Ingliz tilida so‘z birikmalari va ularning turlari s. Namozova, Qardu magistranti
Download 78.63 Kb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilida soz birikmalari va ularning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ingliz tilida so‘z birikmalarining tutgan o‘rni
INGLIZ TILIDA SO‘Z BIRIKMALARI VA ULARNING TURLARI S.Namozova, QarDU magistranti Sintaksis tadqiq qiladigan asosiy birliklar so‘z birikmalari va gaplardir. So‘z birikmasi – semantik va strukturaviy jihatdan bir-birini taqozo qiladigan kamida ikkita mustaqil so‘zlarning birikishidan hosil bo‘lgan birlik. Ingliz tilida so‘z birikmalarining quyidagi turlari bor: 1) teng bog‘langan: Nick and Jack, boy and girl, the sun and the moon; 2) tobe bog‘langan: beautiful girl, good doctor, politially active; 3) predikativli: Nick’s singing, him to sing, him changed, it being dark. So‘z birikmalari o‘zaro sindetik va asindetik bog‘lanishi mumkin. Sindetik bog‘lanish deganda biz, bog‘lovchilar orqali bog‘lanishni tushunamiz (everybody but him, he and she, neither Jack nor Nick), asindetik bog‘lanish deganda esa, hech qanday qo‘shimchalarsiz bog‘lanishni tushunamiz (handsome boy, Nick the singer, King Arthur). Ingliz tilida so‘z birikmalarining tutgan o‘rni So‘zlar bir-biri bilan ikki xil bog‘lanadi: 1. Teng bog‘lanish. 2. Tobe bog‘lanish. Teng bog‘lanish: bunda bir so‘z boshqasiga to‘be bo‘lmaydi, bir-biri bilan sanash ohangi yoki teng bog‘lovchilar bilan bog‘lanadi. Masalan: Ertalab madrasa yonida bolalar, ayollar to‘planishdi – The children, women collected at the traditional Islomic school in the morning. Ushbu gapda children, women teng bog‘lanishga misol bo‘ladi. Qo‘yidagi gaplar teng bog‘lanishga misol bo‘ladi. I saw a pen and a pencil on the table. (Men stolda ruchka va qalamni ko‘rdim). He bought apples, apricots, bananas yesterday (U kecha olmalar, o‘riklar, bananlar oldi). Tobe bog‘lanish: bunda bir so‘z boshqasiga tobe bo‘ladi: To‘belikning asosiy belgisi bir so‘z boshqa so‘zni izohlab keladi, bir-biriga to‘be bog‘langan so‘zlar so‘z birikmasini tashkil qiladi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning ma’no grammatik va ohang juhatdan birining boshqasiga to‘be bo‘lib bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi. So‘z birikmasining tarkibida hokimi va to‘be so‘zlar farqlanadi, so‘z birikmasida ma’nosi izohlanayotgan, to‘ldirayotgan so‘z tobe so‘z hisoblanadi. So‘roq hamma vaqt hokim so‘zga qarab beriladi, so‘roqqa javob bo‘lgan so‘z to‘be so‘z hisoblanadi: a beautiful girl-chiroyli qiz (qanday qiz?). Hokim so‘z ot, sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi. Masalan: А high building-baland bino; All the children-barcha bolalar; A beautiful girl-chiroyli qiz. Hokim so‘z fe’lning ravishdosh va harakat nomi shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi. So‘z birikmasi zanjiri deb ba’zan gap tarkibidagi so‘z bir so‘zga nisbatan hokim, boshqa so‘zga nisbatan to‘be holatda bo‘lishi yoki bir hokim so‘z, bir necha to‘be so‘zga, bir to‘be so‘z bir necha hokim so‘zga bog‘langan bo‘lishi mumkin. So‘z birikmalarining bu tarzdagi holati so‘z birikmasi zanjiri deb ataladi. Download 78.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling