Injeneriyasi Hujaira injeneriyasi ozuqali muhitda


Download 105.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.09.2023
Hajmi105.25 Kb.
#1676920
Bog'liq
Hujayra injeneriyasi - Vikipediya



Hujayra
injeneriyasi
Hujaira injeneriyasi - ozuqali muhitda
hujayra oʻstirish (hujayra kulturasi),
duragayi va rekons-truksiyasiga
asoslanib, yangi hujayra tipini yaratish
usuli. Hujaira injeneriyasi yagona hujayra
va toʻqimalarni maxsus sunʼiy ozuqali
muhitda oʻstirish bilan bogʻ-liq. Oʻsimlik
hujayra kulturasi murakkab tajriba yoʻli
bilan tashkil qilingan biologik sistema —
qayta differensiatsiyalangan somatik


hujayra boʻlib, ayrim sharoitlarda
oʻsimlikni qayta toʻliq tiklash qobiliyatiga
ega. Hujaira injeneriyasi yordamida har xil
turga (hatto har xil tiplarga) mansub
genomlarni birlashtirish mumkin. Hujaira
injeneriyasi biol., shuningdek,
biotexnologiyada, mas, duragaylar
yordamida tibbiyot va fanning boshqa
sohalari hamda ishlab chiqarishda
foydalaniladigan mono-klonal (bir xil
xususiyatga ega) an-titelolar olishning
koʻpgina nazariy muammolarini hal
qilishda qoʻllanadi. Tor maʼnoda "Hujaira
injeneriyasi" deganda pro-toplastlar
(hujayra qobigʻi yoʻq oʻsimlik hujayrasi)ni
qoʻshish tushuniladi. Hujaira
injeneriyasida duragaylash uchun ota-ona


jinsiy hujayralari (gametalar) emas, balki
oʻsimlikning tana (soma-tik) hujayralari
olinadi va t ukgo sharoiti (organizmdan
tashqari)da qoʻshiladi. Buning uchun
maxsus fermentlar yordamida
hujayraning qattiq polisaxarid poʻstlogʻi
ajratiladi va hosil boʻlgan "ochiq"
hujayralar (protoplastlar) elektr maydoni
taʼsi-rida yoki yopishtiruvchi yuqori mole-
kulali polisaxaridlar yordamida
biriktiriladi.
Protoplastlarni biriktirib somatik
duragaylar olishda oʻsimlik hujayralari va
toʻqimalarini sunʼiy sharoitda, shuningdek,
alohida pro-toplastlarni oʻstirish
usullaridan foydalaniladi. Birinchi usul


yuksak oʻsimliklardan ajratib olingan
hujayra yoki hujayralarning maʼlum
sharoit hamda maxsus ozuqali muhitda
qayta differensiatsiyalanib (toʻqimaga
xos xususiyatlarini yoʻqo-tib) bir hujayrali
organizm kabi yashab, koʻpayishiga
asoslangan. Mana shunday 1p U1(go
sharoitida, uyushmagan holda oʻaish va
koʻpayish bir necha oʻn yillab davom
etishi mumkin. Biroq oʻstirish sharoitini
oʻzgartirish bilan, mas, ozuqali muhitdagi
fitogormonlar miqdorini oʻzgartirib,
hujayralarning uyushgan holda oʻsi-shiga
erishish va ulardan yetuk oʻsimlikolish
mumkin. Bu usullarning af-zalligi
shundaki, probirkada muayyan
organizmdan olingan koʻp millionlab


hujayralar bilan bir vaqtning oʻzida ilmiy
tadqiqot ishlari olib boriladi. muammoni
hal qilishda hujayra oʻrnida oʻsimlikdan
foydalanish esa uzoq mud-dat, koʻp
ishchi kuchi va katta maydon talab qiladi.
Keyingi yillarda alohida protoplastlar
oʻstirish usuli keng rivojlanmoqda. Bunda
fermentativ gidroliz yoʻli bilan hujayra
qobigʻi ajratiladi va juda koʻp miqdorda
oʻsimlikning "ochiq" hujayralari olinadi.
Yuqori molekulyar massaga ega genlar
hamda vektor molekulalar (xoʻjayin
hujayrada mustaqil qayta tiklana olish
xususiyatiga ega DNK molekulasi)
ozuqali eritmadan asta-sekin "ochiq"
hujayra ichiga shimiladi va protoplastlar
yot genlarga ega boʻladi. Protoplastlarni


maʼlum sharoitda oʻstirib, hujayra
qobigʻini qayta tiklash va t \\1yu
sharoitida oʻsayotgan hujayralar singari
oʻstirib, koʻpaytirib koloniyalar,
shuningdek, yetuk oʻsimlik hosil qilinadi.
Hujaira injeneriyasining asosiy usullari:
somatik duragaylash yordamida tabiatda
jin-siy chatishmaydigan, filogenetik
jihatdan bir-biridan uzoq oʻsimlik turlarini
chatishtirish; bir ota yoki onaga taalluqli
butun genlar toʻplami hamda boshqa ota
yo onadan oʻtgan bir nechta
xromosomaga ega assim-metrik
duragaylar olish; bir paytning oʻzida uch
va undan koʻp ota-ona hujayralarini
qoʻshib, duragaylash sistemasini tuzish;


genetik jihatdan otaonaning jami
idiotiplariga ega duragaylar olish;
yadrodan tashqarida, yaʼni sitoplazmada
joylashgan genlar boʻyicha geterozigot
dura-gaylar olish; generativ sistemadagi
biologik nomuvofiqlikni bartaraf qilish;
ota-onalardagi morfogenetik va
gametogenetik anomaliya tufayli
chatishmaydigan formalarni chatishtirish;
har xil epigenetik programmaga ega
hujayralarni du-ragaylash va boshqa
Protoplastlarni qoʻshib, keyin duragay
hujayralarni regeneratsiyalash bilan yetuk
oʻsimliklar olish mumkinligi isbotlandi.
Mas, birinchi marta (1972) tamaki
oʻsimligining somatik hujayralari
chatishtirilgan; shundan beri boshqa


oʻsimliklarda ham somatik duragaylash
(hammasi boʻlib 70 dan ziyod) ishlari
amalga oshirildi. somatik duragaylashda
boshlangʻich ota-ona materiali sifatida
barg mezo-fill hujayralari protoplasti yoki
oʻsimlikning 1p U11go sharoitida oʻsti-
rilayotgan kallus toʻqimalaridan olingan
protoplastdan foydalaniladi. Maqsadga
muvofiq kombinatsiyalarni oddiy jinsiy
chatishtirish yoʻli bilan olish juda
murakkab boʻlgan holda somatik
duragaylash bilan yuksak oʻsimliklar ota-
ona genlarining yangi kom-binatsiyalarini
amalga oshirish imkoniyatlari keng.
1p ULGO sharoitida suyuq ozuqali
muhitda oʻsadigan hujayralarni


suspenzion hujayralar deb qarash va
ularni morfologik, fiziologik, biokimyoviy
va genetik jihatdan tavsiflash mumkin.
Suspenzion hujayralar kul-turasi
qimmatbaho biologik faol moddalar olish
uchun manba hisoblanadi.
Hujayralar kulturasi qishloq xoʻjalik
biotexnologiyasida keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda Hujaira injeneriyasi
boʻyicha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Oʻsimliklar geneti-kasi va eksperimental
biologiyasi institutining molekulyar
genetika va biotexnologiya boʻlimida ilmiy
tadqiqotlar olib boriladi.
Adabiyot


Si dorov V.A., Biotexnologiya ras-teiiy.
Kletochnayaseleksiya, Kiyev, 1990;
raximbayev I.R., Kolumbayeva S.K.,Djo-
kebaye va S.A., Kultura kletok i
kletochnaya injeiyeriya rasteniy,
Almaata, 1992; L uto -va L.A.,
Biotexnologiya vmsshix rasteniy, SPb,
2003.
Sotvoldi Jatayev.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 16-Sentabr 2022, 09:22
da tahrir qilingan.

Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Hujayra_injeneriyasi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Hujayra_injeneriyasi&oldid=
2885063
" dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 105.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling