“Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish


III BОB. О‘ZBEK АDАBIY TILIDАGI PАREMIОLОGIK BIRLIKLАRNING LINGVОKULTURОLОGIK TАHLILI VA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI


Download 25.77 Kb.
bet4/7
Sana12.11.2023
Hajmi25.77 Kb.
#1767861
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
opoy

III BОB. О‘ZBEK АDАBIY TILIDАGI PАREMIОLОGIK BIRLIKLАRNING LINGVОKULTURОLОGIK TАHLILI VA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI


Parema, paremiya (yunoncha paroimia-masal, ramzli hikoya) ad. Ma’lum bir tildagi avloddan avlodga og‘zaki shaklda ko‘chib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo‘lgan turg‘un ibora, maqol, matal .Badiiy tilimiz hissiy bo‘yoqdor so‘zlar, tasviriy ifodalar va iboralarga boy. Binobarin, badiiy tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli individual shaxs yoki ijodkor tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir. Til qalb ko‘zgusidir. Bu ko‘zguning qanchalar go‘zal, beg‘ubor va betakror ekanligi xalq tili imkoniyatlaridan mohirlik bilan foydalanib, obrazli badiiy tasvir yarata olishda namoyon bo‘ladi. Iboralarning, nafaqat, og‘zaki uslubda, nasrda, balki nazmda ham o‘ziga xos o‘rni bor. Nutqning bunday lingvistik vositalari yordamidagi ifodasini Abdulla Oripov dostonlarida ham ko‘plab kuzatishimiz mumkin. Birdan ortiq leksik negizdan tarkib topgan, tuzilishi jihatidan birikmaga, gapga teng, mazmunan so‘zga ekvivalent, yaxlitligicha ustama ko‘chma ma’no anglatuvchi lug‘aviy birliklar , ya’ni ibora va frazeologik birliklar badiiy ijodda katta ahamiyatga ega. Buni ko‘plab tilshunoslar o‘z tadqiqotlarida asoslab berganlar. Mustaqillik davri dostonlarida ham ana shu xalq tili boyligining qadrini, uning turli ma’no jilvalarni ardoqlagan shoirlar va yozuvchilar ko‘p. Ular ijodida ozodlik, ruhiyat erkinligi, milliy o‘zlikni anglash mavzulari etakchi hisoblanadi .
Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun so‘zlar yordamidagina emas, balki bir necha so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan birikmalardan ham foydalanamiz. Shu o‘rinda barqaror birikmalarga ta’rif berishni lozim topdik.
Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi .
Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar:
1.Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik nutqqa tayyor holda olib kirishlik.
2.Ma’no butunligi.
3.Tuzilishi va tarkibining barqarorligi.
Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi.
Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya (lotincha parema barqaror”, logos” ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muommolarini o‘rganuvchi bo‘lim esa paremiografiya (lot. Parema –barqaror, grofho yozmoq”) sanaladi.
Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko‘ra barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Barqaror birikmalar guruhiga kiruvchi frazeologizm, maqol va matallar, aforizmlarga ta’rif berishni lozim topdik.
Barqaror birikmalarning bir guruhi tarkibidagi so‘zlar ma’no jihatdan uyg‘unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko‘pincha mazmunan bir leksemaga teng keladi va ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Masalan, qulog‘i ding bo‘lmoq – hushyor bo‘lmoq, qovog‘i osilmoq – xafa bo‘lmoq, og‘zining tanobi qochmoq – quvonmoq kabi.

Download 25.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling