Informatika va axborot texnologiyalari


Download 65.69 Kb.
bet1/5
Sana01.10.2020
Hajmi65.69 Kb.
#132092
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2017-2018-yil yangi ishchi dastur Информатика


INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN ISHCHI O’QUV DASTUR

Ishchi dastur 2016-yil “15-avgustda”gi Oliy va o’rta maxsus, talim vazirligining 332/1-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan,namunaviy o’quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
O’rta maxsus ,kasb-hunar ta’limi markazi direktori tomonidan 2018yil “30”avgustda tasdiqlangan namunaviy o’quv rejada INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNALOGIYALARI faniga ajratilgan soatlar miqdori:

O’quvchining umumiy o’quv yuklamasi




Mashg’ulot turlari

Ajratilgan

soat

Shu jumladan semestrlar bo’yicha

I

II

III

IV



Auditoriya jami yuklamasi

130

40

40

40

10



Nazariy mashg’ulot

30

12

8

10

-



Amaliy mashg’ulot

100

28

32

30

10



Seminar


















Labaratoriya mashg’uloti


















Kurs ishi


















Yakka tartibli mashg’ulot


















O’quvchining mustaqil ishi

58

18

18

16

6

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNALOGIYALARI faning ishchi o’quv dasturi va ekspert gurixining xulosasi ta’lim muassasasining

2018-yil “__” avgustdagi Pedagogik kengashida muxokama qilindi ,tasdiqlashga va o’quv jarayoniga tadbiq etishga qaror qilindi

.

Bayonnoma№_


O’quv fani (moduli) ning maqsad va vazifalari ,o’zlashtirish natijasi
Kasb hunar kollejida o‘qitiladigan Informatika umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi informatika o‘quv kursining uzviy davomi hisoblanadi. U, ayniqsa, 9–sinfdagi informatika o‘quv fani bilan mantiqan bog‘langan bo‘lib, yagona o‘quv kursini tashkil etadi. Kasb-hunar kollejlarida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitishning bosh maqsadi o‘quvchilarga informatika va axborot texnologiyalarini kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, asosan ularning amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, axborot–kommunikastiya texnologiyalaridan o‘z kasbiy faoliyatlarida unumli foydalana olish ko‘nima va malakalarini shakllantirishdan iborat .

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan farqli ravishda kasb – hunar kollejida o‘quvchilarning mustaqil bilim olishi, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lmog‘i kerak. Shu maqsadlarni ko‘zlab pedagogik jarayonda ma’ruza, seminar munozara, konferenstiya, muammoli hamda va boshqa noan’anaviy darslardan, o‘qitishni faollashtiruvchi metodlardan keng foydalanish kerak..

Shu bilan bir qatorda mavzular mazmuni bilan aloqador turli manbalar ustida mustaqil ishlash, Internet ma’lumotlaridan tabiiy ob’ektlardan keng foydalanish, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar o‘tkazishga ham alohida ahamiyat berish zarur.

Kasb-hunar kollejida kimyoni o‘qitish yagona o‘quv dasturi asosida tashkil etilsa ham u ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Yuqoridagilardan tashqari o‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda ular bilan induvidual ishlash sinfdan tashqari mashg‘ulotlar olib borishi, adabiyotlar tavsiya etish, kechalar o‘tkazishni rejalashtirish lozim.

Kasb-hunar kollejida kimyoni o‘qitish O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida olib boriladi.

Vazifalari

  • axborotni turlari, ularni tasvirlash, saqlash, ishlov berish va uzatish yo‘llarini, axborotning sifat ko‘rsatkichlari, jamiyatda axboriy jarayonlar, axborotlashgan jamiyat, axboriy madaniyat, jamiyatni axborotlashtirishning xuqukiy asoslari, axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari, jamiyatning axborot resurslari, axborot xavfsizligi, axboriy xuquq va etika, o‘z kasbiy faoliyatda axborotning roli va ahamiyatini, informatika va axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi, hususan o‘z kasbiy soxasidagi o‘rni, roli va vazifalarini bilishi va ular haqida tushunchalarga ega bo‘lishi;

  • tizimli dasturiy ta’minot va uning turlarini, operastion tizim va uning qobigi ostida ishlovchi dasturlarni bilishi va ular bilan ishlay olishi, zamonaviy operastion tizimlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi, WINDOWS operastion tizimining yangi versiyalarida ishlay olishi, LINUX-operastion tizimi, uning imkoniyatlari, qo‘llanilish doirasi, hususiyatlari va afzalliklari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;

  • grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini, kompyuter grafikasi va uning turlarini, tasvirlarni grafik muxarrir uskunalari (skaner, grafik planshet) yordamida kiritish va qayta ishlash yo‘llarini, rastrli va vektorli grafikaning dasturiy ta’minotini bilishi, PhotoShop, CorelDraw dasturlaridan birida ishlay olishi, ikki va uch o‘lchovli grafika xaqida bilimga ega bo‘lishi va o‘z kasbiy faoliyatida grafik dasturlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi;

  • amaliy dasturlar va ularning turli kasbiy sohalarda qo‘llalanilishi, nashriyot tizimlari hakida ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘z kasbiy sohasi-dan kelib chiqqan holda turli soxalarda qo‘llaniladigan dasturlar (PageMaker, 1S: Bugalteriya, BEM, muhandislik grafikasi dasturlari – AvtoCad, MathCAD va boshqa dasturlar) haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va ulardan birida ishlay olish malakalariga ega bo‘lishi;

  • Turbo Pascal dsasturlash tilida misol va masalalarni ishlay olishi:

  • zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifi, dasturlash tilining asosiy tushunchalari va operatorlarini, obektga mo‘ljallangan dasturlash xaqida bilimga ega bo‘lishi, Delphi dasturlash tili va uning ishchi muhiti bilan ishlay olishi, komponentlar palitrasi va uning bo‘limlari va ayrim komponentlari bilan ishlay olishi, Delphi dasturi strukturasi, loyiha va modullar tuzishga oid masalalarni hal qilishni, Delphida prostedura va funkstiyalar bilan ishlay olishi, Delphi dasturlash tilining grafik imkoniyatlari oid dasturlar tuzish va ularni kompyuterga kiritib taxlil qilish, o‘z kasbiy sohasiga oid uncha murakkab bo‘lmagan masalalarni dasturini tuzish va kompyuterda natijasini ola bilish malakalariga ega bo‘lishi;

  • Web-dizayn va uning dasturiy ta’minoti, Flach texnologiyasi yordamida Web-sahifa yaratish va bezashni, Web-sahifalarga rasmli, grafikli ma’lumotlarni turli usullarda joylashtirish va bezash usullarini, Web-sahifalarda formalar o‘rnatish usullarini, tovushli ma’lumotlarni joylashtirishni, Web- sahifalar orasida aloqalarni o‘rnatish imkoniyatlarini bilishlari va amaliyotda qo‘llay olishlari;

  • fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilishi;

  • kasbiy soxasiga oid sodda masalalarning modellarini tuza olishi;

  • multimediya texnologiyasi va telekommunikastiya vositalarini bilishi va ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • shaxsiy elektron manzil (elektron pochta) ochish va u bilan ishlash, Internet tarmog‘ida axborot izlash tizimlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish;


Yuqoridagilardan tashqari o‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda ular bilan induvidual ishlash sinfdan tashqari mashg‘ulotlar olib borishi, adabiyotlar tavsiya etish, kechalar o‘tkazishni rejalashtirish lozim.

Kasb-hunar kollejida informatika o‘qitish O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida olib boriladi.

Informatika” fanidan



o’quvchilar bilimini baholash mezonlari



T/r


Baholash turlari


Nazorat shakllari

Nazorat shakli bo’yicha baholash

1

Joriy baholash (nazorat)

1.Mashg’ulotga qatnashish

2.Faollik

3.Daftar yuritish

4.Mashqlar bajarish

5.Slayd yaratish.

2”-“5”



2

Oraliq baholash (nazorat)

1.Mashg’ulotga qatnashish

2.Faollik

3.Daftar yuritish

4. test

2”-“5”

3

Yakuniy baholash (nazorat)

1. Test

2. Amalda ishlay olish

3. Faollik

2”-“5”


Test nazoratini baholash mezonlari
O’quvchilar 3 darajali testlar asosida baholanadi: 1-darajali testlar — o’quvchilikka oid (tanish bo’yicha harakatlanishi); 2-darajali testlar — tartiblikka oid (algoritm, namuna, o’xshashlik bo’yicha harakatlanish); 3-darajali testlar — ijodiy fikrlovchilikka oid (evristik, ijodkorlikka oid harakatlarni tanlash).




T/r

Test yechimini baholash


Darajaga ko’ra


Foiz hisobida


Bal hisobida


Baho

1

1,2,3- darajali testlar

86% - 100 %

86 – 100

5”

2

1,2- darajali testlar

71% - 85%

71 – 85

4”

3

1- darajali testlar

55%-70%

55 –70

3”

4

-

55% dan kami

55 dan kami

2”

Download 65.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling