Ingliz tilidan o‘zbek tiliga so‘z birikmalar tarjimasida leksik kompressiyadan foydalanish
Download 68 Kb.
|
MUBINA MAQOLA
So‘z birikmasi va so‘z
So‘z narsa, belgi, shaxs, ish harakatni umumiy ifodalash uchun xizmat qiladi, “a book” degan “kitob”ni tushunamiz, “to go” deganda “bormoq”likni tushunamiz. So‘z birikmasi ham narsa, belgi, ish harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so‘zga o‘xshab ketadi, ammo so‘z birikmasi narsa, belgi, ish harakatni boshqa narsa, belgi, ish harakatdan ajratib aniqroq qilib ifodalaydi. A pupil-a clever pupil-aqlli o‘quvchi; A girl-a beautiful girl-chiroyli qiz. Ayniqsa, so‘z birikmasini qo‘shma so‘zdan farqlash kerak. Ular quyidagilar: So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro ma’no mustaqilligini saqlaydi, qo‘shma so‘z qismlari esa ma’no mustaqilligini yo‘qotgan bo‘ladi. Qiyoslaganda esa, so‘z birikmasining tarkibidagi so‘zlarni o‘zaro almashtirish mumkin, iborada bunday bo‘lmaydi: Children’s book-the book of children; The father’s coat-the coat of the father; The boy’s bag-the bag of the boy; So‘z birikma va ibora quyidagicha farqlanadi.
So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘lib, kamida ikkita tushunchani bildiradi. Ibora tarkibidagi so‘zlar esa bir tushunchanigina ifodalash uchun birlashib, yaxlitlanib qolgan. Ibora ma’no jihatdan bir so‘zga teng, ajralmas holatga kelib qolgan birliklar. Shuning uchun uni lug‘atlarda so‘zlar qatorida berish mumkin. Uning tarkibidagi so‘zlarning hokim yoki tobe birliklarga ajratish mumkin emas. Qiyoslaymiz: a red pen so‘z birikmasi (aniqlovchi-aniqlanmish), good byeibora. So‘z birikmalari lug‘atlarda berilmaydi. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning o‘rnini almashtirish mumkin, iborada bunday qilib bo‘lmaydi: my mother’s dress-the dress ot my motheronamning ko‘ylagi, his friends book-My book of his friend; uning do‘stini kitobi. So‘z birikmasi va gap 1. Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmini bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi. The street is big. So‘z birikmasi esa sanash ohangi bilan aytiladi: A good mind Avval, bosh so‘z keyin keladi: A clever boy-aqlli bola; A big street-katta ko‘cha; A high degree-baland daraja; Agar ular o‘rnini o‘zgartirilsa gap hosil bo‘ladi: the street is big-ko‘cha katta: The boy is clever-bola aqlli; the degree is high-daraja baland. Bitishuvda ergash so‘z vazifasida sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so‘zlar keladi. A red flower-qizil gul. A gold ring-oltin uzuk; Bosh so‘z ot va fe’l so‘z turkumidan bo‘ladi. So‘z birikmasi tahlili: A. Gapdagi so‘z birikmalar aniqlanadi. B. Bosh va ergash so‘zlar aniqlanadi. D. Bosh va ergash so‘zlarning bog‘lanish usuli aniqlanadi. C. So‘z birikmasining bosh so‘z turkumi bo‘yicha turi aniqlanadi. V. So‘z birikmasining tuzilish turi aniqlanadi. 2. Gap bitta so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin va u kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi, so‘z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi: The spring. All the students are hoppy. Ergash so‘z bosh so‘zga qo‘yidagi usullar yordamida birikadi. 1. Moslashuv. Bu bosh so‘z bilan ergash so‘zning shaxs-sonda mosligidir. Bunda bosh va ergash so‘z qaratqich kelishigi hamda egalik qo‘shimchasi yordamida birikadi: qaratqich kelishigi qo‘shimchasi ergash so‘zga, egalik qo‘shimchasi bosh so‘zga (ba’zan ikkalasiga ham) qo‘shiladi. Masalan: my brother’s book-ukaning kitobi, my father’s car-otamning mashinasi, my sister’s dress-singlimning ko‘ylagi; Ega va kesim ham moslashuv usuli yordamida bog‘lanadi. Moslashuvda ba’zan qaratqich kelishigiga yoki egalik qo‘shimchasi tushurilishi mumkin. Our school-bizning maktab. 2. Bitishuv: Ergash so‘zning bosh bilan grammatik vositasiz faqat ma’no jihatdan yo so‘z tarkibi yordamida birikishi bitishuv deyiladi. Bitishuvda doimo ergash so‘zdir.
Аdabiyotlar 1. Hamroyev M.A. Oliy yurtlari uchun qo‘llanma. – T., 2008. – 79-82 b. Kompressiya jarayoni tarjimada ma’lumotni ixchamlash, uni kam so‘zlar bilan ifoda etish va asosiy ma’noni berish bilan ifodalanadi. Masalan: Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinganda sintaktik, lug'aviy va semantik izohlash ro‘y berishi mumkin: 1) Murakkab gapning bir necha oddiy gaplarga bo‘linishi. Misol: I saw the beautiful place where I remembered how I had spent the days with my girl friend there. Men juda chiroyli joy ko‘rdim. Keyin qiz o‘rtog‘im bilan u yerda o‘tkazgan kunlarim yodimga tushdi. 2) Ergash gap o‘miga sifatdosh yoki sifatdoshli qurilmalar ishlatish mumkin. Masalan: The book which was written last year was sold - 0 ‘tgan yili yozilgan kitob sotildi. 3) Sifatdosh yoki sifatdoshli birikmalar o‘miga ot va otli birikmalar. Masalan: A piece o f electric equipment used for cutting into very small pieces- maydalagich yoki go‘sht maydalaydigan. 4) So‘z guruhlari o ‘rniga bitta so‘z va davlatlar yoki tashkilotlar to‘Iiq nomi o‘miga qisqartishlari ishlatiladi. Masalan: The United States o f America involving the use of force - majburiy; 5) Lug‘aviy siqish, ya’ni kam so‘z bilan ifoda etish. Miss. - In particular, attention should be given to the use of appropriate and immediate technology where possible - kerakli va o‘rtacha texnologiyaga e’tibor qaratilishi kerak. 6) Semantik kompressiya; bu jonli otlar o‘miga olmoshlarning ishlatilishidir. Masalan: Tom and John went to the garden - Ular boqqa ketishdi. Ingliz va o‘zbek nutqining bir xil ketishi uchun. Tarjima qilayotgan tilning murakkab gaplarini bir necha oddiy gapga aylantirishdir. Bir tildagi murakkab gapni ikkinchi tilga tarjima qilganda uni oddiy qilib ikkita oddiy gap bilan tarjima qilish mumkin. Tarjimon nutqning asosini tashkil qiluvchi fikrlami anglashi va tarjima qilish davomida ularga yetarlicha urg‘u berishi kerak. Nutqni tushunishning birinchi yo‘li - bu nutqning asosini tashkil etuvchi tushunchalarni aniqlab olish bo‘!sa, ikkinchisi esa o‘sha tushunchalar o‘rtasidagi bogMiqlikni tahlil qilish. Nutq bu gaplar yig‘indisi emas, balki bu gaplar bir-biri bilan ma’lum bir qoidalar bilan bog‘langanligidir va aynan shu bog‘lanish nutqning asosiy mazmunini aniqlab beradi. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling