Infuzoriyalar eng murakkab tuzilgan bir xujayralilar. Infuzoriyalar tupining 8000 dan ortiq turlari ma'lum. Infuzoriyalar tipi 2 ta kiprikli va so'ruvchi infuzoriyalar sinflariga ajratiladi
Download 9.09 Kb.
|
2 5348180091153156264
Infuzoriyalar eng murakkab tuzilgan bir xujayralilar. Infuzoriyalar tupining 8000 dan ortiq turlari ma'lum. Infuzoriyalar tipi 2 ta kiprikli va so'ruvchi infuzoriyalar sinflariga ajratiladi. Va kiprikli infuzoriyalar sinfi o'z navbatida teng kipriklilar, to'garak kipriklilar va spiral kipriklilar kenja sinflariga bo'linadi. Infuzoriyalardagi kipriklar hayotining muayyan davrida hosil bo'lib butun umri davomida saqlanadi. Kipriklilar turli infuzoriyalarda turlicha, ya'ni teng ununlikda va bir tekislikda joylashishi va yaqin kipriklar o'zaro qo'shilishi natijasida ancha mustahkam lokomotorni hosil qilishi, ayrimlarida to'p-to'p bo'lib joylashishi mumkin. Infuzoriyalar o'z navbatida 2 ta katta yadro vegetativ makronukleus, kichigi esa generativ mikronukleus deb ataladi. Infuzoriyalarning jinsiy ko'payishi o'zgacha bo'lib konyugatsiya deb atalib bu jarayon ikkita infuzoriyalar yaqinlashishi natijasida muvaqqat bog'lanib yadrolar almashinishi natijasida amalga oshadi. Infuzoriyalar sitoplazmasi ikkita qatlam ya'ni ektoplazma va endoplazmadan iborat. Ektoplazmani sirtqi tomonida pellikula bilan qoplangan bo'lib u 2 ta qavatdan iborat. Har qaysi qavati 2 ta membranadan iboratdir. Infuzoriya kiprikini elektron mikroskopda ko'rilganida markazida 2 ta chetida 9 ta qo'sha bo'lib joylashgan fibrillalarni kuzatish mumkin. Sodda infuzoriyalarda og'iz teshigi tanasining oldingi tomonida joylashgan. Ko'pchilik infuzoriyalarda og'iz teshigi tananing yon tomonida peristom deyiluvchi og'z oldi chuqurchaning tubida joylashgan. Teng kipriklilar kenja sinfi. Ular sodda tuzilgan bo'lib ular bakteriya, organik zarrachalar va mayda suv o'tlari bilan oziqlanib, ko'pchilik turlari erkin yashaydi. Ularga ko'pchilik turlari kiradi, jumladan infuzoriya tufelkasi ham. Gimenostomalar turkumi. Infuzoriya paramestiya (tufelka) tansini kattalagi 0.25-0.35 mm bo'lib shakli duksimon, ko'ndalang kesimi doirasimon, bir soniyada o'z tanasi uzunligidan 8-9 barobar ko'p yo'lni bosib o'tadi. Sirtqi yuzasi pellikudan va unda kipriklar joylashgan. Kiprikchalarning har birida bazal tanacha joylashgan. Va himoya vazifasini bajaruvchi trixoxsistalar pellikulaning ostida tayoqcha shaklda bo'lib ta'sirlanganda pellikuladagi teshikchalardan otilib chiqadi. Tufelka endoplazmasida ikkita yadro joylashgan. Makronukleus moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Mikronukleus jinsiy va irsiy xromasomlarni saqlaydi. Infuzoriyaning jinssiz ko'payishi ko'ndalangiga 2 ga bo'linish orqali ya'ni dastlab mikronukleus so'ng makronukleus va protoplazma ham ko'ndalangiga ikkiga bo'linadi. Harorat va ozuqa yetarli bo'lsa har bir infuzoriya 2 marta bo'linib 4 ta infuzoriyani hosil qiladi. Keyin ular jinsiy ko'payishi ya'ni konyugatsiya sodir bo'ladi. Ikkala infuzoriyadagi peristom tomonlari yaqinlashishi va pellikulani erishi natijasida protoplazmatik ko'prichka shakllanadi va makronukleus mayda bo'laklarga bo'linib so'rilishi, mikronukleusning 2 marta mitoz bo'linishi orqali hosil bo'lgan yadrochalarning 3 tasi so'rilib ketadi. Qolgan bittasi esa o'z navbatida 2 ga bo'linib shuning bittasi harakatlanmaydigan statsianar, harakatlanadigan migratsiondir. Ular o'rtasidagi yadrolar almashganidan so'ng yangi yadrolar boshqa yadro bilan qo'shilishi ya'ni sinkarion yadroni hosil bo'lishi bilan tugallanadi. Keyinchalik esa hosil bo'lgan yadro 3 marta bo'linishi natijasida 8 ta yadroning 4 tasi mikronukleus qolgan 4 tasi makronukleuslar shakllanadi. Spiral kipriklilar kenja sinfi. Bu ham o'z navbatida qorin kipriklilar, kam kipriklilar, har xil kipriklilar turkumlariga bo'linadi. Qorin kipriklilar chuchuk suvlarda va dengizda hayot kechiradilar. Qorin qismidagi kipriklari birlashgan bo'ladi. Har xil kipriklilar esa juda yirik bo'ladi boshqalariga nisbatan. Og'iz atrofidan tashqari barcha kipriklari bir xil xisoblanadi. Kam kipriklilarda esa kipriklar nomidan ma'lum kam. Ko'pchiligi dengizda uchraydi. To'garak kipriklilar esa o'troq, bakteriyalar ozuqasidir. Kipriklar 3 qator bo'lib joylashgan og'iz atrofida. 2 ta turkum daydib yuruvchi va o'troq yashovchiga bo'linadi. Download 9.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling