Qo’shimcha ma’lumotlar:
Qidiruv tizimini ishga tushirish uchun, eng avvalo, Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili – www.uz/uz (rus tilidagi interfeysni ochish uchun www.uz/ru)ni kiritib, Enter klavishini bosamiz. Brauzer ma’lumotlar maydonida WWW.UZ qidiruv tizimining Bosh sahifasi aks etadi.
Nazorat savollari: 1. Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni bilish kerak?
2. Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so‘zlab bering.
3. Qanday qidiruv tizimlari manzilini bilasiz?
4. Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak?
|
O’quvchilarni baholash.
|
Uyga vazifa: Quyidagi vazifalardan birini tanlab bajaring:
1) Maktabingiz saytiga kiring va maktabingiz tarixi haqida ma’lumot oling;
2) «Ziyonet.uz» forumidan o‘quvchilar odobiga oid ma’lumotlar oling;
3) «Referatlar.uz» saytidan sohibqiron Amir Temur hayotiga oid referatlar izlang;
|
Fan o’qituvchisi: Raxmonova Shaxnozaxon
Mavzu:25.Amaliy mashg’ulot
Fan: Informatika
Qisqacha tezis : O‘zbekistonda ham WWW.UZ milliy axborotqidiruv tizimi 2006yilning oktyabr oyida UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan ishga tushirilgan edi. Shu davr ichida milliy axborotqidiruv tizimi elektron xizmatlar, texnologik qulayliklari va funksiyalari evaziga internet foydalanuvchilari o‘rtasida ommalashdi. 2015yilning 11fevral kuni Milliy axborotqiduruv tizimining yangi talqini ishga tushirildi. Milliy qidiruv tizimi interfeysi o‘zbek va rus tillarida tashkil etilgan. Qidiruv tizimi webbrauzer orqali ishga tushiriladi, ya’ni brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili kiritiladi. Qidiruv tizimlari (websahifasi) turli ko‘rinishga ega bo‘lgani bilan, ularning ishlashi deyarli bir hil. Ulardan foydalanishni O‘zbekistondagi milliy qidiruv tizimi WWW.UZ misolida ko‘rib chiqamiz.
|
Qo’shimcha ma’lumotlar: Internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim. U biror mavzu bo‘yicha maqola, o‘yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo‘lishi mumkin. Milliy qidiruv tizimi qidiruv tizimi katalogidagi hamda foydalanuvchi tomonidan qidiruv tizimi katalogiga qo‘shilgan saytlar ichidagi ma’lumotlarni uning nomi va tavsifi bo‘yicha izlash imkonini beradi. Agar biror maqolaning nomi yoki biror tavsifi ma’lum bo‘lsa, qidiruv tizimidagi Izlash xususiyatlaridan «Nomi va tavsif bo‘yicha» tugmasi tanlangach, qidiruv satriga shu maqola nomi yoki maqolada uchrashi mumkin bo‘lgan so‘z yoki jumla, ya’ni kalit so‘z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi. Masalan, informatikadan referatlarni izlash kerak bo‘lsa, u holda qidiruv satriga «informatikadan referatlar» kalit so‘zi kiritiladi. Kalit so‘zni kiritish jarayonida qidiruv tizimi tomonidan turlicha kalit so‘zlar taklif etilishi mumkin
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |