Informatika va axborot texnologiyasi
Download 0.49 Mb.
|
kurs ishi Axmedova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Informatika
Axborot ta’minoti - axborot tizimlarida ma’lumotlar bazasini yaratishining
tasniflash va kodlashtirish, hujjatlashtirishning bir xil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bо‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir. Qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarning ishonchliligi va sifati kо‘p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga ham bog‘liqdir. Dasturiy ta’minot-kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy va amaliy dasturiy mahsulotlar kiradi. Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mо‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yig‘indisini о‘zida namoyon etadi. Ular universal vositalar funksional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil obyektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin. Informatika – kompyuterlar yordami va ularni qo`llash muhiti vositasida axborotlarni yangilash jarayonlari bilan inson faoliyati sohasidir. Informatika sо‘zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha «informatic» sо‘zidan kelib chiqqan bо‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. О‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yо‘nalishida jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi bilan shartli ravishda faxrlana oladi. Informatikaning inson faoliyati mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasi rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga tо‘g‘ri keladi. Informatikani tor ma’noda uch о‘zaro aloqador qismlar - texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmik vositalar(brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. О‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bо‘yicha turli jihatlardan: xalq xо‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida kо‘rib chiqish mumkin. Fanning maqsadi kimyo injiniringidagi axborot texnalogiyalarining o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini,axborot texnalogiyalarini inson faoliyatining turli soxalarida qo’llanilish asoslarini o’rgatishdan iborat.Bunda asosiy e’tibor axborot texnalogiyalarini kimyo soxasida qo’llanilishiga qaratilgan.Ma’lumki Respublikamizda yillar davomida axborot texnalogiyalarini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar oshirib kelinmoqda. Dastlab, eng oddiy bo’lgan xisoblash mashinalari, kompyuter qurilmalari vaularda qo’llanilgan dasturlar o’rganilgan bo’lsa, keyinchalik ishlash tezligi yuqori,ko’plab dasrurlarni bir vaqtning o’zida jamlay va ishlata olish imkoniyati bo’lgan kompyuter texnikalarining texnik hamda dasturiy ta’minoti o’rganildi va keng ommaga o’rgatildi.Yaqin o’tmishda esa Office dasturlari, operatsion tizimlar, internet texnalogiyalari haqida ma’lumotlar yetkazilgan Dasturlar imkoniyatlarini o’rganish orqali kimyoviy injiniring jarayonlarini simulyatsiya qilish va optimallashtirish masalalarini oson va oddiy o’rganishga dastlabki qadamlar qo’yish imkoniyati paydo bo’ladi. Axborot kommunikatsion texnalogiyalarini taraqqiy etishida bevosita dasturlash tillarini o’rni beqiyos.Ayniqsa, hozrgi davrga kelib, C++ ,Java,Delphi dasturlash tillarida shaxsiy kompyuterlar uchun amaliy dasturiy paketlardan tashqari SmartPhone va Planshetlar uchun operatsion tizim ( Ios, Android, Windows mobile, Symbian va h.k) va ilovalar yaratilmoqda. Microsoft Excel Microsoft Office dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. U o’zida elektron jadval, ilova, funksiyalar va grafik yaratish instumentlarni qamrab oladi. Excelning afzal tomonlaridan biri sanoat va ilmiy sohada keng qamrovda ishlatishidir. C++ tilining bevosita o’tmishdoshi bu tuzilmaviy dasturlash tili C hisobllanadi.Bu til XX asrning 70 yillarida Denis Ritchi tomonidan Unix operatsion tizim uchun taklif qilingan dastur xisoblanadi. MathCAD amaliy dasturiy paketi muxandislik va hisob ishlarini bajarish
MATLAB dasturlash tili sifatida 1970-yillarning oxirida Kliv Moulen(Cleve Mouler) tomonidan yaratilgan.MATLAB atamasi ingilizcha Matrix Laboratoriya so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, matritsa laboratoriyasi degan ma’noni anglatadi. MATLABda matematik hisoblashlar, modellash algoritmlarini yaratish, ma’lumotlarni tahlil, tadqiq qilish hamda vizuallashtirish, ilmiy va injenerlik grafikasi va ilovalarni loyihalash va boshqalarda foydalanish mumkin. Informatsion texnalogiyalari soxasi bo’yicha rus va ingiliz tillarida qo’llanmalar juda ko’p chop etilmoqda.Oxirgi yillarda o’zbek tilidagi qo’llanmalar ham ko’payib qoldi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling