"informatika va axborot texnologiyalari"


Bazali dasturiy taminot va ularning turlari


Download 239.54 Kb.
bet2/6
Sana21.01.2023
Hajmi239.54 Kb.
#1106267
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ismailova D

2. Bazali dasturiy taminot va ularning turlari
Malumotlarni qayta ishlash texnik asosi sifatida kompyuterning imkoniyatlari uning dasturiy ta’minotiga bog’liqdir.
Dastur (rrogram, routine) — vazifani yechish uchun kompyuter buyruq (ko‘rsatma)larining tartiblashgan ketma-ketligidir.
Dasturiy ta’minot (sowtware) — m’alumotlarni qayta ishlash dasturlari va ulami ishlatish uchun kerakli hujjatlar to ‘plamidir. Dasturlar mashina yordamida vazifani yechish uchun ishlatiladi. Vazifa va ilova atamalari informatikada va dasturiy ta’minotda ko‘p ishlatiladi.Vazifa (rroblem, task) — yechilishi kerak boigan muammodir.
Ilova (arrlication) — vazifani kompyuterda dasturiy yechishdir. Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog‘liq holda, uni ikki guruh: tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minotga bo’lish mumkin. Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT ba’zida kompyuteming bir qismi deb ham hisoblashadi.
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun moijallangan. Tizimli DTni tarkibiga quyidagilar kiradi:
• Operatsion tizimlar;
Servis dasturlar;
• Dasturlashtirish tillari translyatorlari;
• Texnik xizmat dasturlari.
Operatsion tizimlar (ОТ) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o'rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. ОТ ning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish-chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydala- nuvchi hal etadigan amaliy vazifalami bajarishni boshqarishdir.
ОТ kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashlarga xalaqit beruvchi vaziyatlami tahlil qiladi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi. Bajariladigan vazifalaridan kelib chiqib, ОТ niuch guruhga boiish mumkin:
• Bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);
• Ko‘p vazifali (ko‘p kishi foydalanuvchi);
• Tarmoqli.
Bir vazifali ОТ bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani bajarishi uchun mo‘ljallangan. Bunday operatsion tizim- laming tipik vakili MS DOSdir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqqan).K o‘p vazifali ОТ vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa boiib foydalanishni ta’minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur-vazifalar bo‘ladi va prosessor kompyuter resurslarini vazifalar o'rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi ОТ ning tipik vakillari: IBM korporatsiyasining OS/2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlaming paydo boiishi bilan bog'liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo'ljallangan. Tarmoqli ОТ laming tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, IBM LAN, UNIX, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir.
Quyidagi ОТ rivojlanishining asosiy yo'nalishlari keltirilgan:
• Operatsion tizimlar narxlarining kamayishi;
• Dastur ko‘rinishida amalga oshirilgan ОТ ko'plab funksiyalaming mikrodastur ko‘rinishida ro'yobga chiqishi;
• Ko‘p protsessorli kompyuterlar ishining ta’minoti;
• Kompyuterlaming turli turlari (avlodlari) uchun dasturlar muvofiqligini ta’minlash;
• Paralel dasturlaming bajarilishini ta’minlash;
• Taqsimlovchi hisoblash tarm og‘ini hosil qiluvchi turli kompyuterlar protsessorlarida alohida vazifalar amalga oshiriladi.

Download 239.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling