Ingliz burjua urishi Reja: Ingliz burjua inqilobi


Download 63.5 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1600685
1   2
Bog'liq
Ingliz burjua urishi

Ingliz inqilobi (17-asr) — Yevropa miqyosidagi birinchi inqilob. Puritanizm mustabid tuzumga inqilobiy muxolifatning gʻoyaviy bayrogʻi, uning tashkiliy shakli esa — parlament boʻlib qoldi. Charles I tomonidan 1640-yil chaqirilgan parlament tarafdorlari bilan royalistlar oʻrtasidagi 1-fuqarolar urushi (1642—46) va 2-fuqarolar urushi (1648) davomida Oliver Cromwell tashkil etgan parlament armiyasi Charles I Styuartning qirollik armiyasiga Neyzbi (1645) va Preston (1648) da hal qiluvchi zarba berib, tor-mor etdi. 1649-yil qirol qatl etilib, respublika eʼlon qilindi. 1653-yil harbiy diktatura — Kromvel protektorata oʻrnatildi. 1660-yil Styuartlar inqilobning asosiy yutuklari (shu jumladan, feodal yer egaligini amalda burjua yer egaligiga aylantirilishi)ni tan olishga rozi boʻlgach, ular hokimiyati tiklandi. 1688—1689-yillardagi davlat toʻntarishi („Shonli inqilob“) burjuaziyaning davlat hokimiyatidagi mavqeini mustahkamladi.

Angliya XVII asrning o`rtalariga kelib agrar mamlakat edi. Axolining ko`pchiligi qishloqlarda yashar va qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanardi. Iqtisodiyotda o`rta asr tartiblari saqlanib qolingan bo`lsa ham, ular anchagina yemirilgan edi. Dvoryanlar tabaqasida ham o`zgarishlar ro`y berdi. Ko`plab dvoryanlar savdo, tijorat, sanoat kabi sohalarga sarmoyalarini kiritdilar. Shunday kilib yangi dvoryanlar qatlami o`sib bordi va kuchaydi.Ishlab chiqarishning o`sishi savdo soxasiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Ichki iqtisodiy aloqalarning kengayishi mamlakat ichki bozorining sig`imini oshirdi.


Tashqi savdo muvaffaqiyatli rivojlandi va ulkan daromadlar keltirar edi. Yirik savdo kompaniyalari vujudga keldi: Ost-Indiya kompaniyasi London — Virginiya va Plimut — Virginiya kompaniyalari , Angliya turli yo`nalishlarda —Irlandiya, Xindiston, Amerika, Afrika — mustamlakachilik ekspansiyasini olib bordi.
XVII asrning 40 —chi yillariga kelib Angliya absolyut monarxiya davlati edi. Parlament tabaqaviy tizimga ega edi. Manufakturachilar, savdogarlar, yangi dvoryanlar siyosatda ularning manfaatlari inobatga olishni talab qila boshladilar. Lekin absolyutizmning ko`plab cheklashlar bilan olib borgan siyosati bu doiralarning tadbirkorligiga to`sqinlik qilar edi.
Absolyutizmga qarshi kayfiyatlar parlamentda — uning kuyi palatasida kuchayib bordi. Aynan jamoalar palatasida (yoki umum palata) iqtisodiy yuksalgan djentri (yangi dvoryanlar) o`z manfaatlarini mujassam etardi. Lordlar palatasi umuman absolyutizm tayanchi edi.
Ijtimoiy — iqtisodiy va siyosiy siljishlar puritanizmning keng tarqalishi bilan bir paytda bo`lib o`tardi. Puritanizm davlat anglikan cherkoviga qarshi chiqar edi. Iqtisodiyotdagi yangicha munosabatlarning o`sishiga asosiy to`siq— absolyutizm edi.Ijtimoiy, siyosiy va diniy ziddiyatlar to`planib bordi va inqilobiy portlashni muqarrar qilib qo`ydi.
Parlamentdagi muxolifat tadbirkorlik erkinligini ochiq talab qila boshladi. Absolyutizm namoyondalari Styuartlar sulolasidan bo`lmish Yakov I (1603-1625) va Karl I (1625- 1649) o`z ichki va tashki siyosatini djentri va savdo —sanoat doiralarning manfaatlariga zid olib borardilar. Moliyaviy soxada ko`plab soliqlar va to`lovlarning kiritilishi, diniy va tashqi siyosiy soxalarda Ispaniya, Fransiya kabi katolik davlatlari bilan yaqinlashuv va puritanizmni ta`qib kilish mamlakatda noroziliklarning kuchayishiga olib keldi.Muxolifat qiroldan parlament bilan «birgalikda va muvofik» xolda mamlakatni boshqarishni talab qilardi. Styuartlar esa absolyutizmning mustaxkamlanishiga va parlamentdan mustakillikga intilardi.11 yillik parlamentsiz boshqaruv (1629—1640) repressiyalar siyosati bilan ifodalandi.
Vaziyatni keskinlashuviga Shotlandiya bilan bog`liq voqealar sabab bo`ldi. Shotlandiya Angliya bilan Styuartlar sulolasi shaxsiy uniyasi orqali boshqarilar edi. Shu sababli, Karl I 1640 yil aprelida parlamentni chaqirishga majbur bo`ldi. Lekin parlament Shotlandiyaga qarshi diniy urushga mablag` ajratishni rad etdi. Natijada uch xaftadan so`ng qisqa parlament nomini olgan parlament tarqatib yuborildi. Shotlandiyaliklarning xujumi 1640 yil noyabrida absolyutizmning axvolini yanada keskinlashtirdi. Qirol yana parlamentni chaqirishga majbur bo`ldi. Itoatsiz parlament o`zini doimiy faoliyat ko`rsatuvchi deb e`lon qilib, 1653 yilgacha ish olib bordi. Bu voqealar parlamentning qirolga ochik bo`ysunmasligi va ingliz inqilobining boshlanishi edi.
Boshlanib ketgan inqilobda ikki lager to`qnashdi. Agar inqilobiy lagerga axolining turli katlamlari kirgan bo`lsa, feodal — absolyutistik lagerga asosan qirol atrofida to`plangan saroy zodagonlari, konservativ dvoryanlar va anglikan (ingliz) cherkovining ruxoniylari kirdi.Uzoq parlamentda yangi dvoryanlar yetakchisi djentridan chiqqan Dj.Pim edi.Axolining turli qatlamlari parlamentni qo`llab — quvvatlardi. O`z navbatida parlament mamlakatdagi oliy xokimiyatni — xam qonunchilik, xam ijroyani asta — sekinlik bilan o`z qo`liga oldi.Parlament tomonidan amalga oshirilgan o`zgarishlar yakdillik bilan qabul qilindi. Lekin keyinchalik bu yakdillik yo`qola boshladi. Ko`pchilikning qarshiligiga qaramasdan 1641 yil noyabridagi «Buyuk remonstratsiya» xujjatiga ko`ra Angliya konstitutsion monarxiya deb e`lon qilindi. Qirol «remonstratsiyani» imzolashdan bosh tortdi va aksilinqilobiy to`ntarish uyushtirmoqchi bo`ldi. Londonga yetib kelgan minglab xalq ommalari parlamentni saqlab qoldilar. 1642 yil yanvarida qirol tarafdorlari shimolga jo`nab ketdi va parlamentga urush e`lon qildi.1642—1647yillarda fuqarolar urushi bo`lib o`tdi.Urushdagi burilish parlamentdagi radikal kamchilik — independentlar faoliyati bilan bog`liq. Independentlar yetakchisi Oliver Kromvel (1599—1658) boshchiligida yangi turdagi inqilobiy armiya tuzildi. Bu armiya 1644 yildan boshlab royalistlarni mag`lub qila boshladi. Xal kiluvchi jang 1645 yil iyun oyida Neyzbi yonida bo`lib o`tdi va bu jangda royalistlar mag`lub bo`lishdi. 1646 yilning yozida qirol taslim bo`ldi va shotlandiyaliklar yoniga qochib ketdi. Lekin shotlandiyaliklar uni pul evaziga parlamentga topshirishdi. 1647 yil martida royalistlarning oxirgi tayanch nuqtalari quladi .Uzoq parlamentda ko`pchilikni tashkil qilgan Konstitutsion monarxist presviterianlar va armiyani o`z nazoratida ushlab turgan independentlar o`rtasida chuqur ziddiyatlar paydo bo`ldi.
O`sha davrda siyosiy saxnada yana bir siyosiy oqim paydo bo`ldi —bu levellerlar edi. Bu okimga Djon Lilbern (1614—1657) rahbarlik qildi. Levellerlarning siyosiy qarashlari «Xalq bitimi» deb nom olgan dasturda o`z ifodasini topdi.
1647 yili parlament va armiya o`rtasidagi ziddiyatlar
yanada keskinlashdi. Faqatgina royalistlarning bosh ko`tarishi bu ichki
kurashni to`xtatib turdi .Karl Styuart independentlar xukumronligidan norozi bo`lgan shotlandiyaliklar bilan til biriktirib, ikkinchi fuqarolar urushini boshladi. Royalistlar qo`shinlari butun mamlakat bo`ylab — janubda, sharqda va g`arbda xarakatga kelishdi. Shotland armiyasi esa shimolni o`z nazoratiga oldi.
General Ferfaks va Kromvel qo`mondonligidagi qo`shinlar royalistlarga qarshi chiqishdi. Fuqarolar urushi 1648 fevralida boshlandi. O`sha yilning avgustida Preston yonida inqilobchilar kuchlari royalistlar va shotlandiyaliklarni batamom tor — mor qildilar. Dekabrda Londonga qaytib kelgan armiya va independentlar parlamentni qurshab oldilar. Parlamentni presviterianlardan tozalash polkovnik Praydga topshirildi.«Prayd tozalashi» natijasida deyarli barcha presviterianlar parlamentdan xaydab chikarildi.
Demokratik kuchlar va levellerlar bosimi ostida qirol ustidan sud qilish qarori qabul qilindi (1648 y. 23 dekabr). Tashkil qilingan tribunal Karl Styuartni o`limga maxkum etdi (Qirol 1649 y. 30 yanvarda qatl etildi). Quyi palata mamlakatning «oliy xokimiyati» deb e`lon qilindi. 1649 yil 19 mayda Angliya respublika deb e`lon qilindi. 1649—1653 yillarda Angliyani independentlar boshqardilar. Yangi konstitutsiyaga asosan qonunchilik xokimiyati bir palatali parlament qo`lida edi. Ijroya
xokimiyatni Davlat Kengashi amalga oshirar edi.
Independentlar demokratik o`zgarishlarni chukurlashtirmadilar. Shuning uchun respublika demokratik emas, balki independentlar respublikasi edi. Respublikaning tashqi va ichki siyosati g`olib chikkan tabaqalar (asosan yangi dvoryanlar va savdo —sanoat doiralari) manfaatlarini ko`zlab yuritilar edi.
Qirolning qatl kiliniishdan so`ng royalistlarning xarakatlari kuchaydi. Lekin Kromvel bu chiqishlarni muvaffakiyatli bostirar edi.
1649—1652 yillarda ingliz armiyasi Irlandiya va Shotlandiyani bo`ysundirish maqsadida ushbu mamlakatlarga jazo yurishlari o`tkazdi.
1653 yilga kelib parlament va armiya qo`mondonligi o`rtasida ziddiyatlar kelib chiqdi. Ikki kuch mamlakatda to`la xukmronlikga da`vo qilar edi.Uzoq parlament xalq orasida demokratiyaga qarshi siyosat olib boruvchi tashkilot sifatida gavdalana boshladi. Bundan foydalangan Kromvel 1653 yil 20 aprelda uzoq parlamentning qoldiqlarini tarqatib yubordi. Yangi chaqirilgan kichik parlament tez orada (12 dekabr 1653 y.) o`zini o`zi tarkatish to`g`risida qaror qabul qildi.
1653 yil 16 dekabrda Kromvel respublikaning lord — protektori (ximoyachisi) deb e`lon qilindi. Yangi konstitutsiya — «Boshqaruv quroli» — respublika tashkilotlari parlament va Davlat kengashini saqlab qoldi. Lekin real xokimiyat
Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling