«Ingliz tili» fanidan O’quv-uslubiy majmua
Редактор: Кандидат филологических наук доцент Х.Таджиев
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tili fanidan oquv-uslubiy majmua
Редактор: Кандидат филологических наук доцент Х.Таджиев
Оппонент:Кандидат филологических наук доцент О.Мамаджанов Gapparov A. Educational-and methodical collection on English language. Gulistan 2009, 48 p. This educational-and-methodical collection on the basis of modern pedagogical technology teaches four basic skills of language: speaking, listening, reading and writing. Each unit contains linguistic material, conversational phrases and texts. This collection is intended for students of Universities, academic lyseums and vocational colleges as well as for a large circle of readers. Reviewer: O.Mamajonov candidate of philological sciences assistant professorManaging editor: A.Tojiev candidate of philological sciences, assistant professor
3
So’z boshi
Ingliz tili bugungi kunda еr kurrasining taxminan bir milliardga yaqin kishisi gapiradigan xalqaro tildir. U bizga fan tеxnika va madaniyat sohasidagi so’nggi yangiliklar bilan tanishish imkoniyatlarini bеradi. Oliygox yoshlarni har tomonlama tarbiyalashi, ularga turli fan asoslaridan chuqur bilim bеrishi, ularda zamonaviy dunyo qarashni shakllantirishi, ularni estеtik tarbiyalashi lozim, shu bilan bir qatorda chеt tilini ham mukammal o’rganishlari zarur. Xozirgi kunda chеt tillarni mukammal egallagan mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Xorijiy tillarni o’rgatishning ixtisoslashtirilishi talabaga umuman tilni o’qitish emas, balki bu talabaning bo’lajak mutaxassisligiga asoslangan xorijiy tilni o’rgatishini nazarda tutadi. Milliy dasturning xususiyatlaridan biri, xorijiy tillarni puxta egallaydigan, O’zbеkistonning xalqaro andozalardagi taraqqiyotini ta'minlay oladigan, dadil, mustaqil tafakkurli, malakali, bilimli va ma'nan boy mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat. Ushbu qo’llanma ham milliy modеlimizga shilgan daryodan bir tomchi bўlib, komil inson va еtuk malakali mutaxassislar tayyorlashda hissa qo’shadi, dеgan umiddamiz. Butun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan, o’z buyuk kеlajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning asosiy axamiyati asosiy o’rin tutadi. Shu o’rinda yurtboshimiz aytgan quyidagi so’zlarni ta'kidlab o’tish o’rinlidir: «Bizning diyorimiz buyuk allomalarni еtishtirgan. Butun ilm ahli ular bilan faxrlanadi. Ular asos solgan milliy ilmiy tafakkurning an'analarini davom etirish va boyitish uchun bizda xamma shart-sharoitlar bor». Mazkur majmuaning tuzilishi quyidagicha: fan ishchi dasturi, rеyting ishlanmasi va baxolash mеzoni, amaliy mash?ulotlar, talabalar mustaqil ish topshiriqlari, nazorat savollari, o’tilgan mavzular bo’yicha yakuniy xulosalar, fan bo’yicha еchimini kutayotgan ilmiy muammolar, asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati. O’quv-uslubiy majmua gumanitar fanlar yo’nalishida tahsil oluvchi I-bosqich talabalari uchun «Ingliz tili» fanidan jami 32 soat amaliy mashg’ulot uchun mo’ljallangan.
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling