Informatika va axborot texnologiyalari fani amalyotchisi Pardayev Abrorbekning
Download 66.09 Kb.
|
2- top.10-sinf informatika mavzular bo\'yicha konspekt (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzuni o`rganish.
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish. 3.Uyga vazifani so'rash. II. Takrorlash: 1. Grafika bilan ishlash qanday qilib amalga oshiriladi? 2. Image obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan? 3. RGB funksiyasi qanday vazifa bajaradi? III. Yangi mavzuni o`rganish. 1. Rasmga matn joylash. Rasmlar bilan ishlashda ko‘p uchraydigan amallardan biri bu rasmga matn joylashdir. Bu amalni bajarish uchun Canvasning usuli bo‘lgan TextOut (matn chiqarish) dan foydalaniladi. Uning uchta argumenti bo‘lib, ulardan dastlabki ikkitasi matn chiqariladigan sohaning chap yuqori burchagining koordinatalari, uchinchisi esa ekranga chiqariladigan matn satri. Masalan, Image1.Canvas.TextOut(10,20, ‘Salom!’); operatori rasm sohasining (10, 20) nuqtasidan boshlab, ‘Salom!’ degan yozuvni chiqaradi. 145 Rasmga qo‘yiladigan yozuvning qanday shriftda chiqishini Canvas ning Font (shrift) nomli xossasidir. Masalan, shriftning o‘lchamini 14 qilish uchun Image1.Canvas.Font.Size:=14;, shrift rangini qizil qilish uchun Image1.Canvas.Font.Color:=clRed; operatoridan foydalaniladi. Bu operatorlarni qo‘llash bilan tanishish uchun quyidagi ilovani yaratamiz. Unga Image va Button tugmalarini joylab, tugmani ikki marta bosamiz va quyida ko‘rsatilgan operatorlarni kiritamiz: Image1.Canvas.Font.Size:=8; Image1.Canvas.TextOut(10,20, '8'); Image1.Canvas.Font.Size:=14; Image1.Canvas.Font.Color:=clRed; Image1.Canvas.TextOut(20,20, '14'); Image1.Canvas.Font.Size:=20; Image1.Canvas.Font.Color:=clBlue; Image1.Canvas.TextOut(40,20, '20'); Image1.Canvas.Font.Name:='Times New Roman'; Image1.Canvas.Font.Size:=30; Image1.Canvas.Font.Color:=clGreen; Image1.Canvas.TextOut(70,20, '30'); Image1.Canvas.Font.Size:=40; Image1.Canvas.Font.Color:=clBlack; Image1.Canvas.TextOut(110,20, '40'); Image1.Canvas.Font.Size:=50; Image1.Canvas.Font.Color:=RGB(255,0,255); Image1.Canvas.TextOut(180,20, '50'); Ilovani ishga tushirib, uning tugmasini bosamiz. Shriftni o‘zimiz bilgan Times New Roman ga almashtirganimizdan keyin ekrandagi math sifati yaxshilanganiga e’tibor bering. 146 2. Rasmga shakllarni joylash. Rasmga bir qator geometrik shakllarni joylash mumkin. Ulardan to‘g‘ri to‘rtburchak, ellips kesmalarni qanday joylashni avvalgi mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqqan edik. Endi ular yoniga boshqalarini qo‘shamiz. Ellips yoyini rasmga qo‘shish uchun arc(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Ellips uchlari (x1, y1), (x2, y2) nuqtalarda bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakka ichki chizilgan va uning markazini (x3, y3), (x4, y4) nuqtalar bilan birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqlar bilan kesilgan qismi olinadi. Bunda uchinchi nuqtadan to‘rtinchi nuqtaga soat miliga teskari yo‘nalishda harakatlanadi. Ellips yoyini chizadigan operatorlar va ular chizgan yoylarni quyida ko‘rsatilgan. Image1.Canvas.Arc(0,0,100,100, 50,0,0,50); Image1.Canvas.Arc(100,0,200,100, 0,50,150,0); Ellips segmentini rasmga qo‘shish uchun Cord(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Unga misol quyida keltirilgan: Image1.Canvas.Chord(0,0,100,100, 50,0,0,50); Image1.Canvas.Chord(100,0,200,100, 0,50,150,0); 147 Ellips sektorini rasmga qo‘shish uchun Pie(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Unga misol quyida keltirilgan: Image1.Canvas.pie(0,0,100,100, 50,0,0,50); Image1.Canvas.pie(100,0,200,100, 0,50,150,0); YODDA SAQLANG ! Rasmga matn va geometrik shakllar joylash mumkin. Download 66.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling