Inkapsulyasiya, polimorfizm, vorislik; Obektga yo`naltirilgan dasturlash tushunchasi; Obyektlar trassirovkasi


Download 12.91 Kb.
bet1/4
Sana22.02.2023
Hajmi12.91 Kb.
#1221089
  1   2   3   4
Bog'liq
12-Sinf va obyektlar


MAVZU: OBYEKTGA YO’NALTIRILGAN DASTURLASH ASOSLARI


Reja:

  1. Inkapsulyasiya, polimorfizm, vorislik;

  2. Obektga yo`naltirilgan dasturlash tushunchasi;

  3. Obyektlar trassirovkasi;

  4. Nusxalash konstruktori.



Annotatsiya: Ushbu ma’ruzada obyektga yo’naltirilgan dasturlash tamoyillari (inkapsulyatsiya, polimorfizm, vorislik) haqida ma’lumotlar keltirilgan.


Kalit so’zlar: inkapsulyatsiya, sinf, OYD, konstruktor va destruktro, ro’yxat, manzil, tugun, adres olish &, bo’shatish, ko’rsatkich, inkapsulyatsiya, sinf, OYD, konstruktor va destruktro.


1. Inkapsulyasiya, polimorfizm, vorislik
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OYD) – bu dasturlashga yangi bir yondashuvdir. Hisoblash texnikasining rivojlanishi va yechilayotgan masalalarni tobora murakkablashuvi dasturlashning turli modellarini (paradigmalarini) yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Birinchi kompilyatorlarda (masalan, FORTRAN tili) dasturlashning funksiyalardan foydalanishga asoslangan prosedura modelini qo’llab quvvatlagan. Bu model yordamida dastur tuzuvchi bir nechta ming satrli dasturlarni yozishi mumkin edi. Rivojlanishning keyingi bosqichida dasturlarning strukturali modeli paydo bo’ldi va ALGOL, Pascal va C tillari kompilyatorlarida o’z aksini topdi. Strukturali dasturlashning mohiyati – dasturni o’zaro bog’langan proseduralar (bloklar) va ular qayta ishlaydigan berilganlarning majmuasi deb qarashdan iborat. Ushbu model dastur bloklari keng qo’llashga, GOTO operatoridan imkon qadar kam foydalanishga tayangan va unda dastur tuzuvchi o’n ming satrdan ortiq dasturlarni yarata olgan. Yaratilgan dasturni prosedurali modelga nisbatan sozlash va nazorat qilish oson kechgan.
Murakkab masalalarni yechish uchun dasturlashning yangi uslubiga zarurat paydo bo’ldiki, u OYD modelida amalga oshirildi. OYD modeli bir nechta tayanch konsepsiyalarga asoslanadi.
Berilganlarni abstraksiyalash – berilganlarni yangi turini yaratish imkoniyati bo’lib, bu turlar bilan xuddi berilganlarning tayanch turlari bilan ishlagandek ishlash mumkin. Odatda yangi turlarni berilganlarning abstrakt turi deyiladi, garchi ularni soddaroq qilib “foydalanuvchi tomonidan aniqlangan tur” deb atash mumkin.
Inkapsulyasiya – bu berilganlar va ularni qayta ishlovchi kodni birlashtirish mexanizmidir. Inkapsulyasiya berilganlar va kodni tashqi ta’sirdan saqlash imkonini beradi.

Download 12.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling