Innovatsion faoliyat to'g'risida


Download 78.34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2023
Hajmi78.34 Kb.
#1182266
Bog'liq
innovatsion-faoliyatning-huquqiy-asosi



1
Innovatsion faoliyatning huquqiy asosi
Joriy yil 24-iyulda O'zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to'g'risida”gi O'RQ-630-sonli Qonuni
qabul qilindi. Qonunda innovatsion faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalar, innovatsion faoliyatning asosiy
printsiplari, innovatsiya turlari, subyektlari hamda ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek,
innovatsion faoliyatning amalga oshmaslik xavflari, uni baholash va kamaytirish usullari, innovatsion
faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko'maklashish
ham ko'rsatilgan.
Ma’lumki, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etish, yangi ishlanmalar rivojlantirish hamda ularni
iqtisodiyot tarmoqlariga joriy qilish, innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasidagi tushunchalarni tartibga
soluvchi yagona qonun hujjati mavjud emas edi. Ushbu hujjat “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida”gi
Qonunning mantiqiy davomi bo'lib, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy bog'liqligini ta'minlaydi.
Qonun innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasidagi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni
tartibga soladi.
Bundan tashqari, mazkur Qonunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, innovatsion faoliyat
sohasidagi vakolatli davlat organining, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari belgilab qo'yildi.
Shuningdek, bu Qonun olimlar, tadbirkorlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, ayniqsa, yoshlar uchun huquqiy
asos bo'lib xizmat qiladi.

Download 78.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling