Ing. Lift koʻtarmoq odamlar va yuklarni
Download 132.92 Kb.
|
lift
LIFT (ing. Lift — koʻtarmoq) — odamlar va yuklarni vertikal yoʻnalish boʻyicha tashish uchun moʻljallangan kabinali muqim (statsionar) koʻtarish mashinasi. Kabinani harakatlantirish usuliga koʻra, mexanik, gidravlik va pnevmatik xillarga boʻlinadi. Elektr yordamida kanatli chigʻir bilan koʻtarib tushiruvchi mexanik Lift eng keng tarqalgan. Lift blokli chigʻir, yoʻnaltirgich boʻylab harakatlantiruvchi kabina va posangidan iborat. Lift chigʻirining joylashishiga koʻra, pastda va yuqorida joylashadigan; xavfsizlikni taʼminlash qurilmasiga koʻra, kabinasi polistplastli yoki bevosita osmali, posangili va b. ; harakatlanishiga koʻra, sekin (1m/ sek), tez (1,5 m/sek) va juda tez (3,5 m/ sek va undan ortiq) harakatlanadigan xillari bor. Kanatlarga osilgan kabina tik shaxtada harakatlanadi. Sirpanma va rolikli boshmoqlar kabinani vertikal vaziyatda tutib turadi. Kabina harakatlanganda boshmoqlar shaxta devoriga qoʻzgʻalmas qilib mahkamlangan yoʻnaltirgichlarda siljiydi. Xavfsizlikni taʼminlash uchun kabina va posangilar kamida 2 kanatga osiladi. Liftning xavfsiz ishlashini taʼminlash uchun kabinani ushlab qoluvchi va tezlikni cheklovchi qurilmalar oʻrnatiladi. Bu qurilmalar tezlik moʻljaldan bir oz oshganda, kanat uzilganda yoki boʻshab qolganda ishga tushadi. Lift yorugʻlik va tovush signaliza-siyasi va b. qurilmalar b-n jihozla-nadi. Koʻpgina Liftlar ichki buyruq va tashqi chaqiriq tugmacha (knopka) lari orqali boshqariladi. Yoʻlovchi maʼlum qavatdagi chaqiriq tugmachasini bosib Liftni «chaqiradi». L. kabinasiga kirgach, oʻziga kerakli qavatga oid tugmachani bosib, Liftga «buyruq» beradi. Liftning boshqarish apparatlari va koʻtarish mexanizmi mashinaxonada joylashgan. Gidravlik «suzib yuruvchi» L. da kabina germetik shaxtaga nasos yordamida haydaladigan suv yordamida koʻtariladi. Pnevmatik Liftda kabina shaxtada hosil qilinadigan havo bosimi yordamida koʻtariladi. Bulardan tashqari, uzluksiz ishlaydigan koʻtargichlar ham bor. Bunday Liftning har qaysi kabinasi uzluksiz zanjir zvenosi sifatida boʻlib, zanjirning bir qismi tushib, ikkinchi qismi koʻtariladi; bunda shaxtaning kirish eshigi doimo ochiq boʻladi. Uning tezligi (0,3 m/sek) harakatlanayotgan kabinaga kirish va chiqishga imkon beradi. Liftning oʻtmishdoshi mil. av. 1-a. da Rimda qurilgan. Shundan soʻng 6-a. da Misrda, 13-a. da Fransiyada, 18-a. da Rossiyada, 19-a. da Germaniyada qurilgan. Oʻzbekistonda ham liftsozlik sa-noati mavjud. 1969-y. Samarqand sh. da liftlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan z-d qurilgan (q. «Samarqand liftsozlik zavodi» aksiyadorlik jamiyati). Zamonaviy Lift avtomatik muhofaza va blokirovka vositalari, yorugʻlik signalizatsiyasi, telefon aloqasi, dispetcherlik xizmati apparaturasi bilan taʼminlanadi. Odam tashiydigan Liftga 20 kishigacha yoʻlovchi sigadi, u 150 m gacha balandlikka koʻtarila oladi, tezligi 7,0 m/sek gacha, yuk tashiydigan Lift 5 t gacha yukni 200 m gacha (baʼzi magazin L. larida 10 t gacha yukni 45 m gacha) balandlikka koʻtara oladi, tezligi 2,5 m/sek gacha yetadi (2003). Lift turar joylar, jamoat va sanoat korxonalari binolariga, teleminoralar va b. ga Download 132.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling