Injenerlik geologiyasi
Download 10.32 Kb.
|
Muxandislik geologiyasi yakuniy savollar — копия
“Injenerlik geologiyasi” fanidan yakuniy nazorat savollar (Maxmudova SH.J.) 1. Injenerlik geologiyasi fanining rivojlanish tarixi va unga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlari. 2. Geologiya va injenerlik geologiyasi nimani o‘rgatadi? Geologiya fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi? 3. Yerning tuzilishi, ichki va tashqi sferalarga bo‘linishi. Litosfera qanday qismlarga bo‘linadi? 4. Yerning issiqlik rejimi nechta zonaga bo‘linadi, yer haroratining chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishi qanday hisoblarda ishlatiladi? 5. Mineral deb nimaga aytiladi va qanday paydo bo‘ladi? Minerallar fizikaviy xususiyatlari, ximiyaviy tarkibi bo‘yicha qanday sinflarga bo‘linadi? 6. Tog‘ jinsi deb nimaga aytiladi? Hosil bo‘lish sharoitiga qarab tog‘ jinslari qanday turlarga bo‘linadi? Magmatik tog‘ jinslar qanday paydo bo‘ladi? 7. Magmatik tog‘ jinslari qanday struktura va teksturalarga ega? Effuziv, intruziv tog‘ jinslari qanday paydo bo‘ladi? 8. Cho‘kindi tog‘ jinslari qanday paydo bo‘ladi, paydo bo‘lishiga qarab qanday genetik guruhlarga bo‘linadi, qanday yotqiziqlar hosil bo‘ladi? 9. Metamorfik tog‘ jinslari qanday paydo bo‘ladi, Taʼsir etuvchi omillarga qarab metamorfizm qanday guruhlarga bo‘linadi? 10. Tog‘ jinslarining absolyut va nisbiy yoshi qanday aniqlanadi? Geoxronologik jadval nima? 11. Yer osti suvlarining paydo bo‘lish nazariyalari qanday paydo bo‘ladi? Yer osti suvlari yotish sharoitiga qarab necha guruxga bo‘linadi? 12. Yer osti suvlari isteʼmol qilinishi bo‘yicha klassifikatsiyasi. 13. Yer osti suvlarinng fizikaviy va mexanik xossalari. 14. Oqim sarfi deb nimaga aytiladi? Darsi qonuniyati. Cuv o‘tkazmas qatlam gorizontal, oqim qalinliklari o‘zgaruvchan bo‘lganda oqim sarfi qanday aniqlanadi? 15. Suv o‘tkazmas qatlam qiya oqim qalinliklari o‘zgarmas bo‘lganda oqim sarfi qanday aniqlanadi? Bosimli va bosimsiz suvlar qanday suvlar? 16. Tugallangan va tugallanmagan quduqlar deb nimaga aytiladi, ularning debeti qanday aniqlanadi? 17. Grunt deb nimaga aytiladi? Grunt qurilish xossalari bo‘yicha qanday sinflarga, guruxlarga, gurux ichidagi guruxchalarga bo‘linadi? 18. Grunt qanday komponentlardan iborat, tajribalar orqali aniqlanadigan asosiy fizik ko‘rsatgichlari qaysilar? 19. Gruntlarning plastiklik soni qanday ifodalanadi. Plastiklik soniga qarab gilli gruntlar qanday guruhlarga bo‘linadi? 20. Lyossli va lyossimon gruntlar deb qanday gruntlarga aytiladi? 21. Gruntlarni qanday mexanik xossalari aniqlanadi? 22. Sirtqi, ekzogen geologik jarayonlar va ular asosida relefda qanday hodisalar sodir bo‘ladi? (Ko‘chkilar, dars, suffoziya, nurash) 23. Tektonik harakatlar qanday turlarga bo‘linadi? Tog‘ jinslarini dislokatsiyalari nima? 24. Zilzila deb nimaga aytiladi? Burmali, uzilmali dislokatsiyalar qanday shakllarga ega bo‘ladi? 25. Geosinklinal nohiyalar deb nimaga aytiladi? Platformalar deb nimaga aytiladi? 26. Gipotsentrning chuqurligiga qarab yer qimirlashlari necha turlarga bo‘linadi? qanday to‘lqinlar hosil bo‘ladi? 27. Injenerlik geologik qidiruv ishlari nima? Qidiruv va tadqiqot ishlarining turlari, bosqichlari, hajmi. 28. Geologik dala sharoitida bajariladigan ishlar nimalardan iborat, Shurf va skvajinalar nima maqsadda olib boriladi? 29. Burg‘ quduqlar va shurflar orasidagi masofa nimalarga bog‘liq? 30. Geologik qidiruv ishlari necha qismdan iborat va ular asosida bajariladigan ishlar nimalardan iborat? Download 10.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling