95
UYGA VAZIFA
1. Ilova oynasining asosiy xossalarini esga oling va daftaringizga
ko‘chirib oling.
42-DARS. NAZORAT ISHI
Quyida nazorat ishi varianti namunalari keltirilgan:
1-variant
1. Mashina kodi va assemblerda dasturlash.
2.
Delphi
ning asosiy menyusi.
3.
Obyektlarning
Caption
xossasi.
2-variant
1. Yuqori darajadagi dasturlash tillari.
2.
Delphi
ning interfeysi.
3. Obyektlarning
Left
ва
Top
xossasi.
3-variant
1. Vizual dasturlash.
2.
Delphi
ning oynalari.
3. Obyektlarning
Width
va
Height
xossasi.
4-variant
1. Umumlashgan dasturlash.
2.
Delphi
da ilova yaratish va uni saqlash.
3.
ShowMessage
protsedurasi.
43-DARS.
ILOVA OYNASIGA MA’LUMOT JOYLASH
1. Label boshqarish obyekti va uning xossalari.
Har qanday ilova
qandaydir ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun
ilova oynasiga yoki boshqa
usulda chiqarib berishi kerak. Buning uchun bir qator boshqarish obyektlari
yaratilgan bo‘lib, ulardan eng soddasi
Label
(nishon, belgi, yozuv)
obyektidir. Bu obyekt obyektlar panelining standart bo‘limida
beshinchi
bo‘lib joylashgan.
Bu obyekt ilova oynasi obyekti
Form
ning ajdodi bo‘lgani uchun uning
ko‘plab xossalarini meros qilib olgan. Masalan,
Label
obyektining
Width
(kenglik),
Height
(balandlik),
Left
(chap),
Top
(yuqori)lar
mos ravishda
96
obyekt egallagan joyning kengligi,
balandligi, undan oynaning chap va
yuqori chegarasigacha bo‘lgan masofalarni aniqlaydi.
Label
ning asosiy xossasi
Caption
(Sarlavha) dir. U bu obyekt ekranga
qanday matn satrini chiqarishini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: