Inkilyuziv ta’lim bo’yicha chet el tajribasi – Shvetsariya
Imkoniyati cheklangan bolalar turlari va ularni inklyuziv ta’limga jalb etish
Download 89.61 Kb.
|
Alixonova Adolat
Imkoniyati cheklangan bolalar turlari va ularni inklyuziv ta’limga jalb etish
Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta’lim olishidir. Bunday ta’limning diqqat markazida imkoniyati cheklangan bola turadi. Bunday ta’limning diqqat markazida imkoniyati cheklangan bola turadi. Integratsiya tushunchasi ingliz tilidan olingan bo’lib, “integrative” – qo`shiluvchi, birlashuvchi, “integratsion” – qo`shilish, birlashish degan ma’nolarni anglatadi. Inklyuziv ta’lim esa integratsiyani o`z ichiga oladi. Demak, barcha bolalarning ehtiyojlarini hisobga oladigan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi inklyuziv ta’lim deyiladi. Inklyuziv ta’limning ijtimoiylashuvida nogiron bo`lgan hamda sog`lom bolalar o`rtasidagi o`zaro aloqa va munosabat ko`zda tutiladi. Har bir imkoniyati cheklangan bolani umumta’lim muassasalariga da’vat qilinganda bolada qo`rquv yuzaga keladi. Sababi shunda-ki, ular alohidalikka o`rganib qolishgan. Ya’ni o`z tengdoshlari bilan munosabatga kirishishdan cho`chiydi. 2. Inklyuziv ta’limning ijtimoiylashuvi Imkoniyati cheklangan bolalar umumta’lim maktabi ijtimoiy muhitiga olib kirilganda bolada sekin astalik bilan o`ziga bo`lgan ishonch va motivatsion tuyg`ular paydo bo`ladi. Imkoniyati cheklangan bolalar umumta’lim maktabi ijtimoiy muhitiga olib kirilganda bolada sekin astalik bilan o`ziga bo`lgan ishonch va motivatsion tuyg`ular paydo bo`ladi. Uyda ta’lim olayotgan aqliy jihatdan umumta;lim muassasalariga layoqatli bo`lgan, biroq tayanch-harakat a’zolarida muammosi bor, zaif eshituvchi, zaif ko`ruvchi o`quvchilarni o`ziga jalb etishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sababi, ular boshqa sezgi a’zolari orqali pedagog beradigan ma’lumotlarning ma’lum qismini o`zlashtiradi. Bu esa tengdoshlari orasida o`zining munosib o`rnini topishiga va kichik bo’lsa ham, yutuqlarga erishishiga, bora-bora hayotda o`z yo`lini topishiga ko`mak beradi. Imkoniyati cheklangan bolalarga sog`lom tengdoshlari tomonidan yordam ko`rsatish orqali ikki tomonlama manfaatga erishish mumkin: 1) imkoniyati cheklangan bolaga sog`lom tengdoshlari orqali ko`rsatilgan yordam uning hayotga ishonch bilan qarashiga yordam beradi; 2) sog`lom bola qalbida imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan g`amxo`rlik xissi uyg`onadi. Download 89.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling