani bajaring.
(izoh: qatnashmagan o‘quvchilarga “-” qo‘yiladi ballar 0-100 gacha) O‘quvchilar soni. Qatnashmagan o‘quvchilar soni. 86 va undan yuqori. 71 va undan yuqori ballar. 55-70 ballar. 55 balldan past. Vazifa: Ballarga qarab o‘rini aniqlang Ballarni kataklarga yozishda shartli formatlash imkoniyatlaridan foydalaning. 55 dan past-sari, 55 dan 70 gacha-qizil, 71dan 85 gacha –ko‘k, 86 dan 100 gacha-yashil. MS Access dasturida quyidagi vazifani bajaring. “Oziq-ovqat do‘koni” nomli ma’lumotlar omborini yaratib jadvallarni o‘zaro bog‘lang. 3. «DELPHI» dasturlash tilida 1 dan 100 gacha bo‘lgan tub sonlarni chiqarish dasturini tuzing va projectini o‘z papkangizga saqlang. 4. A^B (A ning B-darajasi) oxirgi raqami. A^B (1 ≤ A,B ≤ 10000) ifoda qiymatinini oxirgi raqamini aniqlovchi dasturni tuzing. 5. Harakatlanayotgan Quyosh. Sabina bog‘chadan kelib, akasi Anvarga chizgan rasmini ko‘rsatdi. Rasmda moviy osmon, yuqori chap burchakda nur taratib charaqlab turgan sariq rangli quyosh va rasmning pastki qismida yashil o‘tloqzor tasvirlangan edi. Sabina akasidan quyoshni harakatlantirib berishni iltimos qildi. Shunda Anvarga shu tasvirni chizuvchi va klavishar yordamida quyoshni ikki yo‘nalishda harakatlantiruvchi (chapga va o‘nga klavishlari bilan) dasturni tuzish fikri keldi. U buni uddaladi. Siz ham Delphi muhitida urinib ko’ring. Dasturingizga yana yuqoriga va pastga harakatlantirish bosqichini ham qo‘shing. Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf 3-variant 1. MS Excel dasturida quyidagi vazifani bajaring. Matritsa determinantini, teskari matritsani va uning yechimini aniqlang.
2. MS Access dasturida quyidagi vazifani bajaring. “Dorixona” nomli ma’lumotlar omborini yaratib jadvallarni o‘zaro bog‘lang. 3. «DELPHI» dasturlash tilida R uzunligi kiritilsa teng yonli uchburchak, kvadrat va aylananing yuzini chiqarish dasturini tuzing va projectini ish stoliga saqlang. 4. Topishmoq. Agar N va M natural sonlar bo‘lsa, u holda raqamlari yig‘indisi M ga teng bo‘lgan barcha N dan kichik sonlarni aniqlovchi dastur tuzing. 5. To‘lqin bo‘ylab suzayotgan kemacha. Dam olish kunlarining birida Abbosning oldiga singlisi kelib, unga chizgan rasmini ko‘rsatdi. Rasmda bayroqli kemacha tasvirlangan edi. Aziza akasiga shu bayroqchani kompyuterda harakatlantirib berishni iltimos qildi. Abbos singlisi bayroqni chinakamiga harakatlanishini istayotganligi darhol tushundi va bu fikrni dasturlash orqali bajarib ko‘rishga kirishdi. Abbosga Delphi dasturlash muhitida animatsiya qilishda yordam bering. Misol: Kemacha bayrog‘i klavishlar yordamida boshqarilsin (yuqoriga () klavishi bayroqni ko‘taradi va pastga () klavishi bayroqni tushiradi). Download 48.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling