Inkilyuziv ta’lim bo’yicha chet el tajribasi – Shvetsariya


Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ilmiy va metodik qo’llanmalarni yaratilishi


Download 89.61 Kb.
bet8/22
Sana22.01.2023
Hajmi89.61 Kb.
#1110574
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Alixonova Adolat

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ilmiy va metodik qo’llanmalarni yaratilishi

Rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ning differensiallashgan tarmoqlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
faoliyat ko‘rsatayotgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini ikki oy muddatda o‘rgansin va ularni ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsin;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatining muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

  1. Inklyuziv ta’limning mohiyati

Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta’lim olishidir.
Bunday ta’limning diqqat markazida imkoniyati cheklangan bola turadi.
Bunday ta’limning diqqat markazida imkoniyati cheklangan bola turadi.
Integratsiya tushunchasi ingliz tilidan olingan bo’lib, “integrative” – qo`shiluvchi, birlashuvchi, “integratsion” – qo`shilish, birlashish degan ma’nolarni anglatadi. Inklyuziv ta’lim esa integratsiyani o`z ichiga oladi.
Demak, barcha bolalarning ehtiyojlarini hisobga oladigan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi inklyuziv ta’lim deyiladi.
Inklyuziv ta’limning ijtimoiylashuvida nogiron bo`lgan hamda sog`lom bolalar o`rtasidagi o`zaro aloqa va munosabat ko`zda tutiladi. Har bir imkoniyati cheklangan bolani umumta’lim muassasalariga da’vat qilinganda bolada qo`rquv yuzaga keladi. Sababi shunda-ki, ular alohidalikka o`rganib qolishgan. Ya’ni o`z tengdoshlari bilan munosabatga kirishishdan cho`chiydi.


  1. Download 89.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling