Informatika va hisoblash texnikasi asoslari uzviylashtirilgan o
Download 428.08 Kb. Pdf ko'rish
|
informatika va hisoblash texnikasi asoslari uzviylashtirilgan oquv dasturini joriy etish boyicha tavsiya va taqvim-mavzu rejalar
TOSHKENT – 2010 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi- ning 2010-yil 1-iyuldagi qo‘shma hay’at majlisi qarori bilan tas- diqlangan.
2 Tuzuvchi: B. BOLTAYEV Nashr uchun mas’ullar: Y. ASADOV, I. ZOKIROV, N. TURDIYEV, A. ASQAROV Muvofi qlashtiruvchilar: G. USMONOVA, M. VAHOBOV Informatika va hisoblash texnikasi asoslari: uzviylashti- rilgan o‘quv dasturinı joriy etish bo‘yicha tavsiya va taqvim- mavzu rejalar / O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi; tuzuvchi B. Boltayev; nashr uchun mas’ullar Y. Asadov [va boshq.]. – T.: «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – 16 b. I. Boltayev, B. (tuzuvchi).
© «Sharq» NMAK. Bosh tahririyati, 2010-yil. ББК 74.263.2 I-61 I-61
3 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgust- dagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’limning Dav- lat ta’lim standartlariga berilgan sharhlar «2004–2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» doirasida qayta ko‘rib chiqildi. Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bir-biridan ajra- tildi hamda sinfl ar kesimida alohida-alohida belgilab berildi. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublika- si Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikat- siyalar kompleksining 2010-yil 17-martdagi qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori kasb mahoratiga ega o‘qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlari tuzildi. Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari uzviyligi, uzluksizligi hamda o‘quvchilarning yosh va psixofi ziologik xusu- siyatlariga mosligi ikki bosqichda tahlil qilindi.
fani bo‘yicha DTS, o‘quv dasturi va darslik mazmuni sinfl ar kesimida tahlil qilinib, tegishli xulosa va taklifl ar tayyorlandi.
o‘rganilishi davom etadigan 17 ta umumta’lim fanlari, jumladan, informa- tika fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari uzviylik va uzluksizlik jihatidan tahlil qilinib, o‘quvchilarning ta’lim bosqichlarida egallashlari lozim bo‘lgan bilimlari- ning hajmi optimallashtirildi. Jumladan, ishchi guruhlar xulosalari va tahlillari, ilmiy metodik Ken- gash tavsiyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–9-sinfl arida Informatika fanidan jami 10 soat hajmdagi 10 ta mavzu optimallashtirildi. Shundan, 2 soatlik mavzu murakkab deb topilib, uni soddalashtirildi, 8 ta mavzu kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari yoshiga xosligi sababli umumiy o‘rta ta’lim dasturidan chiqarildi. Mazkur o‘zgarishlar 5–9- sinfl arda amalga oshirildi. Quyida informatika fanidan uzviylashtirilgan o‘quv dasturini amaliyot- ga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar va materiallar berildi.
4 5-SINF O‘QUV DASTURIGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR BO‘YICHA TAVSIYALAR 1) Taqvim-mavzu rejadagi 3-dars – «Kompyuterni boshqarish dastu- ri» mavzusi darslikning «Windows haqida» bo‘limi uchun ajratilgan soat hisobidan tashkil etiladi. Darslikdagi (13-bet) 3-dars – «Windows haqida» mavzusidan foydalanib o‘quvchi yoshiga moslashgan holda o‘rganiladi. Taqvim-mavzu rejadagi 4-dars «Fayl yoki papkani ochish» darslikdagi (17-bet) 4-dars – «Windows muhitida ishlash» mavzusidan foydalanib o‘quvchi yoshiga moslashgan holda o‘rganiladi. 8-SINF O‘QUV DASTURIGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR BO‘YICHA TAVSIYALAR 8-sinf o‘quv dasturidagi «Web-sahifa yaratish» bobi 9-sinfga o‘tkazi- lishi munosabati bilan 9-sinfdan «Elektron jadval» bobi 9-sinfdan 8-sinfga tushirildi. Natijada 8-sinfdagi «Elektron jadval» bobiga 3 soat qo‘shimcha soat ajratish imkoniyati yaratildi. 21-dars. MS EXEL da matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash Taqvim-mavzu rejadagi 21-dars – «МS Excel da matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash»ga oid amaliy mashg‘ulot hamda 22-dars «Web- sahifa yaratish» bobini 9-sinfga o‘tkazilishi natijasida orttirilgan soat hiso- bidan tashkil etiladi. Excel da tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar yacheykalarida matn yoki sonlar bo‘lishligi, ayrim hollarda yacheykalardagi ma’lumotlar usti- da hisoblashlarni bajarish zarurati tug‘ilishi, bunday vaziyatda «Matematik formula va funksiyalar bilan ishlash» (21-dars)ga to‘g‘ri kelishi e‘tirof etilgan. Darsni mustahkamlashga oid berilgan mashqlar bilimlarning ongli ravishda ushbu darsda o‘zlashtirish tamoyili asosida tuzilgan. Excel dagi formulaning dastlabki belgisi hamma vaqt « =» (tenglik) bo‘lishligi qayd etilib, Excel da qo‘llaniladigan arifmetik amal belgilari – +, −, ×, /, ∧ ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mavzu oxirida berilgan topshiriqlarni mustaqil yechish o‘quvchilarni mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini mustah- kamlaydi. 21-darsdagi 1-mashqda olingan ma’lumotlarni mustahkamlash, mate- matik amallarni qo‘llash o‘rniga matematik funksiyalar (masalan, SUMM 5 funksiyasi)ni qo‘llash elektron jadvalda ishlashni osonlashtirishni ko‘rsatish uchun quyidagi mashq bajariladi. Elektron jadvalning maxsus imkoniyatla- rini qo‘llash mumkinligi ta’kidlanadi. 1 B -mashq. Reyting masalasini hal etamiz. Sinf jurnalini eslatuvchi jad- val tuzamiz. Quyidagi jadvalda ko‘rib turganingizdek, C7 katakchadan K7 katak- chagacha yoki C7:K7 blokda birinchi, C8:K8 blokda ikkinchi, C9:K9 blok- da uchinchi, C10:K10 blokda to‘rtinchi o‘quvchining fanlardan olgan rey- ting ballari joylashadi. O‘quvchilarning fanlardan olishi mumkim bo‘lgan maksimal va olgan umumiy ballari jamlanmasi L ustunga yig‘iladi, ya’ni mos ravishda, L6 = C6 + D6 + E6 + F6 + G6 + H6 + I6 + J6 +K6 , L7 = C7 + D7 + E7 + F7 + G7 + H7 + I7 + J7 + K7, … , L10 = C10+D10+… + J10 + K10 ga teng bo‘ladi. Bu yig‘indilarni 3 xil usulda hosil qilishimiz mumkin: 1-usul. L6 katakchaga C6 + D6 + E6 + F6 + G6 + H6 + I6 + J6 +K6 ifodani tenglik belgisidan keyin kiritamiz. Keyin L7, L8, L9, L10 katakcha- larga nusxalaymiz. 2-usul. L6 katakchaga tenglik belgisidan keyin СУММ (C6:K6) ni kiri- tamiz. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalaymiz. 3-usul. C6:L6 blokini belgilab ∑ piktogrammasini tanlaymiz. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalaymiz. 6 Demak, L6 katakchaning nusxasi L7, L8, L9 va L10 katakchalarga nisbiy murojaat bilan joylashadi. Shu kabi, M6 = L6*100/$L$6 katak- chaning nusxasi M7, M8, M9, M10 katakchalarga mos ravishda, L7*100/$L$6, L8*100/$L$6, L9*100/$L$6, L10*100/$L$6 kabi joylash- tiriladi. Bu yerda $L$6 – absolut adres bo‘lib, umumiy ball joylashgan ka- takchadir. Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to‘plamining mavjudli- gidir. Excel funksiyalar to‘plamida 400 dan ortiq funksiya bo‘lib, ular mate- matik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo‘linadi. Funksiyalarni formulalarda ishlatishning umumiy qoidasi bilan avvalgi darsda ham tanishgan edik, u quyidagilardan iborat edi: · har bir funksiya boshqa takrorlanmaydigan o‘z nomiga ega; · funksiyalarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro‘yxati yoziladi. O‘quvchilarga Excel elektron jadvali tavsiya etilgan funksiyalarning quyidagi qismining ba’zilari misollar yordamida tushuntiriladi, qolganlari mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladi. Excel elektron jadvalidagi matematik funksiyalarning asosiylari bilan tanishsiz, masalan:
ABS (4) = 4; СУММ (son1; son2; …) – son 1, son 2, … katakchalar (yoki katak- chalar bloki)dagi qiymatlarning yig‘indisi, masalan: yuqoridagi mashqdan СУММ (C6:K6) = 900, СУММ (C7:K7; C9:K9) = 1554. Endi Excel elektron jadvalining ba’zi mantiqiy funksiyalari bilan tani- shamiz:
mati ROST bo‘ladi, agar mantiqiy ifodalarning barchasining qiymati ROST bo‘lsa, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON bo‘ladi, masalan: И (SIN (500)>5) = YOLG‘ON, И (5>1, 99/3-1>31) = ROST, B-mashqdagi D6 va M7 uchun И (D6 = 100; M7> = 89) = ROST;
sining qiymati ROST bo‘ladi, agar mantiqiy ifodalar birortasining qiymati ROST bo‘lsa, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON bo‘ladi, masa- lan: ИЛИ (SIN (500) > 5) = YOLG‘ON, ИЛИ (0,5 > = 1/2, –1 > 31) = ROST, B-mashqdagi D 6 va M 7 uchun ИЛИ (D 6 = 101; M 7 > = 90) = YOLG‘ON;
7 ЕСЛИ (mantiqiy ifoda; ifoda1; ifoda 2) – (AGAR) funksiyasi qiymati mantiqiy ifoda qiymati ROST bo‘lsa ifoda1ga, yolg‘on bo‘lsa ifoda 2ga teng bo‘ladi, masalan: ЕСЛИ (700/7-1 > 50; 1963; 1) = 1963, ЕСЛИ (5*5=24; 0; 9+12) = 21, B-mashqdagi I9 va H10 uchun ЕСЛИ (I9>H10; I9–H10; «Toshkent») = 7, ЕСЛИ (4*4-4*1*5>0; КОРЕНЬ (100); «yechimi yo‘q») = yechimi yo‘q. Excel elektron jadvalining statistik va matn funksiyalariga misol kelti- ramiz:
МАКС (son1; son 2;…) – son1, son 2, … larning eng katta qiymatini aniqlaydi, masalan: МАКС (1; 2; –7) = 2, B-mashqdagi C10:G10 katak- chalar bloki uchun МАКС (C10 : G10) = 79, shu blok va J10 katakchasi uchun МАКС (C10:G10; J10) = 81; МИН (son 1; son 2;…) – son 1, son 2, … larning eng kichik qiymatini aniqlaydi; СРЗНАЧ (son 1; son 2;…) – son 1, son 2, … larning o‘rta arifmetik qiymatini aniqlaydi; ДЛСТР (matn) – matndagi belgilar sonini aniqlaydi, masalan: ДЛСТР (ular) = 4, ДЛСТР (3,141516) = 8; ЗАМЕНИТЬ (eski matn; qaysi o‘rindan; nechtasi o‘rniga; yangi matn) – eski matnni belgilarini yangisiga almashtiradi, masalan: ЗА- МЕНИТЬ («Salom»; 4; 1; «i»)=Salim, B-mashqdagi B7 katakchasi uchun ЗАМЕНИТЬ (B7; 16; 3; «bek») = Azamatov Behzodbek;
ЗНАЧЕН («5,4») = 5,4; ЛЕВСИМВ (matn; belgi soni) – matndagi eng chapdagi berilgan sondagi belgilarni kesib ko‘rsatadi, masalan, ЛЕВСИМВ (–45765; 1) = «–» yoki ЛЕВСИМВ (–45765) = «–», ЛЕВСИМВ (Gulnoza; 3) = «Gul», B-mashqning B9 katakchasi uchun ЛЕВСИМВ (B9; 6) = «Rahmat». Darsni mustahkamlash va yakunlash: O‘quvchilarga o‘tilgan darslarni mustahkamlash va takrorlash uchun quyidagi savollar bilan murojaat etiladi: 1. Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat faylining kengaytmasi qanday? 2. Excel elektron jadvalida nusxa ko‘chirish necha usulda va qanday amalga oshiriladi? 3. Katakchani butunlay tozalashda bajariladigan amallar ketma-ketligini so‘zlab bering. 4. Excel elektron jadvalida qanday matematik funksiyalar bor? 8 5. Excel elektron jadvalidagi statistik funksiyalarga misol keltiring. 6. Excel elektron jadvalidagi matn funksiyalarga misol keltiring.
1. y = 2x 2 + 4x – 7 funksiyaning qiymatlarini x ning [–10, 10] kesma- dagi butun qiymatlarida hisoblang. 2. y = ax
jadvalini tuzing. 31-dars. Elektron jadvalda mantiqiy
2) Taqvim-mavzu rejadagi 31-dars – «Elektron jadvalda mantiqiy ele- mentlarni qo‘llash» ga oid amaliy mashg‘ulotlar «Web-sahifa yaratish» bobini 9-sinfga o‘tkazilishi natijasida orttirilgan soat hisobidan tashkil eti- ladi. «Diagramma va grafi klarni hosil qilish va tahrir qilish» uslublari yori- tilgan. «Uskunalar paneli»ning varag‘ida turli xil grafi k va diagrammalar kiritilgan ma’lumot va hisob natijalari asosida tuzilishi, natijada diagramma turiga qarab har xil ma’lumotlar tayyorlanishi va xulosa chiqarilishi qayd etiladi. Dars tuzilishi ta’limning hammabopligi va muntazamligi tamoyi- liga asoslanadi. Mavzuni bayon etishda berilgan 2006-yilda nashr etilgan 9-sinf darsligidagi mashqlarda o‘quvchi tomonidan mustaqil bajariladi- gan topshiriq mavjud. Shu topshiriqlarni amaliy mashg‘ulotda yechish va o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni mustaqil yechishlarini tashkil etish lozim.
Shuningdek, 9-sinfga «Web-sahifa» bobi 8-sinfdan o‘tkazildi. Natijada 9-sinfda «Algoritmlash asoslari» (11 soat), «Dasturlash» (38 soat), «Web- sahifa» (19 soat) boblari kiritildi. «Ma’lumotlar ombori» (8 soat) bobi kasb- hunar kolleji dasturiga o‘tkazildi. Yuqorida keltirilgan darslarda 2006-yilda nashr etilgan darslikning te- gishli mavzularidagi mashqlardan unumli foydalanib, o‘quvchi tomonidan mustaqil bajarilishini tashkil etadi. O‘quvchilarning topshiriqlarni yechishi o‘qituvchi tomonidan tahlil etib beriladi.
9 TAQVIM-MAVZU REJA 5-sinf (haftasiga 0,5 soatdan, jami 17 soat) t/r Mavzular Dars soati 1-chorak 1 Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari 1 2 Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari 1 3
1 4 Fayl yoki papkani ochish 1 5 Amaliy mashg‘ulot 1 2-chorak 6 Klaviatura bilan tanishuv 1 7 Klaviatura trenajorida mashqlar 1 8 Klaviatura trenajorida mashqlar 1 9 Kompyuterdagi kalkulyatordan foydalanish 1 3-chorak 10 Paint dasturi haqida 1 11 Paint uskunalar paneli va undan foydalanish 1 12 Paintda amallar bajarish 1 13 Paintda rasmlarni qayta ishlash 1 14 Paintda amaliy vazifalar bajarish 1 4-chorak 15 Kompyuter o‘yinlari haqida 1 16 Kompyuter o‘yinlari 1 17 Nazorat ishi 1 Jami: 17
10 6-sinf (haftasiga 0,5 soatdan, jami 17 soat) T/r Mavzular Dars soati 1-chorak 1 Matn muharriri 1 2 MS Word matn protsessori interfeysi 1 3 Wordda matn yozish qoidalari 1 4 Hujjatlarning asosiy parametrlari 1 5 Hujjat hosil qilish va saqlash 1
6 Hujjatlarni tahrir qilish 1 7 Hujjatni formatlash 1 8 Hujjatlarni tahrirlash va formatlashga oid mashqlar 1 9 Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash 1 3-chorak 10 Hujjatlarda shakllar va chizmalar 1 11 Rasm va chizmalarga oid amaliy ish 1 12 Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash 1 13 Jadvallar ustida amallar 1 14 Word Art obyekti 1
3 15 Word formulalar yozish 1 16 Word hujjatni chop etish 1 17 Nazorat ishi 1 Jami 17
11 7-sinf (haftasiga 0,5 soatdan, jami 17 soat) T/r Mavzular Dars soati 1-chorak 5
1 Informatika fani nimani o‘rganadi 1 2 Axborot turlari va ko‘rinishlari 1 3 Axborotlar ustida bajariladigan amallar 1 4 Axborotlarni kodlash 1 5 Sanoq sistemalari 1 2-chorak 6 Ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish 1 7 Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi 1 8 Amaliy ish (nazorat ishi) 1 II bob. Internetda ishlash asoslari 9 Axborot texnologiyalari 1 3-chorak 10 Axborotli olam muammolari va Internet 1 11 Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar 1 12 Internetda ma’lumotlarni izlash 1 13 Amaliy ish 1 4-chorak 14 Elektron pochta 1 15 Amaliy ish 1 16 Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida 1 17 Nazorat ishi 1 Jami 17
12 8-sinf (haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat) T/r Mavzular Dars soati 1-chorak I bob. Zamonaviy kompyuterlar 1 Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi 1 2 Kompyuterlar 1 3 Kompyuter texnikasi vositalari 1 4 Mantiqiy amallar 1 5 Amaliy mashg‘ulot 1 6 Mantiqiy elementlar. 1 7 Amaliy mashg‘ulot. (Nazorat ishi) 1 II bob. Dasturiy ta’minot 8 Kompyuterning dasturiy ta’minoti 1 9 Interfeys 1 2-chorak 10 Operatsion sistema tushunchasi. 1 11 Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar va qobiq-dasturlar 1 12 Fayllar va kataloglar 1 13 Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash 1 14 Nazorat ishi 1 15 Windows operatsion sistemasi 1 16 Bosh menyu 1 17 «Mening kompyuterim» sistema katalogi 1
18 Windows yo‘lboshlovchisi 1 III bob. Elektron jadvallar 19 Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari 1 Elektron jadvalning elementlari 1 21
qo‘llash 1 20 13 Takrorlash darsi 1 Matematik formulalar bilan ishlash 1 Takrorlash darsi 1 Diagramma va grafi klarni hosil qilish 1 Diagramma va grafi klarni tahrirlash 1 Takrorlash darsi 1 4-chorak Ma’lumotlarni tartiblash 1 Ma’lumotlarni saralash 1 Takrorlash darsi 1 Elektron jadvalda mantiqiy elementlarni qo‘llash 1 Amaliy mashg‘ulot 1 Nazorat ishi 1 Takrorlash darsi 1
34
(haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat)
1 Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari 1 2 Modelning turlari 1 3 Takrorlash darsi 1 4 Algoritm tushunchasi 1 5 Algoritmning asosiy hossalari 1 6 Takrorlash darsi 1 7 Algoritmni tasvirlash usullari 1 8 Amaliy mashg‘ulot 1 9 Algoritmning turlari 1 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34
14 10 Takrorlashga doir topshiriqlar 1 11 Nazorat ishi 1 II bob. Dasturlash 12 Dastur va dasturlash tillari 1 13 Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti 1 14 Paskal dasturlash tili va uning alifbosi 1 15 O‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar 1 16 Takrorlash darsi 1 17 Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar 1 18 Takrorlash darsi 1 2-chorak 19 Standart funksiyalar va algebraik ifodalar 1 20 Takrorlash darsi 1 21 O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqa- rish operatorlari 1 22 Takrorlash darsi 1 23 Ma’lumotlarni hotiraga muloqot usulida kiritish operatori 1 24
1 25 Ekran bilan ishlash operatorlari 1 26 Takrorlash darsi 1 27 Chiziqli dasturlar tuzish 1 28 Takrorlash darsi 1 29 Tarmoqlanish va o‘tish operatorlari 1 30 Takrorlash darsi 1 31 Tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish 1 32 Takrorlash darsi 1 33 Parametrli takrorlash operatori 1 34 Takrorlash darsi 1 3-chorak 35 Shart bo‘yicha takrorlash operatorlari 1 36 Takrorlash darsi 1 37 Nazorat ishi 1 15 38 Belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash 1 39 Takrorlashga doir topshiriqlar 1 40 Paskalda ekranni grafi k holatga o‘tkazish 1 41 Takrorlash darsi 1 42 Paskalning shakllar chizish operatorlari 1 43 Takrorlash darsi 1 44 Fayllar bilan ishlash 1 45 Takrorlash darsi 1 46 Protsedura va funksiyalar 1 47 Takrorlash darsi 1 48 Amaliy mashg‘ulot 1 49 Nazorat ishi 1 III bob. Web-sahifa 50 HTML haqida tushuncha 1 51 Web-sahifaga matn kiritish 1 52 Amaliy mashg‘ulot 1 53 Shrift o‘lchami, rangi va Web-sahifa foni 1 54 Amaliy mashg‘ulot 1 4-chorak 55 Web-sahifada grafi ka 1 56 Amaliy mashg‘ulot 1 57 Nazorat ishi 1 58 Web-sahifaga ro‘yxat joylashtirish 1 59 Web-sahifaga jadval joylashtirish 1 60 Amaliy mashg‘ulot 1 61 Web-sahifada o‘tish (gipermurojaat) 1 62 Formalar 1 63 Amaliy mashg‘ulot 1 64 Interaktiv Web-sahifa 1 65 Amaliy mashg‘ulot 1 66 Nazorat ishi 1 67 Takrorlash darsi 2 Jami 68
MUNDARIJA Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 5-sinf. O‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tavsiyalar . . . 4 8-sinf. O‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tavsiyalar . . . . 4 9-sinf. O‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tavsiyalar . . . . 8 Taqvim-mavzu reja . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 9 INFORMATIKA VA HISOBLASH TEXNIKASI ASOSLARI UZVIYLASHTIRILGAN O‘QUV DASTURINI JORIY ETISH BO‘YICHA TAVSIYA VA TAQVIM-MAVZU REJALAR «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent – 2010 Muharrir A. Bahromov Badiiy muharrir F. Basharova Texnik muharrir L. Xijova Sahifalovchi L. Batseva Musahhih A. Zokirov Terishga berildi 26.08.2010. Bosishga ruxsat berildi 06.09.2010. Bichimi 60x84
1 / 16 . Ofset bosma. «Times New Roman» garniturasi. Shartli bosma tabo- g‘i 0,93. Nashriyot-hisob tabog‘i 0,82. Adadi 10000 nusxa. Buyurtma ¹ 1208. «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasi, 100000, Toshkent shahri, «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41. Download 428.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling