Ingenerlik geodeziyasi


Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/81
Sana18.11.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1785691
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
Bog'liq
Ingenerlik geodeziyasi

gorizontal burchak
deyiladi. Joydagi VA va VS chiziqlar bilan M tekislik orasidagi v
1
va v
2
burchaklar 
vertikal (qiyalik) burchaklar bo`ladi. Gorizontal va vertikal burchaklarni o`lchash 
uchun teodolit qo`llaniladi.
48-rasm. Gorizontal burchakni o`lchash:  
a - prinstipi; b - sxemasi, v- O punktidagi yo`nalishlar  
  
Teodolit shtativga (47-rasm, d) o`rnatkich vint yordamida mahkamlanadi. 
O`rnatkich vint ilmog`iga teodolitni nuqta ustida markazlashtirish uchun shovun 
ilinadi.
Teodolitda gorizontal tekislik vazifasini daraja bo`laklarga bo`lingan va 
yozuvlari soat mili yo`li bo`yicha O dan 360° bo`lgan gorizontal doira - limb bajaradi 
(48-rasm, b). Shtativga o`rnatilgan teodolit limbi doirasi markazi V nuqtadan o`tuvchi 
shovun chizig`ida yotqiziladi. Qo`zg`almas limb ustida VA va VS chiziqlar 
yo`nalishlarining proekstiyalaridan sanoq olish uchun markazi V nuqtadan o`tuvchi 
alidada doirasi bor. Alidada doirasidan sanoq shtrix yoki shkala ko`rinishidagi 
mikroskopdan olinadi. Teodolitning ko`rish trubasi yo`nalishlarni gorizontal M 
tekislikka 
1
va 
2
vertikal tekisliklar bo`yicha proekstiyalaydi. β burchakni o`lchash 
uchun ko`rish trubasi undagi A nuqtaga yo`naltiriladi va limbdan oa sanoq olinadi. 
So`ngra alidada bo`shatilib, ko`rish trubasi chapdagi S nuqtaga yo`naltiriladi va os 
sanoq olinadi. Sanoqlar farqi gorizontal β burchak qiymatga teng bo`ladi:


8
8
oa oc
(1)  
Sanoq olish moslamalari. Texnik teodolitlarda limb bo`laklari har 1
0
dan 
yoziladi, limbdan sanoqlar shtrixli yoki shkalali mikroskopdan olinadi. 12, rasmda 
2T30P optik teodolit shtrixli mikroskopining ko`rish maydoni keltirilgan. Ko`rish 
maydonining V harfi bilan belgilangan yuqori qismida vertikal doira shtrixi, G harfi 
bilan belgilangan pastki qismida esa gorizontal doira shtrixi ko`rsatilgan, yozilgan 
shtrixlar orasi 10' li oltita bo`lakka bo`lingan. Ular orasidagi shtrixlar bo`lgan minutlar 
sanog`i ko`z bilan chamalab olinadi. 2T30P teodolitlarida gorizontal va vertikal 
doiralari limb bo`laklari 1
0
ga teng. Limb bo`lagi qismi uzunligi limb bir bo`lagiga teng 
bo`lgan 60' li shkala yordamida olinadi (49-rasm). Shkala 12 bo`lakka bo`lingani uchun 
uning bir bo`lagi 5'. Bo`lak qiymati ko`zda gorizontal yoki vertikal holatga keltirish 
uchun stilindrik va chamalab 0,5' aniqlik bilan baholanadi.
49-rasm. Sanoq olish moslamalari:  
shkalali mikroskop 2T30P, V -1°23', G 25°17';  
49-rasmda gorizontal doiradan sanoq 25°17'. 2T30P teodoliti vertikal doirasi 
shkalasi ikki qator raqamlarga ega. Yuqori qatordagi raqamlar musbat bo`ladi. 
Sanoqlar noldan (chapdan o`ngga) ortib boradi. Pastki qatorda bo`laklar manfiy 
ishorali bo`ladi. Agar sanoq musbat ishorali limb shtrixidan olinsa, yuqoridagi 
shkaladan foydalaniladi. Agar pastki manfiy belgili shtrixdan olinsa, sanoq pastki 
shkaladan olinadi. 49rasmda vertikal doira limbidagi sanoq - 1°23'.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling