Infratuzilma
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Download 28.74 Kb.
|
Elektron –hukumat infratuzulmasining tashqi modeli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron hukumat maʼlumotlarni qayta ishlash markazi va idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʼi
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Elektron davlat xizmatlari murojaat etuvchilarga davlat idoralarining rasmiy veb-saytlari va davlat organlari tomonidan koʼrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi boʼlgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. Elektron xizmatlar koʼrsatadigan davlat idoralari elektron davlat xizmatlarini koʼrsatish tartibi toʼgʼrisida maʼlumotlarni oʼzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradilar. Elektron hukumat maʼlumotlarni qayta ishlash markazi va idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʼi Elektron hukumat maʼlumotlarini qayta ishlash markazi elektron hukumat xizmatlari, elektron hukumatning markazlashtirilgan maʼlumotlar bazalarini taqdim etuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslarini saqlash va integratsiyasini taʼminlaydi. Elektron hukumat xizmatlarini koʼrsatadigan davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslari, elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlik elektron hukumat maʼlumotlarini uzatishning idoralararo tarmogʼi orqali amalga oshiriladi. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish dasturining asosiy loyihalari milliy maʼlumotlar bazalari va registrlarini shakllantirishdir: jismoniy va yuridik shaxslar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, transport toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, kadastr maʼlumotlari, koʼchmas mulk, birlashtirilgan maʼlumotnomalar va klassifikatorlar va boshqalar. Model tushunchasi, elementlari va turlari. Model tushunchasini ta‘riflash turli xil manbalarda turlicha tariflangan bo’lib, ma’no jihatdan esa bir xil sanaladi. Shunday bo‘lsada bu tushuncha har birimizga tanish: o‘yinchoq samolyot - samolyotning modeli, globus -yerning modeli, planetariy ekrani - osmon va undagi yulduzlar modeli, S=v*t formula – jism harakati modeli. Bu bayon qilingan predmetlar grafik tasvirlar, formulalar bir "model"so‘zi bilan birlashadilar. Kundalik hayotimizda ishlatadigan dasturlarimizni modeli sifatida kompyuterda tuzilayotgan dasturni misol qilib olishimiz mumkin. U dasturni tuzishda matematik jihatdan yondashamiz va matematik modelini yaratamiz. Keng ma‘noda model biror ob‘ekt yoki ob‘ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. N.N. Moiseev ta‘rifi bo‘yicha «Model deganda biz predmet (hodisa) haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks ettiruvchi ma‘lum bir chegaralangan ma‘lumotni beruvchi soddalashtirilgan bilimni tushunamiz. Modelni ma‘lumotni kodlashning maxsus shakli sifatida qarash mumkin. Oddiy kodlashda bizga barcha dastlabki ma‘lumotlar ma‘lum bo‘ladi va ularni biz faqat boshqa tilga o‘tkazamiz, model esa, qaysi tildan foydalansa ham, kishilar ilgari bilmagan ma‘lumotni ham kodlaydi». Endi modellashtirish tushunchasi haqida gapiramiz. Modellashtirishning ham turlishakllardagi bayonini keltiramiz. Modellarni yasash kishilar faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Download 28.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling