Infraqizil (IQ) spektroskopiya oziq-ovqat mahsulotlarini miqdoriy va sifatiy tahlilini yangi fizikaviy usuli hisoblanadi


Download 9.89 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi9.89 Kb.
#1382479
Bog'liq
O\'zb


Infraqizil (IQ) spektroskopiya oziq-ovqat mahsulotlarini miqdoriy va sifatiy tahlilini yangi fizikaviy usuli hisoblanadi. Bu usul organik moddalarni tuzilishi va tarkibi haqida yetarlicha to’liq informatsiya olinishiga imkon beradi. IQ nurlanish sut mahsulotlarini yog‘ kislotali tarkibini tadqiq etishda foydalaniladi, turli oziq-ovqat mahsulotlaridagi pestitsidlarni aniqlashda, oziqaviy bo'yoqlarni tahlil etishda, shuningdek, o‘simlik va hayvon xomashyosi qayta ishlovi texnologik jarayonlarini nazorat qilishda keng qo'llaniladi.
Organik birikmalarni IQ spektri moddaning eng to‘liq fizik xususiyatlari hisoblanadi. IQ spektr erish harorati, sindirish ko‘rsatkichi yoki zichlikka nisbatan moddani aniq tavsiflaydi.
IQ nurlanish sohasi spektrni ko‘rinadigan qismidan keyin joylashgan bo'lib, 0,8—2,5 mkm diapazondagi yaqin, o‘rta (2,5—25 mkm) va uzoqqa (25 mkm.dan katta) bo‘linadi.
Yorug'lik yutilishining jami sohalari uchun katta to‘lqin uzunligiga katta energiya mos keladi. IQ spektroskopiya ham nurlanishni yutilishiga asoslangan. Yutilish spektrlari tadqiq qilinayotgan moddani tuzilishi bilan bog‘langan. Modda molekulasini ma’lum energetik holatlarda joylashgan tegishli atomlar tizimi sifatida qarash mumkin. Molekula unga tushayotgan nurlanish spektridan faqat lining energetik holatini o‘zgartira oladigan uzunlikdagi to‘lqinlarni yutadi. Molekula tomonidan olingan energiya atomlarni elektron holatini o‘zgartirish (bunda spektr ultrabinafsha va ko‘rinadigan sohalarga tegishli bo'ladi) yoki aylanma va tebranishli energiyasini o'zgartirishga sarflanishi mumkin. Molekulalarni tebranma energiyasi, ikki turdagi tebranishlar: valentli va deformatsion tebranishlar bilan belgilanadi. Valentli tebranishlarda ikki atom o‘rtasidagi masofa kamayishi yoki kattalashishi mumkin, ammo atomlar valentlik bog'lari o‘qlarida saqlanaveradi. Deformatsion tebranishlarda atomlar valent bog'lari o'qidan chetlanadi. Deformatsion tebranishlar energiyasi valent tebranishlar energiyasiga nisbatan ancha kichik bo'lib, shu sababli deformatsion tebranishlar valentlilarga nisbatan katta uzunlikdagi to'lqinlarda kuzatiladi.
Alohida funksional guruhlarning tebranishlari IQ spektrni o'ta ma’lum sohalarida yutilishini yuzaga keltiradi. Bunday atomlar guruhlari yoki bog'larga ega bo'lgan turli molekulalarning yutilish spektrlarida bir necha bir xil chiziqlar mavjud boiadiki, ularni yutilish chastotalari xarakteristik, deb nomlanadi. Bunday xarakteristik chiziqlarning mavjudligi spektr bo'yicha molekulada turli guruhlar mavjudligini aniqlash va ularning tuzilishini belgilashga imkon beradi.
Xarakteristik chastotalarni aniqlash IQ spektroskopiyaning asosini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda, to'lqin soni va to'lqin uzunligi bo'yicha bosh chiziqlar joylashgan xarakteristik chastotalar va diagrammalarni qator jadvallari mavjud.
Moddalarni IQ spektrlari tadqiq qilinayotgan namuna fizikaviy holatiga, birikmalar konsentratsiyasiga bog‘liq. Murakkab organik moddalarning toza suyuqliklarni yupqa qatlami ko‘rinishida, eritilgan mahsulotni plastinalar o'rtasida sovitilgandan keyin yupqa plyonka ko‘rinishida, namunani suyuqlik bilan ezgandan keyin pasta ko‘rinishida va ishqoriy metall galogenidlari aralashmasi bilan presslangan tabletka ko‘rinishida tadqiq qilish mumkin.
Organik birikmalar IQ spektrlarini o‘rganishda ikki xarakteristik sohalar ajratiladi: 800—1400 sm-1 sohasi va 800—1400 sm-1 chegarasidan tashqari soha. 800—1400 sm-1 sohalarda C—C, C—N, N— O, C—O valent bog'lari va N—H, O—H, C— H deformatsion bog'lari namoyon bo’ladi. Bu sohada molekula tuzilishidagi unchalik katta bodmagan o‘zgarishlar spektrni sezilarli o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. 800—1400 sm-1 soha chegarasidan tashqarida organik birikmalar spektrlari alohida bog‘lar va atomlar guruhlariga mos keluvchi chiziqlarga (xarakteristik) ega boladi. Bunday guruhlarning tebranishlari ular kirgan molekulalar tarkibiga bog’liq bo'lmaydi. Aynan tebranishli spektrlar namoyon bo'lgan bunday soha oziq-ovqat mahsulotlarini tadqiq etishda eng ko'p qodlaniladi. Birikmalarning spektrlarini ma’lum modda spektri bilan taqqoslab, identifikatsiya qilish asosiy guruh organik birikmalari uchun xarakterli IQ spektrlari chiziqlari mavjud bodganda amalga oshirish mumkin. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarini IQ spektroskopiya usuli bilan tadqiq etishda funksional guruhlar yutilishlarini asosiy analitik chiziqlari ko'rsatilgan ma’lumotnomalar bilan ishlash kerak bo'ladi. IQ spektroskopiya usulini oziq-ovqat mahsulotlaridagi vitaminlarni (A, K, K1 K2, B1, B2, B6, C, nikotin kislotasi, tokoferollar va karotin) aniqlashda ham qo‘llash mumkin. IQ spektroskopiyani xromotografiya usuli bilan birgalikda qo’llash aromatik moddalar va qator organik birikmalarni tadqiq etishda foydalanilish mumkin.
Download 9.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling