1.2. Of predlogi one of, some of va boshqa so'z birikmalari to’g’risida
34
Of predlogi one of, some of va boshqa so'z birikmalarida.
Of predlogi ma’lum predmetlar orasidan (miqdoridan) manosida one, two,
five va hokazo sonlaridan, which so'roq olmoshi va many, few, little, some, any
gumon olmoshlaridan so'ng ishlatilishi mumkin, shuning uchun bu predmetlarni
ifodalovchi otlar albatla doim ko'plikda bo'lib aniq artikl, egalik va ko'rsatish
olmoshlari bilan keladi.
many of the students talabalardan ko'plari
one of your books kitoblaringizdan biri
some of these mistakes bu xatolardan ba'zilari
Ko'plikdagi ot o'rniga kishilik olmoshining ko'plikdagi ob'ekt kelishigi
shakllari us, you, them kelishi ham mumkin
which of you qaysi biringiz
five of us beshtamiz
one of them ulardan bittasi
Ba'zan bu so'z birikmalari -dan qo'shimchasisiz tarjima qilinadi
any of Gogol's books Gogolning istalgan (har qanday) kitobi
a lot of his time o'zining ko'p vaqtini
Do'stlaringiz bilan baham: