«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni


  «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/70
Sana17.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1530764
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 1-son

62 

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Ижтимоий ҳаёт ривожи қуйидаги сабабларга кўра ҳам онгнинг ўзгаришига 
боғлиқ бўлади 
Биринчидан ижтимоий ҳаёт соҳаларининг барчаси маълум бир ғояларни 
инсонларга узатиш билан боғлиқ фаолият олиб боради ва бу ғоялар инсонларни ижобий 
ва салбий томонларга ҳам ўзгартириши мумкин.
Иккинчидан, ижтимоий ҳаёт соҳалари фаолият шакли номоддий ноишлаб 
чиқариш шаклида амалга оширилади ва унда ўлчовлар ва якуний натижа инсонни бир 
даражадан иккинчи даражага чиқиши билан ўлчанади. Мисол учун театрга кирган одам 
агар у ҳақиқий санъат асари бўлса инсонни ўйга чўмишига хулосалар чиқаришга мажбур 
қилади. Бу эса онгдаги ўзгаришнинг аломатидир. 
НАТИЖА 
Демак юқорига таъкидлаганимиз омиллар ижтимоий ҳаёт ривожланишига 
таъсир қилади ва кундалик ҳаётимизда маълум шаклда намоён бўлиб боради. ҳар бир 
ижтимоий ҳаёт соҳасида ҳусусийлик билан биргаликда умумийлик ҳам мавжуд бўлиб 
улар ўша соҳа ҳарактеридан шакли ва мазмунидан келиб чиқади.
Миллий ғоя тизимининг асосий элементи бўлган инсон онги ва тафаккурининг 
ўзгариши ижтимоий ҳаётнинг ривожланишига асос бўлиб хизмат қиладиган қуйидаги 
ўзгаришларни келтириб чиқаради :
- жамият аъзолари ўртасидаги муносабатлар ва алоқадорликни ўзгариб янги 
босқичга кўтарилиши;
- жамият ижтимоий ҳаёт соҳаларинг ҳар бирининг потенсилаи ва функсионал 
вазифаларини кенгайишига олиб келиши;
- ижтимоий ҳаёт соҳаларининг ҳар бирини фаолиятини мазмунан бойиб бориши 
ва ҳ.к. 
МУҲОКАМА 
Jamiyat o’zgarishi insonalrni ongi va tafakkurining o’zgarishi va shu asosda o’z oldiga 
qo’ygan maqsadalrining o’zgarishi bilan bog’liq bunda dastlab jamiyat g’oyaviy asoslari 
o’zgarishi va keyin shunga monand isnonlar ongi va tafakkuridagi o’zgarishlar va shundan 
keyin ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlar amalga oshiriladi. “… vaqt o’tgani sayin dunyo ham 
o’zgarmoqda, odamlarimizni yaxshi yashashga bo’lgan talablari ham ortib bormoqda. Endi 
kechagi natija bilan xalqimizni rozi qila olmaymiz. Bugungi kun har kuni izlanish, yangilik 
yaratishni talab qilmoqda. Faqat ana shunday talablar asosida ish olib borib, xalqimizni 
hayotini yaxshi tomonga o’zgartirishimiz mumkin”[1].
“Ong va tafakkur o’zgarmasa, hayot o’zgarmaydi” - deydi Birinchi Prezident I.Karimov. 
Chindan ham hayotning o’zgarishi ko’proq ong va tafakkurni o’zgarishiga bog’liq. Chunki ong, 
insonning intilish, tashabbuskorligi va harakatchanligini yoki boqimandalik kayfiyatida, 
intilishlarga ega emasligini belgilab beradi. Insonning ongi ijtimoiy hayotning mazmunini 
qanday anglab olishida nimalar u uchun mezon bolishida asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Inson 
asli inson bolishi, komil bo’lishi uchun uning ongi va tafakkuri ijtimoiy jarayonlar 
o’zagarishlariga asoso bo’lish bilan o’zgarib turishi lozim. Bunda ijtimoiy hayot ongning 
o’zgarishiga turtki emas, balki ong ijtimoiy o’zgarishlarnning asosida turishi lozim. Shunda 
inson o’zini millat xalq vatan oldidagi vazifalarini tushunib yetishi yangiliklarni ilg’ab o’z 
hayotiga ularni tadbiq etishi mumkin. 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling