Ingliz tili va adabiyoti


Download 5.94 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.94 Kb.
#1574453
Bog'liq
TAVSIFNOMA PRAKTIKA (2)




Navoiy viloyati Navoiy shahri 8- umumiy o’rta ta’lim maktabi tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti “Ingliz tili va adabiyoti” fakulteti 3- kurs 307-guruh amaliyotchisi Ibragimova Laylo Kamol qiziga berilgan
T A V S I F N O M A
Ibragimova Laylo Kamol qizi 2022-yilning 12-sentabrdan 2023-yilning 25-may kunlari Navoiy shahar 8- umumiy o’rta ta’lim maktabida ingliz tili fanidan 2022 yil 22-iyundagi 228-AFO sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida amaliyotga jalb qilindi. Amaliyotni o’tash uchun maktabdan amaliyot rahbari Otaqulova .V ga biriktirildi.
Amaliyotchi Ibragimova Laylo Kamol qizi shu belgilangan kunlarda 5-A,B,D sinflardagi darslarni tinglovchi sifatida o’tilish jarayonlarini, tashkiliy qismlarini, yangi mavzu bayonlarini, uyga vazifalarni tekshirishni, o’quvchi va o’qituvchi orasidagi mavzudan kelib chiqib qanday qilib psixologik iqlim yaratishni, kundalik.com va o’quvchi aylanma daftarlarini tekshirishni kuzatdi va o’zlashtirdi. Amaliyotchiga maktabda 45 minutlik darslar qanday tashkil qilinishi, muomala madaniyati, darslarda o’zini qanday tutishi, kiyinish odobi, o’z ustida fani bo’yicha tinimsiz izlanishlari uqtirildi.
Amaliyot davomida bo’lajak o’qituvchi har bir darsiga tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar bilan o’quvchini darsga jalb qilishini va darslarni maqsad va vazifalariga qarab innovatsion texnologiyalardan qanday foydalanish kerakligini o’rgandi.
Amaliyotchi Ibragimova Laylo Kamol qizi deyarli bir yil davomida nafaqat ingliz tili, hatto boshqa fan o’qituvchilarni darslariga kirib ham o’qitish metodikalarini o’rganishga harakat qildi. Amaliyotchi darslarni diqqat bilan kuzatdi va kuzatish jarayonida o’ylaymanki o’ziga kerakli bo’lgan bilim va ko’nikmalarni egalladi.
Kelajakda amaliyotchi Ibragimova Laylo Kamol qizi mavzu va g’oyalari bilan yetuk komil o’quvchilarni tarbiyalashda va o’z sohasini tajribali mutaxassisi bo’lib yetishib chiqishiga ishonch bildiramiz.
Maktab direktori: ___________ __________________
O’IBDO’: ___________ __________________


BR: ___________ ______________
Download 5.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling